Eduardo Herrera Aguirre (talaffuzi: Eduardo Errera) (1988-yil 25-iyulda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

Eduardo Herrera
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eduardo Herrera Aguirre
Tavallud sanasi 25-iyul 1988-yil (1988-07-25) (35 yosh)
Tavallud joyi Mexico City, Meksika
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2011 Pumas Morelos 89 (20)
2011—2016 UNAM 151 (40)
2013—2014Santos Laguna (Ijara) 23 (4)
2017Veracruz (Ijara) 13 (3)
2017—2020 Rangers 19 (1)
2018Santos Laguna (Ijara) 6 (0)
2019—2020Necaxa (Ijara) 32 (5)
2020 Puebla 7 (0)
2021—2022 Venados 36 (7)
Milliy terma jamoa
2015—2016 Meksika 9 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati tahrir

UNAM tahrir

Herrera 2011-yilning 24-iyulida Pumas UNAM tarkibida San Luisga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Herrera 2014 va 2016-yillar oraligʻida muvaffaqiyatli davrni oʻtkazgan va birinchi mavsumda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[1]. 2015\2016*yilgi mavsum uning eng sermahsul mavsumi boʻlib, 37 oʻyinda 15 ta gol urgan va Pumas bilan 2015-yilgi Aperturada ikkinchi oʻrinda yakunlagan[2]. Herrera 2013\2014-yilgi mavsumda ham „Santos-Laguna“da ijarada oʻynagan va 21 oʻyinda 5 bora gol urgan[3]. U 2017-yilning boshini u Veracruzda ijarada oʻtkazgan, 13 oʻyinning 12 tasida maydonga tushib, 3 ta gol urgan[2].

Rangers tahrir

U 4-iyul kuni „Rangers“ning Yevropa ligasi saralash bosqichida Lyuksemburgning „Progrès Niederkorn“ jamoasiga 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qilgan. Herrera uchrashuvning 77-daqiqasida Jordan Rossiterning oʻrniga maydonga tushgan[4]. U „Rangers“ uchun birinchi golini 27-avgust kuni Ross Countyda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda kiritgan[5].

Santos Laguna (ijara) tahrir

Herrera Meksikaning „Santos Laguna“ klubiga 2018\2019-yilgi mavsumda ijara asosida oʻtgan.

Club Necaxa (ijara) tahrir

2019-yilning 8-yanvarida Herrera 2018\2019-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Necaxa klubiga ijara asosida oʻtgan. U Necaxa uchun birinchi golini 15-yanvar kuni America klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. Ijara 2019-yil 15-iyulda yilning yakuniga qadar uzaytirilgan[6].

Puebla tahrir

2020-yil 29-yanvarda Herrera Puebla klubiga doimiy ravishda qoʻshilgan.

Isteʼfo tahrir

2022-yil 22-may kuni Herrera professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yilning mart oyida Herrera Meksika terma jamoasiga chaqiruv olgan. 31-mart kuni herrera Paragvayga qarshi oʻtkazilgan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoadagi ilk golini kiritgan. U terma jamoadagi faoliyatida 9 marta maydonga tushib, jami 3 marta gol urgan holda faoliyatini yakunlagan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Pumas Morelos 2008—2009 Primera División A 28 4 28 4
2009—2010 Liga de Ascenso 16 4 16 4
2010—2011 27 6 27 6
Jami 71 14 71 14
UNAM 2008—2009 Liga MX 2 0 2 0
2011—2012 32 5 9 4 41 9
2012—2013 32 5 9 3 41 8
2014—2015 34 14 6 5 40 19
2015—2016 37 15 8 2 45 17
2016—2017 16 1 4 3 20 4
Jami 151 40 15 8 23 9 189 57
Santos Laguna (Ijara) 2013—2014 Liga MX 23 4 5 2 4 0 32 6
Veracruz (Ijara) 2016—2017 Liga MX 13 3 13 3
Rangers 2017—2018 Scottish Premiership 19 1 2 0 2 1 1 0 24 2
Santos Laguna (Ijara) 2018—2019 Liga MX 6 0 4 0 10 0
Necaxa (Ijara) 2018—2019 Liga MX 14 3 3 2 17 5
2019—2020 18 2 4 2 22 4
Jami 32 5 7 4 39 9
Puebla 2020—2021 Liga MX 7 0 7 0
Venados 2021—2022 Liga de Expansión MX 36 7 36 7
Karyerada jami 358 74 33 14 2 1 28 9 421 98

Xalqaro tahrir

Meksika terma jamoasi
Yil Oʻyinlar Gollar
2015-yil 8 3
2016-yil 1 0
Jami 9 3
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 31.03.2015 Arrowhead Stadium, Kanzas-Siti, AQSH   Paragvay 1 — 0 1-0 Oʻrtoqlik
2. 30.05.2015 Estadio Victor Manuel Reyna, Tuxtla Gutierrez, Meksika   Gvatemala 1 — 0 3-0 Oʻrtoqlik
3. 2 — 0

Yutuqlar tahrir

UNAM

  • Liga MX : Clausura 2009, Clausura 2011

Manbalar tahrir

  1. McVake, Roddie. „Rangers: Mexican sports writer offers insight into new signings Pena & Herrera“. BBC Sport. BBC (23-iyun 2017-yil).
  2. 2,0 2,1 Fowler. „Four things Rangers fans should know about Eduardo Herrera“. The Scotsman (7-iyun 2017-yil). Qaraldi: 5-iyul 2017-yil.
  3. „Eduardo Herrera Joins Gers“. Rangers Football Club. Qaraldi: 22-iyun 2017-yil.
  4. „Progrès Niederkorn 2-0 Rangers“. BBC Sport. BBC. Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  5. „Home“.
  6. „Home“.