Erkin Ulanovich Baydarov (1968-yil 1-avgust, Toshkent) – qozoq sharqshunos olimi, faylasufi, xalqaro munosabatlar va madaniyatlar va sivilizatsiyalararo oʻzaro aloqalar sohasidagi mutaxassis. Falsafa fanlari doktori, falsafa fanlari nomzodi, professor[1].

Erkin Baydarov
Tavalludi 1-avgust 1968-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston

Biografoyasi tahrir

Erkin Ulanovich 1968-yil 1-avgustda Toshkent shahrida (Oʻzbekiston Respublikasi) tavallud topgan. Kelib chiqishi Dulat qabilasining Shimir urugʻidan.

1995-yilda Toshkent Davlat universiteti tarix fakultetining kechki boʻlimini tamomlagan.

Ilmiy-pedagogik faoliyatini 1996-yilda Toshkent shahridagi kechki maktablardan birida ijtimoiy fanlar oʻqituvchisi sifatida boshlagan.

Erkin 1999-yildan 2005-yilgacha Toshkent davlat aviatsiya institutida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2004–2005-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti „Falsafa“ kafedrasida (fakultetlararo) katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Baydarov 2003-yildan 2005-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I. Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti aspiranturasida tahsil olgan.

Baydarov 2005–2007-yillarda Olmaota texnologik universiteti katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

2007–2014-yillarda Yevroosiyo innovatsion iqtisodiyot va boshqaruv akademiyasi (EInAEU) katta oʻqituvchisi, dotsenti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri boʻlgan[2].

2014–2016-yillarda Sulaymon Demirel nomidagi universitet katta oʻqituvchisi (Kaskelen, Olmaota viloyati).

Erkin 20142022-yillarda (tanaffuslar bilan) Al-Farobiy noidagi Qozogʻiston Milliy universiteti sharqshunoslik fakulteti hamda 20192023-yillarda (tanaffuslar bilan) Abilayxon nomidagi Qozogʻiston Jahon munosabatlari va jahon tillari universiteti Sharqshunoslik fakulteti va xalqaro munosabatlar fakulteti dotsenti boʻlgan.

Erkin Baydarov oʻqituvchilik faoliyati davomida koʻplab ilmiy ishlar qilgan[3].

2008–2013-yillarda katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, marketing va xalqaro aloqalar boʻyicha ilmiy kotib, fan boʻyicha ilmiy kotib va boshqa lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2011-yil iyuldan sentyabrgacha Falsafa, siyosatshunoslik va dinshunoslik institutida direktor boʻlib ishlagan.

Ulanovich 2015–2017-yillarda A. Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti qoshidagi Yevroosiyo tadqiqot instituti (ERI) katta ilmiy xodim boʻlgan (Turkiston).

2013–yildan hozirgacha R. B. Suleymenov nomidagi Sharqshunoslik institutida yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishlab kelmoqda.

Manbalar tahrir

  1. „Еркин Байдаров“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  2. „Байдаров Еркин Уланович“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  3. „Байдаров Еркин Уланович“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.