Elisabetta Bavagnoli
Elisabetta „Betty“ Bavagnoli (1963-yil 3-sentyabrda tugʻilgan) italiyalik futbol murabbiyi, sobiq himoyachi. U oʻyinchi sifatida Italiya ayollar milliy terma jamoasida hamda ayollar A seriyasidagi turli klublar safida toʻp surgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Elisabetta Bavagnoli | ||
Tavallud sanasi | 3-sentyabr 1963-yil | ||
Tavallud joyi | Piacenza, Italiya | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1978–1983 | Piacenza | ||
1983–1985 | Modena | ||
1985–1988 | Lazio | ||
1988–1989 | Modena | ||
1989–1990 | Lazio | ||
1990–1991 | Reggiana | ||
1991–1993 | Milan '82 | ||
1993–1994 | Torres | ||
1994–1995 | Agliana | ||
1995–1996 | Verona | ||
1996–1997 | Modena C. F. | ||
1997–1999 | Lazio | ||
Milliy terma jamoa | |||
1986–1997 | Italiya | 80 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
1997–1998 | Lazio | ||
1998–1999 | Lazio (yordamchi) | ||
1999 | Viterbese (erkaklar; yordamchi) | ||
2000–2003 | Italiya (yordamchi) | ||
2003–2004 | Italiya U19 | ||
2008–2009 | Fiano Romano | ||
2009–2011 | Canada (yordamchi) | ||
2018–2021 | AS Roma femminile (bosh murabbiy) | ||
2021– | AS Roma femminile (jamoa boshligʻi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirKlub
tahrirBavagnoli yoshligida oʻz shahri Piacenza klubi jamoasiga qoʻshilgan. Elisabetta 1983-yilda tugatilgunga qadar besh mavsumni klub tarkibida oʻtkazgan. Soʻngra Modenaga, keyinchalik esa „Latsio“ga oʻtgan va u yerda 1987—1988-yillarda yettita liga chempionligining birinchisini qoʻlga kiritgan[1]. „Latsio“da u Karolina Morace bilan doʻstlashgan, bu esa uzoq muddatli kasbiy hamkorlikka aylangan. Morace bilan birga Bavagnoli Reggiana va Milanda toʻp surgan, biroq 1993—1994-yillarda klubning moliyaviy qiyinchiliklari tufayli Milanni tark etishga majbur boʻlgan. U Torresga oʻtgan, keyin esa Morace bilan hamkorligini Aircargo Agliana, Günther Verona va yana Modenada davom ettirgan[2] Günther Verona and back at Modena.[3] .
36 yoshida, 1999-yilda faoliyatini yakunlagan Bavagnoli soʻnggi ikki mavsumni „Latsio“da oʻtkazgan. Birinchi mavsumda u futbolchi-murabbiy sifatida ishlagan, keyingi mavsumda esa oʻz oʻyinchilik faoliyatini yakunlagan Morace 1998—1999-yillarda „Latsio“ni boshqarganida, Bavagnoli oʻyinovchi-yordamchi murabbiy lavozimini egallagan. Jamoa 1999-yilgi Italiya kubogini qoʻlga kiritib, finalda „Milan“ni 4:0 hisobida magʻlub etgan[4].
Xalaqro
tahrirBavagnoli Italiya ayollar milliy terma jamoasi safida 1986-yil may oyida Potensada Vengriyaga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qilgan. Keyinchalik u UEFA ayollar chempionatining toʻrt marta oʻtkazilgan musobaqalarida, shuningdek, ilk bor oʻtkazilgan 1991-yilgi FIFA ayollar jahon chempionatida ishtirok etgan[5][6]. U UEFA Ayollar Yevro-1993 musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoaning aʼzosi boʻlgan, bu Elisabetta uchun hozirga qadar eng yaxshi natija hisoblanadi[7].
Bavagnoli Italiya terma jamoasi safida 80 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan[8]. Uning soʻnggi uchrashuvi 1997-yil aprel oyida Angliyaga qarshi oʻtkazilgan va 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlgan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ Valdiserri, Luca „C' e' un Milan in crisi perche' in bolletta“ (Italian). Corriere della Sera (1993-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- ↑ „Aircargo, 3 punti d'oro Superata Tradate, a segno Fiorini“ (Italian). Il Tirreno (2000-yil 26-sentyabr). 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- ↑ Reggianini, Paolo „Dove c' e' la Morace c' e' lo scudetto: stavolta tocca a Modena“ (Italian). La Gazzetta dello Sport (1997-yil 4-may). Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- ↑ Giudice, Giorgio „In serie A comincia il dopo Morace“ (Italian). La Gazzetta dello Sport (1998-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- ↑ „FIFA Women's World Cup China '91 – Technical Report & Statistics“. FIFA. 2011-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- ↑ „C' e' la Norvegia, L' Italia attacca subito“ (Italian). La Repubblica (1991-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- ↑ Gherarducci, Mario „Tutte in lacrime tranne Carolina“ (Italian). Corriere della Sera (1993-yil 5-iyul). Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- ↑ „CV Elisabetta Bavagnoli“ (Italian). Juventus Academy Roma. 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
- ↑ „l' Italia femminile ha sconfitto l' Inghilterra“ (Italian). La Gazzetta dello Sport (1997-yil 24-aprel). Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
Havolalar
tahrir- Elisabetta Bavagnoli – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Profile at Italian Football Federation (FIGC) (italyancha)
- Elisabetta Bavagnoli WorldFootball.net saytida