Egli Kaja
Egli Kaja (talaffuzi: Igli Kaja) (1997-yil 26-iyulda tugʻilgan) — albaniyalik professional futbolchi. Egli Kaja „Altrincham“ futbol klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Kaja, shuningdek, Albaniya milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro miqyosda Albaniya sharafini himoya qiladi. Egli Kaja 2017-yil may oyida oʻzining birinchi xalqaro uchrashuvi uchun terma jamoa safiga chaqiruv oldi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Egli Kaja[1] | ||
Tavallud sanasi | 26-iyul 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Prelez i Jerlive, Ferizaj, Albaniya | ||
Boʻyi | 1.77 m | ||
Ampluasi | qanot yarim himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Altrincham | ||
Raqami | 33 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003—2006 | MHD | ||
2006—2008 | Kingstonian | ||
2008—2015 | AFC Wimbledon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2019 | AFC Wimbledon | 22 | (0) |
2016 | → Lewes (ijara) | 7 | (1) |
2018 | → Livingston (ijara) | 6 | (0) |
2019—2020 | Northampton Town | 4 | (0) |
2021—2022 | AFC Wimbledon | 5 | (0) |
2022 | Hampton & Richmond Borough | 2 | (0) |
2022 | Altrincham | 1 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 23-avgust uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirKajaning futbolchilik karyerasi 2003-yilda „MHD“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlangan. Shundan keyin, u yerda Egli Kajaga „Middlesbrough“ futbol klubiga qoʻshilish imkoniyati taklif qilingan[2]. Ketma-ket uch mavsumda eng yaxshi toʻpurar boʻlgan Kaja 2006-yilda Londonga koʻchib oʻtgandan soʻng „Kingstonian“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[3]. U klub safida yana bir bor yoshlar tarkibidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan va „Wimbledon AFC“ tarkibiga qoʻshilish uchun „Chelsea“ futbol klubi tomonidan berilgan shartnomani rad etgan[2]. „Milan“ futbol klubida qisqa muddat sinovdan oʻtgandan soʻng, Egli Kaja keyinchalik stipendiya boʻyicha „Dons“ klubi safida maydonga tushdi[2].
Kaja 2015-yil aprel oyida „AFC Wimbledon“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzolagan va 26-sentyabr shanba kuni jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan[4]. Egli Kaja „Wimbledon“ futbol klubi uchun birinchi golini 2017-yilning 29-avgustida „Barnet“ futbol klubiga qarshi EFL Trophy bahsida kiritgan[5].
2016-yil 16-dekabrda Kaja 2016—2017-yilgi Isthmian ligasida „Lewes“ futbol klubiga bir oyga ijaraga berildi[6]. Egli Kaja yangi klub safida 2016-yilning 31-dekabrida „Three Bridges“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:2 hisobida gʻalaba) maydonga tushdi[7]. Egli Kaja „Lewes“ klubi uchun oʻzining birinchi va yagona golini 2017-yilning 10-yanvarida „Herne Bay“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:4) kiritishga muvaffaq boʻldi[8].
2018-yil iyul oyida Kaja Shotlandiya Premer-ligasiga yangi qoʻshilgan jamoasi „Livingston“ futbol klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi[9].
2019-yilning 2-sentyabrida Kaja 2020-yil yanvarigacha tekin transfer asosida „Northampton“ futbol klubiga qoʻshildi.
2021-yil 26-noyabrda Kaja qisqa muddatli shartnoma asosida „AFC Wimbledon“ futbol klubiga qaytdi[10].
2022-yil 5-avgustda, „AFC Wimbledon“ futbol klubidan ozod etilganidan soʻng, Kaja „Hampton & Richmond Borough“ futbol klubiga qoʻshildi[11].
„Hampton & Richmond Borough“ futbol klubiga qoʻshilganidan bir necha kun oʻtgach, Kaja „Altrincham“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida joʻnatildi[12].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
AFC Wimbledon | 2015—2016 | Ikkinchi liga | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 |
2016—2017 | Birinchi liga | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
2017—2018 | Birinchi liga | 19 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 2 | 24 | 2 | |
Jami | 22 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 2 | 27 | 2 | ||
Lewes (ijara) | 2016—2017 | Isthmian ligasi | 7 | 1 | — | — | 0 | 0 | 7 | 1 | ||
Livingston (ijara) | 2018—2019 | Shotlandiya Premer ligasi | 6 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 8 | 0 | |
Northampton Town | 2019—2020 | Ikkinchi liga | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
AFC Wimbledon | 2021—2022 | Birinchi liga | 5 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 |
Hampton & Richmond Borough | 2022—2023 | Milliy liga | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 2 | 0 | |
Altrincham | 2022—2023 | Milliy liga | 1 | 1 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Jami | 47 | 2 | 2 | 0 | 3 | 0 | 4 | 2 | 56 | 4 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Retained List 2016-17“. English Football League. Qaraldi: 13-iyun 2017-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Underwood. „Egli Kaja - Cliff Johnson - Trix2themax fitness Ltd -“. www.trix2themaxfitness.com. 12-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2016-yil.
- ↑ Slavin. „Kaja aims to build on debut“. www.afcwimbledon.co.uk. Qaraldi: 23-mart 2016-yil.
- ↑ „Wimbledon Academy on Twitter“. Twitter. Qaraldi: 23-mart 2016-yil.
- ↑ „Barnet FC 3-4 AFC Wimbledon - Checkatrade Trophy“. barnetfc.com (29-avgust 2017-yil). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
- ↑ „Egli goes out on loan - News“. AFC Wimbledon (16-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Lewes 4 Three Bridges 2“. Crawley News 24 (31-dekabr 2016-yil). 2018-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Herne Bay 1 vs. 4 Lewes - 10 January 2017 - First Team“. Herne Bay Football Club. Herne Bay F.C. (10-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Livingston: 'Direct' winger Egli Kaja joins on loan from AFC Wimbledon“. BBC (20-iyul 2018-yil). Qaraldi: 20-iyul 2018-yil.
- ↑ „Egli makes 'dream' return 14 years after he first signed!“. AFC Wimbledon (26-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 27-noyabr 2021-yil.
- ↑ Reid, James. „EGLI KAJA JOINS THE BEAVERS“. Hampton & Richmond Borough F.C. (5-avgust 2022-yil). Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Boost for Alty as Phil snaps up livewire winger“.