Erkin Ummatov

Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ yoʻl xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston qahramoni{{sfn|Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor|2021|p=194}}

Ummatov Erkin Rahmanovich (1963-yil, Jizzax viloyati, Jizzax tumani) — Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ yoʻl xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston qahramoni[1].

Erkin Ummatov
Tavalludi 15-mart 1963-yil (1963-03-15) (61 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti
Dini Islom
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Tarjimai holi

tahrir

Ummatov Erkin Rahmanovich 1963-yil 15-martda Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tugʻilgan. 1966-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tamomlab, temiryoʻllar qurilishi, yoʻl va yoʻl xoʻjaligi quruvchi-muhandisi mutaxassisligini egallagan. Erkin Ummatov mehnat faoliyatini 1980-yilda Oʻrta Osiyo temir yoʻli Toshkent boʻlimining Jizzax temiryoʻl boʻlinmasi montyori sifatida boshlagan. Institutni tamomlaganidan soʻng Oʻrta Osiyo temir yoʻli Buxoro boʻlimi Samarqand temir yoʻl boʻlinmasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ DАK yoʻl xoʻjaligi boshqarmasida masʼul lavozimlarda faoliyat olib borgan. Jumladan, „Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj“ unitar korxonasining maxsus mexanizatsiyalashgan yoʻl stansiyasi boshligʻi va shu korxona bosh direktorining gidrotexnik inshootlar qurilishi boʻyicha oʻrinbosari. Erkin Ummatov 75 kilometrlik „Hayraton – Mozori Sharif“ afgʻon temiryoʻl liniyasini loyihalash va qurish jarayonlarida qurilish boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida ishtirok etgan. Shuningdek, „Toshguzar – Boysun – Qumqoʻrgʻon“ liniyasi qurilishida ham qatnashgan. „Angren – Pop“ temiryoʻlida tunnelning ikkita portaliga olib boruvchi yoʻnalishdagi tuproq ishlari va 16.3 million kubometr burgʻulash-portlatish ishlariga rahbarlik qilgan.

Mukofotlari

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti — Islom Karimovning 2016-yil 23-avgustdagi PF-4823-sonli farmoni bilan Ummatov Erkin Rahmanovichga Oʻzbekiston qahramoni mukofoti berilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 194.
  2. „«ЎЗБЕКИСТОН ҚАҲРАМОНИ» УНВОНИНИ БЕРИШ ТЎҒРИСИДА“. lex.uz. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.

Adabiyotlar

tahrir

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.