Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (italyancha: Nazionale di calcio femminile dell'Italia) 1968-yilda tashkil etilganidan beri xalqaro ayollar futbolida Italiya sharafini himoya qiladi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati Italiya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Italiya Futbol Federatsiyasi (FIGC) tomonidan nazorat qilinadi.

1968-yilda tashkil topgan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi turli norasmiy xalqaro turnirlarda qatnashib, 1969-yilda birinchi Yevropa musobaqasi va 1970-yilda jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1993 va 1997-yillarda Yevropa chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida shunga o‘xshash muvaffaqiyatni takrorlay olmadi. 2019-yilda, 20 yillik tanaffusdan so‘ng, Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va u o‘zining oldingi eng yaxshi ko‘rsatkichini yana takrorlab, chorak finalga chiqdi.

Tarixi

tahrir

1968-1984: Ilk tarix va norasmiy turnirlar

tahrir

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini 1968-yil 23-fevralda Viarejioda Chexoslovakiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Biroq terma jamoa hali 11-mart kuni Viarejioda tashkil etilgan Italiya ayollar futbol federatsiyasi tarkibiga kirmagan edi. Shunday boʻlishiga qaramay Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi boshidanoq Yevropa va jahondagi turli qitʼa va xalqaro turnirlarda qatnashib, yaxshi muvaffaqiyatlarga erishdilar. Biroq UEFA tomonidan tashkil etilgan ayollar futboli boʻyicha Yevropa chempionati (1984) va keyinroq FIFA tomonidan tashkil etilgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining tashkil topishi bilan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining oldingi muvaffaqiyatlarini davom ettira olmadi.

1993-1999: Ikki karra Yevropa chempionati sovrindori

tahrir

1993-yilgi Yevropa chempionati Italiyada boʻlib oʻtdi[1]. Final pley-off oʻyinida Angliya terma jamoasini magʻlub etgan Italiya penaltilar seriyasidan soʻng yarim finalda Germaniya terma jamoasini magʻlub etdi. Italiyaning Chesena shahridagi Manuzzi stadionida oʻtkazilgan finalda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Norvegiya terma jamoasi bilan oʻynab 1:0 hisobida magʻlub boʻldi[1]. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining ilk Yevropa chempionatidagi kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1997-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etdi, musobaqada qatnashgan jamoalar soni toʻrttadan sakkiztaga koʻpaydi. „B“ guruhida Italiya Norvegiya terma jamoasini magʻlub etdi va Daniya va Germaniya terma jamoalari bilan durang oʻynadi va guruhda birinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl oldi[2]. Yarim finalda Italiya Ispaniya terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, finalda Germaniya terma jamoasiga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi[2]. 1998-yilda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ikkinchi marta jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 1999-yilgi Jahon chempionati AQShda boʻlib oʻtdi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya, Germaniya va Meksika terma jamoalari bilan birga B guruhidan joy oldi. Debyut oʻyinida Germaniya terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobida durang oʻynagan Italiya Braziliya terma jamoasiga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi va guruhni Meksika ayollar jamoasi ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunladi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda uchinchi oʻrinni egalladi va musobaqadan shu bosqichning oʻzidan chiqib ketdi[3].

2000-2011

tahrir

2000-yillarning boshi bilan Italiya terma jamoasining oʻyinida pasayish boshlandi. 2001-yilgi Yevropa chempionatida Carolina Morace bosh murabbiyligidagi Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Norvegiya terma jamoasi bilan solishtirganda toʻplar farqi yomonroq boʻlgani uchun guruh bosqichidan chiqib ketdi[4].

Toʻrt yil oʻtib, 2005-yilgi Yevropa chempionatida Italiya Germaniya, Norvegiya va Fransiya terma jamoalariga qarshi uchta oʻyinda ham magʻlub boʻlib, oʻz darvozasidan oʻn ikkita gol oʻtkazib yuborib, nol ochko bilan oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egalladi[5]. 2009-yilgi Yevropa chempionatida Italiya Angliya va Rossiya terma jamoalarini magʻlub etib, guruhda ularni magʻlub etgan Shvetsiya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan holda pley-off bosqichiga chiqdi. Chorak finalda Italiya Germaniya terma jamoasi bilan toʻqnash keldi va u yerda 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Germaniya oxir-oqibat yettinchi qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan edi[6].

2003 va 2007-yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmagan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi UEFA va CONCACAF oʻrtasidagi qitʼalararo ikki oʻyinli pley-offga ham, 2011-yilgi Jahon chempionatiga ham chiqa olmadi[7].

2011-2017

tahrir

Italiya 2013-yil Shvetsiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatiga saralash guruhida o‘nta o‘yindan to‘qqiztasida g‘alaba qozonib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Turnirda Italiya terma jamoasi mezbon Shvetsiya, Daniya va Finlandiya terma jamoalari bilan „A“ guruhidan joy oldi. Bitta g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat bilan Italiya guruh bosqichidan ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi, biroq chorak finalda Germaniya ayollar terma jamoasiga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi[8].

Keyingi ikki yil ichida Antonio Cabrini boshchiligidagi Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi jahon chempionati saralashida ishtirok etdi: oʻnta oʻyinda sakkizta gʻalaba qozonishiga qaramay (shu jumladan Makedoniya ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita rekord darajadagi gʻalaba (11-0 va 15-0)[9]) Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda Ispaniya terma jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. Pley-offning birinchi bosqichida Italiya Ukraina ayollar terma jamosini umumiy hisobda 4:3 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, pley-offning so‘nggi bosqichida Gollandiya terma jamoasiga umumiy hisobda 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Jahon chempionatiga yoʻllanma ola olmadi.

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yilgi Yevropa chempionatida „B“ guruhida Germaniya, Shvetsiya va Rossiya ayollar terma jamoalaridan magʻlub boʻlib so‘nggi o‘rinni egalladi[10].

2017-yildan hozirgi kungacha

tahrir
 
Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi terma jamoasi 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Avstraliyaga qarshi oʻyinda.

2018-yil 8-iyun kuni, so‘nggi ishtirokidan yigirma yil o‘tib, Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi[11]. Jahon chempionatining guruh bosqichida Italiya Avstraliya (2:1) va Yamayka (5:0) ayollar milliy futbol terma jamoalari ustidan ikkita gʻalaba qozonib pley-off bosqichiga chiqdi. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Braziliya ayollar futbol terma jamoasiga (0:1) magʻlubiyati ahamiyatsiz boʻldi. 1/8 finalda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempionatida chorak finalga yo‘l oldi[12]. Biroq, amaldagiYevropa chempioni Niderlandiya terma jamoasiga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Jahon chempionatidagi yoʻli 2019-yil 29-iyunda oʻz nihoyasiga yetdi[13]. Keyingi yili Italiya 2020-yilgi Algarve kubogi finaliga chiqdi (oʻz tarixidagi birinchi Algarve kubogi finali), ammo Italiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli Italiya oʻyinni bekor qilishga majbur boʻldi va Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻolib deb eʼlon qilindi[14]. 2022-yilgi Algarve kubogida Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana finalga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo qoʻshimcha boʻlimdan keyingi 1:1 hisobidagi durangdan keyin Shvetsiya ayollar jamoasiga penaltilar seriyasida 6:5 hisobida yutqazdi[15].

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash oʻyinlarida Moldova va Ruminiya terma jamoslariga qarshi ikkita oʻyinda gʻalaba qozonib, 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Bosh murabbiylar tarixi

tahrir
Yil(lar) Menejer
1969-1971 yillar Giuseppe Cavicchi
1972-1978 yillar Amedeo Amadei
1979-1981 yillar Sergio Guenza
1981-1982 yillar Paolo Todeschini
1982-1984 yillar Enzo Benedetti
1984-1989 yillar Giuseppe Cavicchi
1989-1993 yillar Sergio Guenza
1993-1995 yillar Comunardo Niccolai
1995-1997 yillar Sergio Guenza
1997-1998 yillar Sergio Vatta
1999 yil Carlo Facchin
1999-2000 yillar Giuseppe Cavicchi
2000-2005 Carolina Morace
2005-2012 Pietro Ghedin
2012-2017 Antonio Cabrini
2017 — hozirgi kungacha Milena Bertolini

Oʻyinchilar

tahrir

Hozirgi tarkib

tahrir

2022-yil 6-sentabr kuni Ruminiya ayollar terma jamosiga qarshi o‘yinga quyidagi futbolchilar Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushgan. Oʻtkazgan oʻyinlar, gollar va oʻyinchi raqamlari 12-aprel, 2022-yil(2022-04-12) holatiga koʻra berilgan.

