Enisa Nikaj (1996-yil 5-martda tugʻilgan), professional sifatida Enisa nomi bilan tanilgan, amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va model. Enisa oʻzining musiqiy karerasini 2015-yilda cover qoʻshiqlar ijro etishdan boshlagan va 2016-yilda original musiqalarni chiqarishni boshlagan. U 2019-yil dekabr oyida Atlantic Records va Highbridge The Label bilan shartnoma imzolagan va 2022-yil mart oyida Amerika qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan.

ENISA
Tavalludi Enisa Nikaj
1996-yil 5-mart
Nyu York, Qo'shma Shtatlar.
Janrlar Pop • soul • R&B
Kasbi Qo'shiqchi • Muallif • Model
Faoliyat yillari 2015–hozirgacha
Leybllar Atlantic • Highbridge
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt enisamusic.com

Yoshlik

tahrir

Enisa Nyu-Yorkning Bruklin shahrida, Chernogoriyaning Tuzi shahrida tugʻilgan[1][2]. Uning ota-onasi albaniyalik. Uning otasi 25 yoshida Yugoslaviyadan AQShga koʻchib oʻtgan. Enisa oʻrtancha farzand boʻlib, katta akasi va kichik ukasi bor, ikkalasi ham basketbol sohasiga qiziqishadi, Enisa esa musiqaga bor etiborini qaratadi. U yosh bolaligida uyda qoʻshiq aytishni boshlagan. Enisa The Parkside boshlangʻich maktabida oʻqigan[3][4].

Enisa „Edvard R. Murrow“ oʻrta maktabida oʻqigan va 2015 yilda bitirgan. Reper Joey Badass uning sinfdoshi boʻlgan. U Bruklin kollejida oʻqigan va 2018-yil may oyida biznes boshqaruvi boʻyicha bakalavr diplomini olgan. U pianino chaladi va reklama agentliklarida amaliyot oʻtaydi. Enisa Frank Sinatra, Nina Simone va Justin Timberlake kabi sanʼatkorlarni tinglab katta boʻlgan[5]. U oʻzining ilhom manbaini Adele va Amy Winehouse ekanligini takidlab keladi.

Karyera

tahrir

2022-yilda Enisa 18-fevralda Fake Love nomli debyut EP-ni chiqardi[6]. „One Thing“ qoʻshigʻiga olingan klip 28-yanvarda, „Get That Money“ klipi esa 18-fevralda chiqdi. 3-mart kuni Enisa Nyu-York shtati vakili boʻlgan Amerika qoʻshiq tanlovida ishtirokchilardan biri sifatida eʼlon qilindi[7].

Manbalar

tahrir
  1. Engel, Lauren „'Everything happened organically, sharing is everything': A Talk with Enisa“. www.c-heads.com. C-Heads Magazine (2016-yil 16-fevral). 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Producenti amerikan, Timbaland shpreh interesim për 'Vallen e Shotës'“ (sq). Telegrafi (2019-yil 19-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
  3. Rexhepi, Blerand „ENISA: Një 'Amy Whinehouse' shqiptare!“ (sq). www.koha.mk (2019-yil 24-avgust). Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  4. Bonilla, Brian „Star on the Rise: Enisa Nikaj from Brooklyn College“. www.tun.com. The University Network (2017-yil 28-fevral). Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  5. Ntoi, Kevin „'Enisa'“. VulkanMagazine.com (2016-yil 19-aprel). 2016-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. @AtlanticRecords. „.@IAmENISA's got no time for that Fake Love.The singer’s brand new EP is out today with all new hits to heal from…“ (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „American Song Contest: Michael Bolton, Macy Gray & Jewel among acts“. Eurovision.tv (2022-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 5-mart.