Emirgan masjidi
Emirgan masjidi (turkcha: Emirgan Cami), rasman Emirgan Hamid-i Evvel masjidi (usmonli turkcha: Emirgan Hamid-i Evvel Cami) – XVIII asrga oid Turkiyaning Istanbul shahri, Sariyer tumani, Emirgan mahallasida joylashgan Usmonli masjidi[1].
Masjid | |
Emirgan masjidi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Sarıyer tumani, Emirgan mahallasi |
Koordinatalar | 41°06′16″N 29°03′23″E / 41.10456°N 29.05626°E |
Masjid turi | masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi Usmonli meʼmorchiligi |
Binokorlik sanasi | 1781 yil |
Qurilish materiali | ohaktoshlar |
Emirgan masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirMasjid 1781-yilda Usmonli sultoni Abdulhamid I (hukmronlik yillari: 1774–1789) tomonidan uning erta vafot etgan oʻgʻli Mehmed va Hümaşah Kadınefendining (talaffuzi: Humashah Kadinefendi) onasi xotirasiga bagʻishlab bunyod etilgan. Masjid rasmiy ravishda usmonli tilida sulton nomi bilan atalgan. Dastlab yodgorlik bugungi kunda ham mavjud favvora, hozirda faoliyat yuritmayotgan turk hammomi, novvoyxona va tegirmon kabi inshootlardan iborat majmuaning bir qismi boʻlgan. Majmua Emirgüneoğlu (talaffuzi: Emirguneogʻlu) Yusuf poshoga tegishli boʻlgan sobiq qirgʻoq saroyi oʻrnida qurilgan. Bino Abdulhamid I ning oʻgʻli Sulton Mahmud II (hukmronligi: 1808–1839) tomonidan hozirgi koʻrinishga keltirilgan.
Arxitekturasi
tahrirMasjidning meʼmoriy uslubi detallari va bezaklari Abdulhamid I davri (1757–1808) meʼmorchiligi barokko uslubiga emas, balki Mahmud II ning hukmronlik davri (1808–1876) meʼmorchiligiga mos keladi. 1871-yilda Abdulhamid I tomonidan qurilgan masjidning hurmat belgisi sifatida saqlanib qolgan yozuvidan tashqari barcha qismi qayta bunyod etilgan[2].
Kvadrat shaklidagi masjid hovlisida yogʻoch tomli toshdan qurilgan devor mavjud. Har tomondan ikki qator qilib joylashtirilgan katta derazalar masjidga tabiiy yorugʻlik olib kiradi. Masjidning janubiy qismida balkonli silindrsimon ingichka minora joylashgan. XIX asr minoralariga xos boʻlgan akant tipidagi barg bezaklari va minoradagi boshqa bezaklar yillar oʻtib unga oʻzgarishlar kiritilganligini koʻrsatadi. Masjidning sharqiy devoriga alohida kirish eshigi bilan ikki qavatli sulton ayvoni biriktirilgan. Masjid hovlisining shimoliy burchagida joylashgan shodirvon (favvora) tepasida suls tilida yozilgan ikki qatorli sheʼriy yozuvga koʻra, uni Valiyning turmush oʻrtogʻi Mumtaz Kadınning uyidagi ayol xizmatkorlar boshligʻi Rebgigül Hanım vaqf qilgan.
Galereya
tahrir-
Masjidning shimoli-gʻarbiy fasadi va asosiy kirish qismi
-
Masjid hovlisida joylashgan shodirvan
-
Emirgan masjidining kvadrat favvorasi
Manbalar
tahrir- ↑ „Emirgan Hamid-i Evvel Camii“ (tr). İstanbul Müftülüğü. 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-iyul.
- ↑ Aksakallı, Muharrem.. „İstanbul'un boğaza nazır camileri“ (tr) (2014-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 28-iyul.