Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot instituti — ilmiy tekshirish muassasasi. 1957-yil Oʻlka tibbiyoti ilmiy tekshirish instituti nomi bilan Toshkentda tashkil etilgan. 1989-yildan hozirgi nomda. Endokrin bez kasalliklarini eksperimental va klinik usullar yordamida oʻrganadi va davolaydi. Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishi Oʻzbekistonda yod yetishmovchiligi holatini bartaraf etish, qandli diabet kasalligi, uni oldini olish va davolash, asoratlarini bartaraf etishning samarali usullarini ishlab chiqish, bolalar va oʻsmirlarda kuzatiladigan endokrin xastaliklarni oʻrganish va amaliyotga tadbiq etish (pakanalik, qandli diabet, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar), gipofiz, birlamchi giperparatireoz, qalqonsimon bez xastaliklari, jinsiy rivojlanishdan orqada qolishning zamonaviy diagnostikasi, shuningdek, respublikada endokrinologik xizmatni tashkil qilish masalalari va hokazoga oid.

Institutda 6 ilmiy laboratoriya., tashkiliyuslubiy boʻlim, kutubxona, vivariy va 246 oʻringa moʻljallangan klinika bor. Klinikada 12 boʻlim, maslahat poliklinikasi, biokimyoviy laboratoriya., funksional diagnostika, yadro tibbiyot boʻlimi, dorixona, rentgen, ultratovush tashxisi, gastroduodenoskopiya va stomatologiya xonalari bor.

Institutning jarrohlik boʻlimida yiliga 700 ga yaqin (qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, buyrak usti bezi, meʼda osti bezi va jinsiy bez xastaliklari) operatsiya qilinadi.

Institut faoliyati A. A. Asqarov, Yo. X.Toʻraqulov, R.QIslombekov, E.Gʻ. Qayumov, N.S.Kelginbayev, N.R.Rahimov, S.A.Maʼsumov, Sh.Sh.Ilyosov va S.I.Ismoilov kabi olimlar nomi bilan bogʻliq.

Endokrinologiya institutida Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Bolalar endokrinologiyasi (rahbar professor S.I.Ismoilov) va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutittt E. kafedralari mavjud boʻlib, ular respublikaning boshqa tibbiyot institutlari kafedralari (1 va 2 Toshkent tibbiyot akademiyasi, shuningdek, Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari) bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatadi.

Institutda doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil