English Collocations in Use Advanced

Felicity O'Dell va Michael McCarthy qalamiga mansub ingliz tili kollokatsiyalari boʻyicha kitob

„English Collocations in Use Advanced“ („Amaldagi inglizcha kollokatsiyalar: Yetuk [darajadagi talablar uchun]“) — ingliz tili kollokatsiyalari boʻyicha Felicity O'Dell hamda Michael McCarthy qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2008-yil Cambridge shahrida Cambridge universiteti nashriyotida chop etilgan. 2017-yil ayni nashriyotda asarning ikkinchi nashri bosilib chiqqan.

English Collocations in Use Advanced
Muallif(lar) Felicity O'Dell
Michael McCarthy
Til inglizcha
Janr(lar)i grammatika
Nashriyot Cambridge universiteti nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2008 (1-nashr)
2017 (2-nashr)
Sahifalar soni 188 (1-nashr)
186 (2-nashr)
ISBN ISBN 978-0-521-70780-0 (1-nashr)
ISBN 978-1-316-62995-6 (2-nashr)

Asarga kiritilgan kollokatsiyalarni tanlab olishda mualliflar Nottingham universiteti bilan Cambridge universiteti nashriyoti hamkorlikda tuzgan va millionlab soʻz va soʻz biriklmalarini oʻz ichiga oluvchi CANCODE til korpusiga tayangan. „Advanced Collocations in Use“ oʻquvchilar va munaqqidlar tomonidan ijobiy baholandi[1]. Qoʻllanma ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirilgan va IELTS hamda TOEFL kabi standartlashtirilgan testlarga hozirlanayotganlar orasida keng qoʻllaniladi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Tohidian, Iman (Sentyabr 2009). „English Collocations in Use: Advanced“. Teaching English as a Second or Foreign Language. 13-jild, № 2. Qaraldi: 28–iyul 2023–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar tahrir