Elizabeth Frances Henstridge[1] (talaffuzi: Elizabet Franses Henstrij; 1987-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz aktrisasi, model va rejissyor. U Marvel kinematografiya koinotida suratga olingan ABC superqahramonlik dramasi „Marvel’s Agents of S.H.I.E.L.D.“ (2013—2020) filmida Jemma Simmons rolini ijro etgani bilan mashhur.

Elizabeth Henstridge
Tavalludi
Elizabeth Frances Henstridge

11-sentyabr 1987-yil (1987-09-11) (36 yosh)[2]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi
  • Aktrisa
  • model
  • rejissyor
Faoliyat yillari 2010-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Zachary Abel (turm. 2021)
[3]

Yoshligi tahrir

Henstridge Angliyaning Sheffild shahrida tugʻilgan, Meadowhead maktabida va King Edvard VII maktablarida oʻqigan. Henstridgening ikkita singlisi bor. U ingliz va irland millatiga mansub. 2009-yilda Birmingem universitetini tamomlagan. U East 15 aktyorlik maktabida oʻqigan va keyinchalik Los-Anjelesga koʻchib oʻtgan[4].

Faoliyati tahrir

Henstridge 2010-yilda „Easy Under the Apple Bough“ qisqa metrajli filmida professional aktyorlik debyutini qilgan. U oʻzining televizion debyutini 2011-yilda amalga oshirdi va uzoq vaqtgacha Britaniyaning „Hollyoaks“ serialida Emili Aleksandr sifatida paydo boʻldi[5]. U, shuningdrk, oʻzi yozgan „And the Kid“ qisqa metrajli filmida rol oʻynagan.

Henstridge 2012-yilgi The CW piloti „Shelter“ filmida bosh rolga tayinlangan edi, lekin u serialga olinmagan[6]. Keyinchalik „The Thompsons“ (2012) qo‘rqinchli filmida, „Gangs of Tooting Broadway“ (2013) kriminal drama filmida va „Reach Me (2014) dramatik ansambl filmlarida rol o‘ynagan.

2012-yil noyabr oyida Henstridge Marvel kinematografiya koinotida tasvirlangan ABC superqahramonlik dramasi „Marvel’s Agents of S.H.I.E.L.D.“ serialidagi oddiy qahramon Jemma Simmons agenti rolini o‘ynadi[7][8][9]. Serial 2013-yil 10-mayda buyurtma qilingan va 2013-yil 24-sentyabrda ABC telekanalida premyerasi bo‘lib oʻtgan[10].

 
Henstridge 2016-yilda

Agents of S.H.I.E.L.D.“ filmidagi roli uchun u tanqidchilar tomonidan koʻproq eʼtirof va etiborga sazovor boʻldi. 2015-yilda Henstridge „Agents of S.H.I.E.L.D.“ ning uchinchi mavsumi beshinchi epizodi boʻlgan „4,722 Hours“ filmidagi ijrosi uchun ijobiy sharhlarni oldi. Serialda ansambl tabiatidan farqli oʻlaroq, epizodda asosiy qahramonlardan hech biri (Iain De Caestecker bundan mustasno) yoʻq edi. Barcha aktyorlar Henstridgening xarakteri atrofida markazlashgan edi. Epizodning ijobiy tanqidiy javobi „Bottle“ epizodining tabiati va Henstridgening ishlaridagi berilgan maqtovlarga qaratilgan. Keyinchalik bu The Atlantic tomonidan 2015-yilning eng yaxshi televizion epizodlaridan biri deb topildi[11].

2016-yilda Henstridge Disney XD superqahramon seriyasining Ultimate Spider-Man epizodida animatsion shaklda Jemma Simmons rolini takrorladi[12][13]. Oʻsha yili u mashhur Manson oilasining qotilliklariga asoslangan „Wolves at the Door“ dahshatli filmida Abigail Folger rolini oʻynadi[14]. Film 2017-yil 18-aprelda Qo‘shma Shtatlarda Direct-to-DVD formatida chiqarildi.

2019-yilda Henstridge Hallmark kanalidagi „Christmas at the Plaza“ romantik komediya filmida Jessika Kuper rolini oʻynadi[15]. 2020-yil mart oyida u Uma Turman bilan birga Apple TV+ dramatik triller-seriali „Suspicion“ da bosh rolni o‘ynagani eʼlon qilindi[16]. M Henstridge Oksforddagi kichik ilmiy xodim va Leo Nyuman ishi boʻyicha gumonlanuvchilardan biri Tara rolini oʻynaydi.

Bundan tashqari, Henstridge Anna rolida „The Imperfect Picture“ qisqa metrajli filmida ham rol oʻynagan va koʻproq filmga rejissyorlik qilgan. U rejissyorlik qilgan „Air“ qisqa metrajli filmi festivallar doirasida debyut qilingan. 2019-yilda u bosh rolni ijro etgan, rejissyorlik qilgan, yozgan va prodyuserlik qilgan „An untitled superhero“ filmida ishtirok etgani maʼlum bo‘ldi.

2021-yil 7-dekabrda Henstridgening 2022-yilda efirga uzatiladigan CW ning „Supermen & Lois“ epizodiga rejissyorlik qilishi eʼlon qilindi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Henstridge 2012-yildan beri aktyor va onlayn sotuvchi Zachari Abel bilan munosabatda. Ular Shelter suratga olish joyida uchrashishdi. 2019-yil 22-aprelda u Instagramdagi posti bilan oʻzaro munosabatlarini eʼlon qildi[17].