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Giuliani, LauraLaura Giuliani 6-iyun 1993-yil (1993-06-06) (31 yosh) 48 0   ITA Milan
12 1DA Schroffenegger, KatjaKatja Schroffenegger 28-aprel 1991-yil (1991-04-28) (33 yosh) 12 0   ITA Fiorentina
22 1DA Aprile, RobertaRoberta Aprile 22-noyabr 2000-yil (2000-11-22) (23 yosh) 0 0   ITA Juventus
3 2HM Tortelli, AliceAlice Tortelli 22-yanvar 1998-yil (1998-01-22) (26 yosh) 2 0   ITA Fiorentina
13 2HM Bartoli, ElisaElisa Bartoli 7-may 1991-yil (1991-05-07) (33 yosh) 66 3   ITA Roma
15 2HM Filangeri, Maria LuisaMaria Luisa Filangeri 28-yanvar 2000-yil (2000-01-28) (24 yosh) 4 0   ITA Sassuolo
16 2HM Di Guglielmo, LuciaLucia Di Guglielmo 26-iyun 1997-yil (1997-06-26) (26 yosh) 2 0   ITA Roma
17 2HM Boattin, LisaLisa Boattin 3-may 1997-yil (1997-05-03) (27 yosh) 34 0   ITA Juventus
23 2HM Lenzini, MartinaMartina Lenzini 23-iyul 1998-yil (1998-07-23) (25 yosh) 1 0   ITA Juventus
2 3YH Soffia, AngelicaAngelica Soffia 2-iyul 2000-yil (2000-07-02) (23 yosh) 3 2   ITA Roma
4 3YH Galli, AuroraAurora Galli 13-dekabr 1996-yil (1996-12-13) (27 yosh) 38 4   ENG Everton
5 3YH Catena, MichelaMichela Catena 17-dekabr 1999-yil (1999-12-17) (24 yosh) 0 0   ITA Fiorentina
6 3YH Giugliano, ManuelaManuela Giugliano 18-avgust 1997-yil (1997-08-18) (26 yosh) 35 3   ITA Roma
7 3YH Simonetti, FlaminiaFlaminia Simonetti 17-fevral 1997-yil (1997-02-17) (27 yosh) 6 0   ITA Inter Milan
8 3YH Rosucci, MartinaMartina Rosucci 9-may 1992-yil (1992-05-09) (32 yosh) 59 4   ITA Juventus
18 3YH Caruso, AriannaArianna Caruso 6-noyabr 1999-yil (1999-11-06) (24 yosh) 5 0   ITA Juventus
19 3YH Glionna, BenedettaBenedetta Glionna 26-iyul 1999-yil (1999-07-26) (24 yosh) 10 0   ITA Roma
21 3YH Greggi, GiadaGiada Greggi 18-fevral 2000-yil (2000-02-18) (24 yosh) 3 1   ITA Roma
9 4HJ Giacinti, ValentinaValentina Giacinti 2-yanvar 1994-yil (1994-01-02) (30 yosh) 41 12   ITA Milan
10 4HJ Girelli, CristianaCristiana Girelli 23-aprel 1990-yil (1990-04-23) (34 yosh) 78 46   ITA Juventus
11 4HJ Cantore, SofiaSofia Cantore 30-sentyabr 1999-yil (1999-09-30) (24 yosh) 3 0   ITA Juventus
14 4HJ Bonfantini, AgneseAgnese Bonfantini 4-iyul 1999-yil (1999-07-04) (24 yosh) 8 0   ITA Juventus
20 4HJ Piemonte, MartinaMartina Piemonte 7-noyabr 1997-yil (1997-11-07) (26 yosh) 6 1   ITA Milan

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijasi

tahrir
Musobaqa       Jami
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 0 0 0 0
Olimpiya oʻyinlari 0 0 0 0
UEFA ayollar chempionati 0 2 1 3
Oʻrta Yer dengizi oʻyinlari 0 0 0 0
Universiada 0 0 0 0
Jami 0 2 1 3

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

tahrir
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Italiya jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Italiya jamoasining natijasi
Yil Bosqich Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
  1991 yil Chorak final 6/12 2 0 0 2 3 5 2 0 0 2 3 5
  1995 yil Saralashdan oʻta olmadi UEFA Evro 1995
  1999 yil Guruh bosqichi 9/16 3 1 1 1 3 3 6 5 1 0 11 4
  2003 yil Saralashdan oʻta olmadi 6 2 1 3 7 7
  2007 yil 8 5 0 3 25 6
  2011 yil 16 10 3 3 48 10
  2015 yil 14 9 3 2 54 11
  2019 Chorak final 7/24 5 3 0 2 9 4 8 7 0 1 19 4
  2023 yil Yoʻllanma oldi 10 9 0 1 40 2
Jami Eng yaxshi natijasi:

