Erengxon (1694-yilda vafot etgan), 1689—1694-yillarda Xorazmni (Xiva xonligini) boshqargan Shayboniylar sulolasidan vakili.

Erengxon
Xiva xoni
Mansab davri
1689 – 1694
Oʻtmishdoshi Xudoydodxon
Vorisi Jo‘jixon
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 1694
Onasi Toʻxta xonim
Otasi Anushaxon
Dini Islom

U ukasi Xudoydodxon vafotidan keyin xon hokimiyatini kuchaytirish siyosatini davom ettirdi. Xudoyquli-inoq va Buxoro xoni Subxonquli qoʻshinlari yordami bilan hokimiyatga keldi. Erengxon xon hokimiyatini mustahkamlash siyosatini davom ettirdi. Koʻp oʻtmay Buxoro xonligiga elchi yuboradi va davlat hokimiyatini toʻliq oʻz qoʻliga oladi.

Tez orada Erengxon ashtarxoniylarning Xurosonga yurishidan foydalanib, Buxoro xonligiga qarshi qoʻshin yuboradi. Biroq Xiva qoʻshini Buxoro yaqinida magʻlubiyatga uchraydi.

Shu bilan birga, Erengxon Eron bilan yaxshi aloqalar oʻrnatadi. Rossiya podshosi bilan Qalmiq xoni Ayukaga qarshi birgalikda harakat qilish, Tyuk-Karan qal’asi orqali savdoni kengaytirish toʻgʻrisida kelishib olinadi.

Uning yaqin doʻsti shoir va meʼmor Mavlono Vafo edi. Erengxonning buyrugʻi bilan Xiva qalʼasida Koʻrinishxona qurildi. Uning hukmronligi davrida xonning yaqin hamkori Muhammad Rizabek Xivada madrasa qurdirgan. U atigi ikki yil hukmronlik qildi va 1694-yilda tasodifan otdan yiqilib vafot etdi. Hoji Muhammadxonning avlodi boʻlgan Joʻji sulton hokimiyatga keldi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva – 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulyamov Y. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976