English Vocabulary in Use Advanced
„English Vocabulary in Use Advanced“ (tarjimasi „Amaldagi ingliz tili soʻz boyligi: Yetuk [darajadagi talablar uchun]“) — ingliz tili soʻz boyligi boʻyicha Michael McCarthy hamda Felicity O'Dell qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2002-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. 2013-yil va 2017-yillarda ayni nashriyotda asarning mos ravishda ikkinchi va uchinchi nashri bosilib chiqqan.
Muallif(lar) |
Michael McCarthy Felicity O'Dell |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 2002 |
Nashriyot | Kembrij universiteti nashriyoti |
Sahifalar soni | 292 |
ISBN | ISBN 978-0-521-65397-8 |
Qoʻllanma ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirilgan va IELTS hamda TOEFL kabi standartlashtirilgan testlarga hozirlanayotganlar orasida keng qoʻllanadi[manba kerak]. Asarning ingliz tilini boshlangʻich va yuqori-oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun yozilgan versiyalari ham mavjud. Oʻrtadan yuqori darajada oʻzlashtirgan til oʻrganuvchilari uchun moʻljallangan kitobni Clare Welch „Tefl“ nashri uchun yozgan taqrizida yuqori baholagan[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Review: English Vocabulary in Use“ (inglizcha). Tefl (2012). Qaraldi: 10-aprel 2024-yil.