Ergash Ashurovich Ashurov (1917—1992) — sovet va oʻzbek davlat va partiya yetakchisi, Oʻzbekiston KP Andijon viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1961—1963).

Ergash Ashurov
 Oʻzbekiston KP Andijon viloyat komiteti 1-sekretari
Mansab davri
1962-yil sentabr – 1963-yil yanvar
Oʻtmishdoshi Rahmonqul Qurbonov
Vorisi

Ashur Haydarov qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi kotib sifatida

Akram Xoʻjayev sanoat boʻyicha birinchi kotib sifatida
Andijon viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1952-yil sentabr – 1955-yil
Oʻtmishdoshi Ahmadali Rizayev
Vorisi Ahmadali Rizayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1917-yil
Andijon
Vafoti 1992-yil 5-may
Andijon
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Fargʻona pedagogika instituti
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Tarjimai holi tahrir

1944-yildan KPSS (b) aʼzosi. Farg‘ona pedagogika institutini tamomlagan.

  • 1935—1944-yillarda to‘garak rahbari, to‘liqsiz o‘rta maktab o‘qituvchisi, pedagogika bilim yurti o‘qituvchisi, umumtaʼlim maktabining o‘quv bo‘limi mudiri, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
  • 1944—1947-yillarda komsomol ishida,
  • 1947—1950-yillarda O‘zbekiston komsomoli Andijon viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi,
  • 1950—1951-yillarda Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i,
  • 1951—1952-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasi kotibi,
  • 1952—1955-yillarda Andijon viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi,
  • 1955-yilda O‘zbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qo‘mitasi maʼmuriy-savdo va moliya organlari bo‘limi mudiri,
  • 1955—1961-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Andijon shahar qo‘mitasi birinchi kotibi,
  • 1961—1963-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi,
  • 1963—1974-yillarda viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi, Andijon viloyat „Kolxozqurilish“ tresti boshqaruvchisi.
  • 1974—? — O‘zbekiston SSR Vazirlar Soveti kolxozlarda qurilish bo‘yicha Davlat kooperativ birlashmasi raisi.

6-chaqiriq SSSR Oliy Kengashining deputati.

Havolalar tahrir