Ular 2021-yil avgust oyida Angliyada turmush qurishdi[18].

Henstridgening Meggi ismli iti bor va u Smile Train xayriya tashkilotini qoʻllab-quvvatlaydi[19].

Filmografiyasi tahrir

 
Henstridge 2014-yil iyul oyida „Guardians of the Galaxy“ premyerasida.

Film tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2010 Easy Under the Apple Bough Fermer qizi Qisqa film
2011 And the Kid Qiz
2012 The Thompsons Rayli Styuart
Delicacy Bokira qiz Qisqa film
2013 Gangs of Tooting Broadway Kate
2014 Reach Me Eve
2016 Wolves at the Door Abigail Folger

Televizion tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2011 Hollyoaks Emili Aleksandr 3 qism
2012 Shelter Grace Efirga chiqmagan CW filmi
2013—2020 Agents of S.H.I.E.L.D. Jemma Simmons Asosiy rol; 135 qism

Shuningdek, „As I Have Always Been“ epizodi uchun rejissyorlik
2014 Film School Shorts Bokira qiz Epizod: „Sugar & Spice“
2015—2017 Penn Zero: Part-Time Hero Malika (ovoz) 3 qism
2016 Ultimate Spider-Man Jemma Simmons (ovozli) Epizod: „Lizards“
Agents of S.H.I.E.L.D.: Slingshot Jemma Simmons Epizod: „Progress“
2017 Temporary Emili Epizod: „Poe Fashion“
2019 Christmas at the Plaza Jessica Cooper Televizion film
2022 Suspicion Tara Asosiy tarkib
Superman & Lois Yoʻq Rejissyor; Epizod: „Anti-Hero“

Mukofotlar va nominatsiyalari tahrir

Yil Mukofot Turkum Ish Natija
2015 TVLine haftaning eng yaxshi ijrochisi Performance in „4,722 Hours“ dagi ijro Agents of S.H.I.E.L.D. Yutuq
2017 „Self Control“ dagi ijro (Iain De Caestecker bilan birgalikda) Nominatsiya
2019 „Inescapable“ dagi ijro (Iain De Caestecker bilan birgalikda) Yutuq
2020 „The End Is at Hand“/„What We're Fighting For“ dagi ijro

Manbalar tahrir

  1. „Elizabeth Henstridge profile“. TV Guide. Qaraldi: 2013-yil 26-sentyabr.
  2. Jirak, Jamie „Agents of SHIELD Stars Post Sweet Photos in Honor of Elizabeth Henstridge's Birthday“. comicbook.com (2019-yil 12-sentyabr).
  3. Kaitlyn.. „Elizabeth Henstridge and Zachary Burr Abel from ‘Agents of S.H.I.E.L.D.’ Tie the Knot with Cast in Attendance“. chipandco.com (2021-yil 23-avgust). Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  4. „Elizabeth Henstridge as Jemma Marvel's Agents of S.H.I.E.L.D. Cast & Stars“. ABC. Qaraldi: 2013-yil 21-iyul.
  5. Staff. „McQueen guest hopes for 'Hollyoaks' return“. Digital Spy. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  6. Andreeva. „Elizabeth Henstridge Joins JJ Abrams Drama“. Deadline.com. Qaraldi: 2013-yil 21-iyul.
  7. „Joss Whedon's 'S.H.I.E.L.D.' Pilot Adds Two Agents (Exclusive)“. The Hollywood Reporter. Qaraldi: 2013-yil 21-iyul.
  8. Bierly. „'S.H.I.E.L.D.' pilot adds two new agents“. Entertainment Weekly (2012-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
  9. „Elizabeth Henstridge and Iain De Caestecker Cast on S.H.I.E.L.D. Pilot“. TV Fanatic. Qaraldi: 2013-yil 21-iyul.
  10. Souppporis. „Marvel's Agents of SHIELD' will debut on September 24th“. The Verge (2013-yil 17-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
  11. „The Best Television Episodes of 2015“. The Atlantic. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  12. Cavanaugh, Patrick. „SDCC 2015: Celebrate the World of Marvel Animation“. Marvel.com (2015-yil 11-iyul). Qaraldi: 2016-yil 9-mart.
  13. Prudom, Laura. „Watch: 'Agents of SHIELD' Favorites Fitz and Simmons Get Animated for 'Marvel's Ultimate Spider-Man'“. Variety (2016-yil 8-mart). Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
  14. Lincoln. „Katie Cassidy Joins New Line Period Thriller 'The Wolves at the Door'“. Deadline Hollywood (2015-yil 8-may). Qaraldi: 2018-yil 15-may.
  15. „Christmas at the Plaza“. Hallmark Channel. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  16. White. „Uma Thurman To Headline Apple Drama Series 'Suspicion', Based on Israeli Thriller 'False Flag'“. Deadline Hollywood (2020-yil 11-mart). Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  17. „Agents of S.H.I.E.L.D.'s Elizabeth Henstridge Is Engaged to Zachary Burr Abel – See Her Gorgeous Ring!“. People. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
  18. Kaitlyn. „Elizabeth Henstridge and Zachary Burr Abel from ‘Agents of S.H.I.E.L.D.’ Tie the Knot with Cast in Attendance“. chipandco.com (2021-yil 23-avgust). Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  19. blawson. „Elizabeth Henstridge and Zachary Abel Visit Local Smile Train Partners“. Smile Train (2016-yil 30-sentyabr). 2018-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.

Havolalar tahrir