Edvard Kerrol Stoun (23 yil 1936 yanvarda tug'ilgan) amerikalik kosmik olim, Kaliforniya texnologiya instituti fizika professorii va NASA Jet Propulsion laboratoriyasining (JPL) sobiq direktori.

Biografiya tahrir

 
Stoun 1986- yilda


Stoun Ayova shtatining Noksvil shahrida tug'ilgan. Ayova shtatidagi Burlington Junior kollejida bakalavriat ta'limini olgandan so'ng, Stoun Chikago universitetiga o'qishga kirdi va u erda fizika bo'yicha magistrlik va doktorlik darajasini qo'lga kiritdi. Stounning astrofizika karyerasi 1961 yilda Diskoverer sun'iy yo'ldoshlarida o'tkazgan birinchi kosmik nurlari tajribalariga borib taqaladi. Keyin u Kaltek xodimlariga tadqiqotchi sifatida qo'shildi va 1967 yildan boshlab o'qituvchi bo'lib ishladi.

1976 yilda u fizika fani professori bo'lishga erishdi va 1983 yildan 1988 yilgacha fizika, matematika va astronomiya kafedrasi mudiri bo'ldi. U, shuningdek, Kaltek kosmik radiatsiya laboratoriyasi direktori va Astronomik ob'ektlar bo'yicha vitse-prezident sifatida ishlagan. Hozirda u Morrisro fizika professori [1]va Thirty_meter_telescope (30 metrli teleskop) direktorlar kengashi raisining o'rinbosari. [2]

1972-yildan u Voyajer kosmik kemalari missiyalari bo‘yicha loyiha olimi sifatida va 1980-yillarda Voyajer ilmiy jamoasining asosiy vakili sifatida jamoatchilikka yaxshi tanilgan edi. Olim faoliyati davomida, NASA ning to'qqizta kosmik kemasi missiyalarida bosh tadqiqotchi bo'lib ishlagan.

U Voyajer 1 va 2 kosmik kemalarida kosmik nurlarni o'lchash bo'yicha Kosmik nurlar tizimining asosiy tadqiqotchisi bo'lgan. [3] U, shuningdek, 2017 yilda Voyajer dasturi bo'yicha "The Farthest " (Eng Olis) hujjatli filmida qatnashadi. Stoun 50 yil faoliyat yuritib , 2022 yilda Voyajer missiyalari loyihasi bo'yicha olim maqomi bilan nafaqaga chiqdi. [4]

 
2007 -yil Ed Stoun Voyajerning 30 yilligi munosabati bilan Nishel Nikolsdan mukofot oldi
  1. „Edward Stone Profile“. nasa.gov. 2010-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-may.
  2. „TMT Board of Directors“. 2013-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-may.
  3. „NASA - NSSDCA - Experiment - Details“. nssdc.gsfc.nasa.gov. Qaraldi: 2017-yil 30-may.
  4. https://www.jpl.nasa.gov. „Edward Stone Retires After 50 Years as NASA Voyager's Project Scientist“ (en-US). NASA Jet Propulsion Laboratory (JPL). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.