Eleanna Christinaki(grekcha: Ελεάννα Χριστινάκη; 1996-yil 16-dekabrda tugʻilgan) – yunon-kiprlik professional basketbolchi. U 17 yoshidan boshlab ayollar terma jamoasitarkibiga qoʻshilgan va oʻshandan beri u oʻz mamlakati nufuzi uchun 38 ta oʻyin oʻtkazgan.

Eleanna Christinaki
Araski AES
Pozitsiyasi kichik hujumchi
Liga LFB
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 16-dekabr 1996-yil (1996-12-16) (27 yosh)
Paralimni, Kipr
Millati Grek
Boʻyi 6 ft 0 in (1.83 m)
Karyera maʼlumoti
Kollej
Oʻyin karyerasi 2011-yil-hozirgacha

Eleanna Christinaki ayollar terma jamoasi uchun tanlangan eng yosh ikkinchi jamoa aʼzosi hisoblanadi. Shuningdek, u U-20 terma jamoasi sardori boʻlgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

Eleanna Christinaki 2011-yilda „Panatinaikos“ jamoasiga oʻtgan edi. U jamoa safida uch yil davomida oʻynadi va 2012-2013-yilgi mavsumda Gretsiya ayollar basketbol ligasida gʻoliblikka erishdi.

Eleanna Christinaki 17 yoshida Gretsiya terma jamoasiga taklif qilingan. U terma jamoadagi eng yosh ikkinchi oʻyinchi hisoblanadi. 2013, 2014 va 2015-yillarda u Gretsiyaning eng yaxshi yosh basketbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. Eleanna Christinaki Gretsiyaning eng yaxshi beshta qimmatbaho yosh oʻyinchilari qatoriga uch marta kirgan.

Eleanna Christinaki 2014—2015-yilgi mavsumda Yevrokuboklarda gʻolib boʻlgan „Atinaikos“ jamoasi tarkibida ham oʻynagan[1]. U Athinaikos ayollar basketboli jamoasi bilan musobaqalarda qatnashib, oʻsmir ayollar oʻrtasidagi Gretsiya basketbol chempionatida MVP unvoniga sazovor boʻldi.[2] „Atinaikos“dagi faoliyatida u har bir oʻyinda oʻrtacha 15 ochko va har bir oʻyinda 5 ta ribaund toʻplagan.

Kollej jamoasidagi faoliyati tahrir

2015-yilda Eleanna Christinaki kollejdagi faoliyatini Florida Gators ayollar basketbol jamoasi aʼzosi sifatida boshladi. Birinchi mavsumda u 31 oʻyinning har birida 10,4 ochkodan toʻplab bordi. Shuningdek, u 17 marta dubl va 2 marta qoʻsh-dubl qayd etgan. Uning jamoasi SECning eng yaxshi birinchi kurs jamoasi va SEC konferentsiyasida mavsumoldi birinchi jamoasi nomzodligiga qoʻyildi[3]. Oʻzining ikkinchi mavsumida Eleanna Christinaki Gators jamoasi uchun 9 oʻyin oʻtkazdi va har bir oʻyinda oʻrtacha 17,6 balldan toʻplab bordi. 2016-yil dekabr oyida u Gatorsni tark etishini eʼlon qildi[4].

2017-yil yanvar oyida Eleanna Christinaki oʻsha paytda mamlakatda 3-oʻrinni egallagan Meryland Terrapins ayollar basketbol jamoasi aʼzosiga aylandi va buni rasmiy tarzda eʼlon qildi[5].

Meryland Terrapins jamoasi bilan oʻtgan ilk mavsumida Eleanna Christinaki 22 oʻyinda oʻrtacha 11,8 ochko va 4,6 ribaund toʻpladi. Oʻzining birinchi oʻyinida Eleanna Christinaki Koppin shtati ustidan 113-49 hisobida gʻalaba qozonib, zaxirada 32 ochko toʻpladi. Natijada, u oʻzining jamoadagi ilk oʻyinidanoq 23 ochko toʻplagan Meryland shtatining birinchi basketbolchisi boʻldi[6]. Shuningdek, Eleanna Christinaki konferentsiyadagi raqibi Ogayo shtatiga qarshi 99-69 hisobida gʻalaba qozonib, 26 ochko jamgʻardi[7].

