Emma Eliza Regan (1992-yil 4-dekabrda tugʻilgan) – irlandiyalik aktrisa, „The Fading Light“ (2009), „Love Eternal“ (2013), „Darkness on the Edge Of Town“ (2014) va „Penance 2018“ badiiy filmlari hamda „Aisling‘s Diary“ (2009), „Jack Taylor“ (2012) va „Vikings“ (2020) teleseriallaridagi rollari bilan mashhur.

Emma Eliza Regan

Regan 2014-yilda
Tavalludi 4-dekabr 1992-yil (1992-12-04) (31 yosh)
Moycullen, County Galway, Irlandiya
Fuqaroligi Irlandiya
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 2007-yil - hozirgacha

Yoshligi va taʼlimi

tahrir

Regan Connemara shtatidagi Moycullen shahrida ulgʻaygan. Otasi mahalliy barlardan birining egasi boʻlgan[1]. Regan Cork City Ballet maktabining badiiy direktori Alan Foleydan klassik balet va zamonaviy raqs sirlarini oʻrgangan[2]. U Dublinning Grand Canal Dock shahridagi Bow Street akademiyasida (sobiq The Factory’s Actors Studio) ijodiy markazda oʻqigan, bu yerda oʻz sohasining ustalari boʻlgan Lance Daly, Shimmy Marcus, John Carney va Jim Sheridan kabi ustozlardan tahsil olgan[3][2].

Regan 2010-yilda The Abbey teatridagi „The Plough“ va „The Stars“ spektaklida Mollser rolida oʻzining sahnadagi debyuitini amalga oshirdi.

Film va televizion shoular

tahrir

Regan ekranlardagi ilk faoliyatini 2007-yilda Ivan Kavanaghning „Tin Can Man“ nomli horor filmidagi Michael Parle roli orqali boshlagan. Film butun dunyo boʻylab namoyish etilgan va bir nechta xalqaro mukofotlarni ham qoʻlga kiritgan[4].

Regan „Our Wonderful Home“ va „The Fading Light“ (Jameson Dublin xalqaro kinofestivali gʻolibi) kabi filmlarda ham ishtirok etgan[5][6]. Undan tashqari George MacDonaldning qoʻrqinchli ertagi Colin Downey rejissyorligi ostida suratga olingan „The Shadows“ fantastik filmida bosh roldagi obrazni gavdalantirgan[7].

Regan, shuningdek, Brendan Muldowney tomonidan suratga olingan va yapon yozuvchisi Kei Ōishining „Loving The Dead“ asariga asoslangan „Love Eternal“ filmida maktab oʻquvchisi Cathy rolini ijro etgan[1]. Ushbu film Varshavada boʻlib oʻtgan birinchi "Black Bear Film festivalida „Fresh Blood“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Filmning premyerasi 2013-yil boshida Galway Film Fleadhda boʻlib oʻtgan va butun dunyo boʻylab ellikdan ortiq festivallarida namoyish etilgan. Jumladan Osiyodagi eng yirik kinofestivallardan biri boʻlgan Sitges va Busan shaharlaridagi kinofestivallarda ham ekranlashtirilgan[8][9].

2014-yilda u Brian Gleeson rejissyorligi ositda ishlangan va Sundance kinofestivalida namoyish etilgan birinchi irland filmi „The Irish Western Darkness on the Edge Of Town“da bosh rollardan birini ijro etgan[10]. Film keyinchalik Netflix tarmogʻiga yuklangan va AQSh hamda Kanada davlatlari boʻylab namoyish etilgan[11].

2015-yilda Regan „Get Up And Go“ badiiy filmida[12], Irish IFTA award mukofotiga sazovor boʻlgan Peter Coonan va Killian Scottning „Love/Hate“ dramasida, shuningdek, „Fading Away“ nomli irland filmida bosh rollarda ishtirok etdi[13].

2017-yilda Regan oʻzini kino olamining boshqa sohalarida ham sinab koʻrdi. Shu yilda chiqarilgan „Wild Fire Nights“ qisqa metrajli filmida u yozuvchi, rejissyorlik va aktyorlik vazifalarining barchasini oʻzi bajardi. Ushbu film 2017-yilda boʻlib oʻtgan Galway Film Fleadh kinofestivalida premyera qilindi[14].

2023-yilda u Emmett Hughes tomonidan yozilgan „Advent“ badiiy filmida Niamh rolini oʻynadi[15]. Film premyerasi 2023-yilgi Newport Beach kinofestivalida boʻlib oʻtdi[16].

Jurnalistika

tahrir

Regan, shuningdek, bir nechta nashrlarda, jumladan RTÉ va boshqa bir necha mashur jurnallar uchun sayohat va madaniy yoʻnalishlarda jurnalist sifatida faoliyat olib borgan[17].

