Elías Fernando Aguilar Vargas (talaffuzi: Elias Fernando Aguilar Vargas; 1991-yil 7-noyabrda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik futbolchi, „Jeju United“ futbol klubi yarim himoyachisi, „Incheon United“ futbol klubi ijara asosida oʻynamoqda va Kosta-Rika terma jamoasida yarim himoyachi vazifasini bajarib kelmoqda.

Elías Aguilar
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Elías Fernando Aguilar Vargas
Tavallud sanasi 7-noyabr 1991-yil (1991-11-07) (32 yosh)
Tavallud joyi Heredia, Kosta Rika
Boʻyi 1.74 m (5 ft 8 12 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Incheon United FC
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Herediano 42 (4)
2013—2014 Atlético Zacatepec 13 (1)
2014—2018 Herediano 158 (24)
2018 → Incheon United (ijara) 35 (3)
2019—2021 Jeju United 26 (4)
2020 → Incheon United (ijara) 17 (2)
2021— Incheon United 24 (5)
Milliy terma jamoa
2015— Kosta Rika 20 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 25-mart uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Aguilar Vargas oʻz shahrining „Herediano“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 1-sentyabrda „Belén“ futbol klubiga qarshi oʻyinda premyer ligada jamoa safida debyut qilgan[1]. 28-oktyabr kuni „Uruguay“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Elías Fernando „Herediano“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[2]. CONCACAF Chempionlar ligasida u Amerikaning „Real Salt Lake“ va „Los Angeles Galaxy“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda ikkita gol urgan[3][4]. 2013-yilda Aguilar Vargas Kosta-Rika chempioniga aylangan.

Oʻsha yilning yozida Elías Fernando Meksikaning „Atlético Zacatepec“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 19-oktyabr kuni „Delfín“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga Assensoda debyut qilgan[5]. 2014-yilning 1-fevralida „Estudiantes Tecos“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Aguilar Vargas „Atlético Zacatepec“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[6].

Mavsum oxirida Elías Fernando „Herediano“ futbol klubiga qaytgan. 22-avgust kuni CONCACAF Chempionlar ligasi doirasida Salvadorning „Isidro Metapán“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urgan[7]. 2015, 2016 va 2017-yillarda Aguilar Vargas klubning uch marta chempion boʻlishiga yordam bergan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yilning aprel oyida Aguilar Vargas Kosta-Rika terma jamoasida Panamaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[8]. Oʻsha yili Elías Fernando CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Yamayka, El Salvador va Meksika jamoalariga qarshi bahsda oʻynagan[9][10][11].

2019-yilda Aguilar Vargas ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogi uchun yoʻl oladigan milliy terma jamoaga kiritilgan[12]. Turnirda u guruh bosqichining birinchi oʻyinida Nikaragua va ikkinchi oʻyinda Bermudaga qarshi bahslarda ikkita gol urgan.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
C.S Herediano  Kosta Rika 2011—2012 1 0 0 0 0 0 0 0 0 1 0 0
2012—2013 41 4 8 0 0 0 6 2 0 47 6 8
Jami 42 4 8 0 0 0 6 2 0 48 6 8
C.A Zacatepec  Meksika 2013—2014 13 1 0 0 0 0 0 0 0 13 1 0
Jami 13 1 0 0 0 0 0 0 0 13 1 0
C.S Herediano  Kosta Rika 2014—2015 36 6 4 4 1 0 6 1 1 46 8 5
2015—2016 33 2 1 2 1 0 4 0 1 39 3 2
2016—2017 47 12 0 0 0 0 3 0 0 50 12 0
2017—2018 40 5 5 0 0 0 1 0 0 41 5 5
Jami 156 25 10 6 2 0 14 1 2 176 28 12
Incheon United FC  Janubiy Koreya 2017—2018 35 3 13 0 0 0 0 0 0 35 3 13
Jami 35 3 13 0 0 0 0 0 0 35 3 13
Jeju United FC  Janubiy Koreya 2018—2019 26 4 5 1 1 0 0 0 0 27 5 5
2019—2020 3 0 0 0 0 0 0 0 0 3 0 0
Jami 29 4 5 1 1 0 0 0 0 30 5 5
Incheon United FC  Janubiy Koreya 2019—2020 17 2 3 0 0 0 0 0 0 17 2 3
2020—2021 33 5 6 0 0 0 0 0 0 33 5 6
2021—2022 22 0 1 0 0 0 0 0 0 22 0 1
2022—2023 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 72 7 10 0 0 0 0 0 0 72 7 10
Umumiy faoliyatida 347 44 46 7 3 0 20 3 374 167 50 48

Manbalar tahrir

  1. „Эредиано VS. Белен 1:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 18-sentyabr). 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  2. „Уругвай VS. Эредиано 4:3“ (en). soccerway.com (2011-yil 28-oktyabr). 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  3. „Эредиано VS. Реал Солт-Лейк 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 1-avgust).
  4. „Лос-Анджелес Гэлакси VS. Эредиано 4:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-mart). 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  5. „Дельфинес VS. Сакатепек 2:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 19-oktyabr). 2017-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  6. „Эстудиантес Текос VS. Сакатепек 3:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 1-fevral). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  7. „Эредиано VS. Исидро Метапан 4:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 22-avgust). 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  8. „Панама VS. Коста-Рика 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 2-aprel). 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  9. „Коста-Рика VS. Ямайка 2:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 9-iyul). 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  10. „Коста-Рика VS. Сальвадор 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-iyul). 2017-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  11. „Мексика VS. Коста-Рика 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 20-iyul). 2015-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  12. Gina Escobar. „Matosas escogió el equipo que enfrentará la Copa Oro“ (es). Federación Costarricense de Fútbol (2019-yil 5-iyun). 2020-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.