2018-yil 23-iyunda Eleanna Christinaki oʻzining katta mavsumini professional tarzda davom ettirish uchun Maryland Terrapins jamoasini tark etishligini eʼlon qildi.

2018-yilda Eleanna Christinaki jahon chempionati oʻyinlarida ishtirok etdi va Gretsiya terma jamoasi tarkibida butun dunyo jamoalari orasida 9-oʻrinni egalladi[8].

Eleanna Christinaki 1-noyabr kuni Gernika KESB jamoasi bilan shartnoma imzoladi[9].

Florida va Merilend statistikasi tahrir

Manba[10]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
2015-2016 Florida 31 323 42,9 % 30,0 % 70,8 % 3.2 3.4 1.3 0.1 10.4
2016-2017 Florida 9 158 44,2 % 28,6 % 77,4 % 4.7 3.0 0,8 - 17.6
2017-2018 Maryland 22 260 36,6 % 32,3 % 73,9 % 4.6 1.5 0,8 - 11.8
Karyera 62 741 40,7 % 30,8 % 72,9 % 3.9 2.7 1.1 0.1 12.0

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Christinaki Gretsiya ayollar milliy basketbol terma jamoasi aʼzosi boʻlib, u 2015 va 2017-yilda boʻlib oʻtgan Yevropa ayollar basketboli va 2018-yilgi Jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etgan. Christinaki Gretsiya jamoasi bilan 2017-yilgi Yevropa ayollar basketboli bahslarida 4-oʻrinni egalladi. Tenerifedagi jahon chempionatida Gretsiya terma jamoasi bilan 9-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Christinaki 2015-yilgi FIBA Yevropa U-20 divizioni B oʻyinida ham qatnashdi va u har bir oʻyinda oʻrtacha 19,7 ochko toʻplagan holda turnirning eng yaxshi beshta qimmatbaho oʻyinchisi qatoridan joy oldi. Christinaki shuningdek, 2016-yilgi FIBA 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Gretsiya basketbol jamoasi bilan oʻrtacha 15,8 ochko toʻplagan.

Christinaki, shuningdek, 2010-yildan 2011-yilgacha Kipr U16 basketbol jamoasi bilan turli musobaqalarda ishtirok etgan.

Manbalar tahrir

  1. „Έντονο φλερτ με Αθηναϊκό η Ελεάνα Χριστινάκη“. sportshero.gr. Qaraldi: 27-iyul 2017-yil.
  2. „Πολυτιμότερη η Χριστινάκη“. ebasket.gr (2-may 2015-yil). Qaraldi: 27-iyul 2017-yil.
  3. „WOMEN'S BASKETBALL“. floridagators.com. Qaraldi: 27-iyul 2017-yil.
  4. „Florida Gators Basketball: Eleanna Christinaki Quits Team“. 2022-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  5. „Maryland women's basketball adds transfer Eleanna Christinaki from Florida“. washingtonpost.com (5-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 27-iyul 2017-yil.
  6. „Maryland's Eleanna Christinaki to skip a senior season, play pro basketball in Europe“. baltimoresun.com (22-iyun 2018-yil). 2018-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  7. „Maryland women's basketball crushes Ohio State, 99–69“. testudotimes.com (22-yanvar 2018-yil).
  8. „Maryland's Eleanna Christinaki to skip senior season, play pro basketball in Europe“. baltimoresun.com (22-iyun 2018-yil). 2018-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  9. „Στην Ισπανία η Χριστινάκη“ (el). www.gazzetta.gr. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  10. „NCAA Statistics“. web1.ncaa.org. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.

Havolalar tahrir