Chorak final

4/9 12 6 1 5 20 12 68 47 8 13 204 44

UEFA ayollar chempionati

tahrir
UEFA ayollar chempionatida Italiya jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Italiya jamoasining natijasi
Yil Bosqich Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
  1984 Yarim final 4/4 2 0 0 2 3 5 2 0 0 2 3 5
  1987 Uchinchi oʻrin 3/4 2 1 0 1 2 3 6 5 1 0 13 6
  1989 Toʻrtinchi oʻrin 4/4 2 0 1 1 2 3 8 5 2 1 20 5
  1991 Toʻrtinchi oʻrin 4/4 2 0 0 2 1 5 8 3 4 1 13 5
  1993 Ikkinchi oʻrin 2/4 2 0 1 1 1 2 6 5 1 0 18 6
  1995 Qatnashmagan 8 4 1 3 18 11
   1997 Ikkinchi oʻrin 2/8 5 2 2 1 7 6 6 4 2 0 16 3
  2001 Guruh bosqichi 5/8 3 1 1 1 3 4 8 3 3 2 9 8
  2005 8/8 3 0 0 3 4 12 10 6 3 1 20 10
  2009 Chorak final 6/8 4 2 0 2 5 5 10 8 0 2 26 8
  2013 7/8 4 1 1 2 3 5 10 9 1 0 35 0
  2017 Guruh bosqichi 12/16 3 1 0 2 5 6 8 6 0 2 26 8
  2022 13/16 3 0 1 2 2 7 10 8 1 1 37 5
Total Eng yaxshi natijasi:

Ikkinchi oʻrin

12/13 35 8 7 20 38 63 104 71 19 14 263 76

Hamma vaqtlardagi Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi

tahrir

Manba[16]

FIFA reytingi

tahrir

Quyida 2003-yildan hozirgi kungacha Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA reytingi jadvali keltirilgan[17].  

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati

tahrir
# Futbolchi Faoliyat yillari Gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Bir oʻyinga toʻgʻri keladigan gol
1 Elisabetta Vignotto 1970-1989 97 95 1.02
2 Carolina Morace 1978-1997 95 136 0.7
3 Cristiana Girelli 2011-hozirga qadar 36 67 0.54
4 Patrizia Panico 1996-2014 35 83 0.42
5 Antonella Carta 1984-1999 30 110 0.27
6 Ida Golin 1976-1987 29 41 0.71
7 Melania Gabbiadini 2011-2017 26 56 0.46
8 Daniela Sabatino 2011-hozirga qadar 25 61 0.41
9 Barbara Bonansea 2012-hozirga qadar 23 63 0.37
10 Giuditta Schiavo 1970-1976 19 29 0.66

Manba[18]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 uefa.com. „Europeo femminile 1993 – Storia“ (it). UEFA.com (1993-yil 4-iyul). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  2. 2,0 2,1 uefa.com. „Europeo femminile 1997 – Storia“ (it). UEFA.com (1997-yil 12-iyul). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  3. „Women's World Cup 1999 (USA)“. www.rsssf.com. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  4. uefa.com. „Europeo femminile 2001 – Storia“ (it). UEFA.com (2001-yil 7-iyul). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  5. uefa.com. „Europeo femminile 2005 – Storia“ (it). UEFA.com (2005-yil 19-iyun). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  6. uefa.com. „Europeo femminile 2009 – Storia“ (it). UEFA.com (2009-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  7. Longman, Jeré. „U.S. Tops Italy to Earn Spot in Women’s World Cup“ (en-US). The New York Times (2010-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  8. uefa.com. „UEFA Women's EURO 2013 – History“ (en). UEFA.com (2013-yil 1-avgust). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  9. „Italdonne, il "Piola" porta fortuna: travolta la Macedonia“ (IT). LaStampa.it. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  10. uefa.com. „UEFA Women's EURO 2017 – History“ (en). UEFA.com (2017-yil 6-avgust). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  11. „Trionfo Italia femminile va al Mondiale: Portogallo battuto 3–0“ (it). Repubblica.it (2018-yil 8-iyun). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  12. „Italia, sei bellissima: 2–0 alla Cina e quarti di finale“ (it-IT). La Gazzetta dello Sport – Tutto il rosa della vita. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  13. Bull, J. J.. „Holland reach first ever Women's World Cup semi-final with two headed goals against Italy“ (en-GB). The Telegraph (2019-yil 29-iyun). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  14. Sport. „Algarve Cup, l'Italia rinuncia alla finale“ (it). sport.sky.it. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  15. Sport. „Algarve Cup, l'Italia rinuncia alla finale“ (it). sport.sky.it. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  16. „Statistiche Gare“ (Italian). figc.it.
  17. FIFA.com. „The FIFA/Coca-Cola World Ranking – Associations – Italy – Women's“ (en). FIFA.com. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
  18. „Statistiche Gare“ (Italian). figc.it. „Statistiche Gare“ (in Italian). figc.it.

Havolalar

tahrir