Filmografiyasi

tahrir

Film va videolar

tahrir
Yil Nomi Rol Izoh/manba
2007 Tin Can Man Mel Ivan Kavanagh filmi[4]
2008 Our Wonderful Home Emma Ivan Kavanagh filmi [5][1]
2009 The Fading Light Cathy badiiy film [6]
2010 The Death of James Connolly[18] Nora Qisqa metrajli film
2011 Death of a Superhero Morna Film [19]
2012 Ninety Seconds Elly Qisqa metrajli film
2012 Out There (Qisqa metrajli film) Jane Baron Randal Plunkett filmi
2013 The Shadows Alica Film [12]
2013 Love Eternal Cathy Malone Film [1][8][9]
2013 I Am Cursed Alicia 'sirli qiz' Film
2013 Out of Here Ruth Film
2014 Hollow lands The Woman Qisqa metrajli film
2014 After Shauna Qisqa metrajli film
2014 Guardian of the Ancient Shadow Crown Alice Film [12]
2014 Darkness on the Edge Of Town Cleo Callahan Film
2015 The Second Coming Maud Gonne Film [1]
2015 Get Up And Go Tara Film [12]
2015 Fading Away Sive Film [12]
2015 Ar Scáth le Chéile Aoife Doyle Qisqa metrajli film [12]
2016 Adulting Emer Qisqa metrajli film [12]
2016 The Irish Mob Re-enactment Actress Frank 'Dunieʼ Ryan: West End & Stopwatch Gang
2017 Wild Fire Nights Lila Qisqa metrajli film [14]
2017 Maeve and the Moon Rhiannon Qisqa metrajli film [12]
2017 Hexing Hannah Film
2017 The Second Coming Vol.2 Maud Gonne Film
2017 Roth Gracie Film
2017 How to Make a Film Anna Rose Film
2018 Dead Drop Love The Courtesan Qisqa metrajli film
2018 Penance Aine Ni Laoighrie Film
2018 Rapacious Qiz Qisqa metrajli film
2018 Sorry the Girlfriend Qisqa video
2023 Advent Niamh Film


Musiqiy kliplar

tahrir
Yil Nomi Qoʻshiqchi Rol
2014 In Flight [20] Daithí Ó Drónaí qorachadan kelgan ayol
2023 In the eyes [21] Sistir asosiy ayol

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Interview: Actress Emma Eliza Regan on Pete Doherty, Maud Gonne and Irish westerns“ (2013-yil 6-may). 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „Perfectly cast for success“. independent.ie (2012-yil 2-sentyabr).
  3. „Bow Street Graduates 2014“. bowstreet.ie. Qaraldi: 2022-yil 3-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „Tin Can Man - A Feature Film“. parkfilms.ie. Qaraldi: 2022-yil 4-yanvar.
  5. 5,0 5,1 Adam Dawtrey. „Four Irish pics start to shoot“ (2007-yil 31-oktyabr). 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  6. 6,0 6,1 „The Fading Light -A Feature Film“. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
  7. „New Feature, 'The Shadows' to Shoot in August“ (2011-yil 28-aprel). 2011-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-yanvar.
  8. 8,0 8,1 „Love Eternal“. scannain.com. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
  9. 9,0 9,1 „Irish film Love Eternal wins in Poland“. rte.ie (2013-yil 22-dekabr).
  10. O'Riordan, Alison. „Irish actress Emma Eliza Regan swaps her lightness of step for heavyweight film role“ (2015-yil 25-yanvar). 2016-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Brosnan, Seán „'Darkness on the Edge of Town' picked up by Netflix“. IFTN (2015-yil 9-dekabr). 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-may.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 12,6 12,7 „Emma Eliza Regan Resume“. emmaelizaregan.com. 2022-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
  13. McCahill, Elaine. „Young Irish actress Emma Eliza and Antonia Campbell Hughes land plum new roles“ (2015-yil 4-may). 2016-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-may.
  14. 14,0 14,1 „Emma Eliza Regan, Writer/Director of 'Wild Fire Nights'“. filmireland.net (2017-yil 11-iyul).
  15. „Newport Beach Film Festival - Advent“. nbff23.eventive.org (2023-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  16. Luke Shanahan. „Newport Beach Spotlight: Writer-Actor Emmett Hughes discusses Advent“. iftn.ie (2023-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  17. „Emma Eliza Regan's Cannes Diary“. rte.ie (2013-yil 24-may).
  18. „The Death of James Connolly (2010)“. IMDb. 2017-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  19. napierslogs. „Death of a Superhero (2011)“. IMDb (2012-yil 30-avgust). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  20. „Daithí Ó Drónaí - In Flight“. Daithí music at youtube.com (2014-yil 27-iyun).
  21. „Sistir - In the eyes“. Sistir at youtube.com (2023-yil 7-aprel).

Havolalar

tahrir