Elchin Ilyas oʻgʻli Afandiyev (ozarbayjoncha: Elçin İlyas oğlu Əfəndiyev) – ozarbayjonlik yozuvchi, professor va siyosatchilaridan biri hisoblanadi. Elchin Afandiyev 1993-yildan 2018-yilgacha Ozarbayjon Bosh vaziri oʻrinbosari[1] boʻlib ishlagan.

Elchin Afandiyev
Elçin Əfəndiyev
Mansab davri
1993 – 2018
Prezident Heydar Aliyev
Ilham Aliyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-may 1943-yil (1943-05-13) (80 yosh)
Boku, Ozarbayjon

Dastlabki yillari tahrir

Elchin Afandiyev 1943-yil 13-mayda Boku shahrida taniqli ozarbayjon adibi Ilyos Afandiyev oilasida tugʻilgan. Elchin Afandiyev bolaligidan adabiyot va ilmiy muhit bilan oʻralgan edi. Afandiyevning keyingi ijodida ozarbayjon xalq ogʻzaki ijodi va jahon adabiyoti katta rol oʻyagan. Elchin Afandiyev oʻzining ilk romanini 16 yoshida yozgan va 1959-yilda „Ozarbayjon yoshlari“ jurnalida chop etilgan. Elchin Afandiyev Oʻrta maʼlumotni 1960-yilda tamomlagan hamda Boku davlat universitetida tahsil olgan. Elchin Afandiyev 1965-yilda filologiya fakultetini tamomlagan. Elchin Afandiyev 1968-yilda Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining Nizomiy nomidagi institutida aspiranturani tamomlagan hamda 500 sahifalik dissertatsiya yozib himoya qilgan[2]. Elchin Afandiyevning 1965-yilda „Ming kechadan biri“ nomli romanlar toʻplami nashr etilgan. Keyingi yillarda Elchin Afandiyevning 100 ga yaqin kitoblari ingliz, fransuz, nemis, ispan, turk, venger, bolgar, arab, fors, mandarin, chex, slovak, polyak, xorvat, gruzin, litva, moldova, turkman tillariga tarjima qilinib; oʻzbek, qozoq, tojik, serb va boshqa tillarda nashr etilgan. Elchin Afandiyev dunyo boʻylab taxminan besh million nusxadan ortiq kitoblari sotilgan. Bu orqali Elchin Afandiyev oʻziga boʻlgan ishonchi orqali yuqori lavozimlarda ham ishlagan.

Siyosiy martabasi tahrir

Sovet hokimiyati davrida Elchin Afandiyev Ozarbayjon SSR Oliy Kengashining deputati boʻlgan. Elchin Afandiyev 1993-yildan beri Ozarbayjon Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan[3]. Elchin Afandiyev Bosh vazir oʻrinbosari sifatida hukumat faoliyatining sport va madaniy aloqalar kabi turli sohalariga rahbarlik qilgan[4][5]. Elchin Afandiyev shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan "Vatan" madaniyat tashkilotiga ham rahbarlik qilgan. Shuningdek, Elchin Afandiyev bir qancha hukumat qoʻmitalarining aʼzosi va Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Taʼlim qoʻmitasining aʼzosi boʻlib ishlagan.

Mukofotlari tahrir

Elchin Afandiyev 2003-yil 29-mayda Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev tomonidan Ozarbayjon adabiyoti rivojiga qoʻshgan hissasi uchun munosib tarzda "Istiqlol" ordeni bilan taqdirlangan[6].

Yana qarang tahrir

  • Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi
  • Ozarbayjon siyosati
  • Ozarbayjon adabiyoti

Manbalar tahrir

  1. „CIA. Chiefs of State and Cabinet Members of Foreign Governments“. 2010-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-oktyabr.
  2. „Elçin Əfəndiyev. 24 yaşında 500 səhifəlik namizədlik dissertasiyası yazdım“. 2010-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-oktyabr.
  3. Eastern Europe, Russia and Central Asia. United Kingdom: Europa Publications Limited, 2002 — 119 bet. ISBN 1-85743-137-5. 2010-yil 26-oktyabrda qaraldi. 
  4. „Baku hosts CoE sports ministers meeting“. Azernews (2010-yil 23-sentyabr). 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-oktyabr.
  5. „Days of the Tatarstan culture take place in Baku“. Tatar-inform (2008-yil 6-oktyabr). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-oktyabr.
  6. „E. İ. Əfəndiyevin "İstiqlal" ordeni ilə təltif edilməsi haqqında AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI PREZİDENTİNİN FƏRMANI“. 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-yanvar.