Ahmadali Rizayev
Ahmadali Rizaev (12.03.1912, Fargʻona viloyati , Marhamat tumani — 2005.05.5 .[manba kerak]) — sovet maxfiy xizmati arbobi, partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1956—1962).
Ahmadali Rizayev | |
---|---|
Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi 1-sekretari | |
Mansab davri 1956-yil may – 1962-yil may | |
Oʻtmishdoshi | Nasi Maxmudov |
Vorisi | Nazar Matchonov |
Andijon viloyati Ijroiya qoʻmitasi rahbari | |
Mansab davri 1955-yil – 1956-yil may | |
Oʻtmishdoshi | Ergash Ashurov |
Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi rahbari | |
Mansab davri 1953-yil oktyabr – 1955-yil | |
Vorisi | Faxriddin Shamsiddinov |
Andijon viloyati Ijroiya qoʻmitasi rahbari | |
Mansab davri 1951-yil avgust – 1952-yil sentabr | |
Vorisi | Ergash Ashurov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1912-yil 12-mart Marhamat, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
5-yanvar 2005-yil (92 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir1938-yildan VKP (b) aʼzosi. Kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. 1931-yilda Andijon pedagogika texnikumini, 1935-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining birinchi semestrini, 1953-yilda Fargʻona pedagogika institutining uchta kursini tamomlagan.
- 1931—1933-yillarda oʻqituvchi, maktab mudiri (Oʻzbekiston SSR Marxamat tumani),
- 1933-yil may-noyabrda tahririyat mas’ul kotibi (Oʻzbekiston SSR Marhamat tumani),
- 1933—1935-yillarda Qizil Armiya xizmatida, kursant, 6-oʻzbek togʻ-kavkaz diviziyasi alohida aloqa otryadi komandiri;
- 1936—1939-yillar — stajyor, Qoraqalpoq ASSR NKVD komissarining yordamchisi;
- 1939—1940-yillarda NKVDning Kegayli tuman boʻlimi boshligʻi (Qoraqalpoq ASSR),
- 1940-yil oktyabr-dekabr NKVDning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi boshligʻi (Qoraqalpoq ASSR),
- 1940—1941-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarining oʻrinbosari, davlat xavfsizligi kichik leytenanti;
- 1941—1942-yillar Qoraqalpoq ASSR Ichki ishlar xalq komissari,
- 1942—1945-yillarda boshliq oʻrinbosari, NKVD polkining maxsus boʻlimi boshligʻi,
- 1945—1946-yillarda Samarqand garnizoni kontrrazvedka boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
- 1946—1948-yillarda MGB Leninskiy shahar boʻlimi boshligʻi (Andijon viloyati),
- 1948—1951-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Lenin tumani qoʻmitasi birinchi kotibi;
- 1951-yil mart-avgust oylarida Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasi kotibi,
- 1951—1952-yillarda Andijon viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi,
- 1953—1955-yillarda Fargʻona viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi,
- 1955—1956-yillarda Andijon viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi,
- 1956—1962-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi,
- 1962-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoʻqon shahar qoʻmitasi birinchi kotibi (Fargʻona viloyati) kabi mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
SSSR Oliy Kengashining 4-6-chaqiriq deputati.
Mukofotlar va unvonlar
tahrirLenin (1957), Qizil Yulduz (1949), Mehnat Qizil Bayroq (1949), Ikkinchi darajali Vatan urushi (1945) ordenlari bilan mukofotlangan.
Manbalar
tahrir- Petrov N. V. Kto rukovodil organami gosbezopasnosti, 1941—1954 gg.