Eduard Pütsep
Eduard Pütsep (1898-yil 21-oktyabr – 1960-yil 22-avgust) – estoniyalik sportchi. Erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan[1]. 1920 (Antverpen, Belgiya), 1924 (Parij, Fransiya) va 1928-yillardagi (Amsterdam, Niderlandiya) olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. 1924-yilda yengil vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, olimpiadada gʻolib chiqqan birinchi estoniyalik kurashchiga aylangan. 1928-yilgi olimpiadada yunon-rum kurashida oltinchi, erkin kurashda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
Eduard Pütsep | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi |
Rossiya imperiyasi Estoniya |
Tavallud sanasi |
21-oktyabr 1898-yil Estoniya |
Vafot sanasi |
22-avgust 1960-yil (61 yoshda) Kuusamo, Finlandiya |
Sport | |
Qaysi sport |
Erkin kurash Yunon-rum kurashi |
Klubi | Kalev Tallin |
Faoliyati
tahrirBirinchi jahon urushi paytida kurash bilan shugʻullana boshlagan va 1917-yilgi Rossiya chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Faoliyatidagi ilk xalqaro musobaqa, 1920-yilgi olimpiya oʻyinlarida Eduard Pütsep yarim finalga qadar yetib borgan va kumush medal sohibi Heikki Kähkönenga magʻlub boʻlgan. Keyingi yili jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 1922-yilda esa kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1922-yilda Boltiqboʻyi chempionatida gʻolib boʻlgan. 1927-yilgi Yevropa chempionatini ikkinchi oʻrin bilan yakunlagan. 1928-yilgi Amsterdamda oʻtkazilgan olimpiya oʻyinlarida kurashning ikki (erkin va yunon-rum) turi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan. 1933-yilda faoliyatini yakunlagan. 1936-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida Latviya kurash terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishtirok etgan. Ikkinchi jahon urushi paytida Finlyandiyaga koʻchib oʻtgan. Finlandiyada kurashchilarga murabbiylik qilishni davom ettirgan. 1977-yildan beri Estoniyaning Võru shahrida kurash boʻyicha har yili Eduard Pütsep xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻtkazib kelinmoqda[2][3][4].
Pütsep sakkiz tilda gaplasha soʻzlasha olgan. Kurashchilik faoliyati bilan bir qatorda ovozsiz filmlarda ham rol oʻynagan va „Estoniyalik Chaplin“ laqabini olgan[manba kerak]. 1924-yilda Konstantin Märska rejissyorligidagi Õnnelik korterikriisi lahendus filmida, 1925-yilda esa Tsheka komissari Miroštšenko filmida rol ijro etgan[3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Eduard Pütsep“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
- ↑ Eduard Pütsep. sports-reference.com
- ↑ 3,0 3,1 PÜTSEP, Eduard. Estonian Olympic Committee
- ↑ 4,0 4,1 Pütsep, Eduard. Eesti spordi biograafiline leksikon