„El-yurt hurmati“ ordeni

(El yurt hurmatidan yoʻnaltirildi)

El-yurt hurmati“ ordeni – Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofoti

"El-yurt hurmati" ordeni
Asl nomi Эл-юрт ҳурмати ордени
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi Davlat mukofoti
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va chet davlat fuqarolariga
Taqdirlash asosi mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy maʼnaviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qoʻshgan, oʻz mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari fuqarosi boʻlmagan shaxslar mukofotlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1998-yil 28-avgust
Navbat
Toʻngʻich mukofot Amir Temur ordeni
Kenja mukofot Fidokorona xizmatlari uchun ordeni

Nizomi tahrir

1. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy maʼnaviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qoʻshgan, oʻz mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin.

2. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

3. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining ellik karrasi miqdorida bir yoʻla pul mukofotini oladilar. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.

4. „El-yurt hurmati“ ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqib yuriladi.

5. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Tavsifi tahrir

„El-yurt hurmati“ ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi, u ikki yoqlama nurlar taraluvchi sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi. Yulduz burchaklari orasida moviy rangdagi shaffof emal qoplangan, taraluvchi nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligʻi 52 millimetr. Nurlarni oʻz ichiga olgan doira diametri – 49 millimetr. Ordenning markazida, doirada qizil rangli yoʻl bilan hoshiyalangan Registon arxitektura majmui tasvirlangan. Uning orqasida, fon bilan berilgan, rangli emal qoplangan vodiylar va togʻlar, ular uzra esa moviy osmon fonida chiqib kelayotgan quyosh tasvirlangan. Butun tasvir shaffof emal bilan qoplangan boʻlib, u tasvir uzra yarim doira segmentini tashkil etadi. Tasvir atrofi aylana bilan hoshiyalangan boʻlib, aylananing yuqori qismida, oq fonda EL-YURT HURMATI degan yozuv, aylananing pastki qismida yashil shaffof emal bilan qoplangan dafna novdasi joylashgan. Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozigʻliq. Orden Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Taqdirlanganlar tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir