Erkin Samandar (asl nomi Samandarov Erkin) (1935-yil 22-mart, Xiva tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) – yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist (1989).

Erkin Samandar
Samandarov Erkin
Tavalludi 1935.22.03.
Xiva tumani
Taʼlimi Xorazm Pedagogika insitituti o'zbek tili va adabiyoti fakulteti (1957)
Kasbi Shoir, yozuvchi va dramaturg
Mukofotlari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist (1989).

Biografiyasi tahrir

Erkin Samandar 1935-yil 22-martda Xiva tumanida tugʻilgan. 1956—1961-yillarda Xorazm viloyati radioeshittirish qoʻmitasi oʻzbek eshittirishlari tahririyati muharriri, 1963—1967-yillar, 1990-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasi masʼul xodimi, 1967—1969-yillarda Oʻzbekiston televideniyesi „Yoshlik“ studiyasi bosh muharriri, 1969—1975-yillarda televidiniyaning dasturlar direktori, 1975—1977-illarda adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharriri, 1961—1963-yillarda „Xorazm haqiqati“ gazetasida boʻlim mudiri, 1977—1990-yillarda bosh muharrir, 1990—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozmida faoliyat yuritgan[1].

Yoshligi tahrir

Yoshligi Xorazm viloyati Xonqa tumanida oʻtgan.

Oliy taʼlimi tahrir

Xorazm pedagogika institutining Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan (1952-1957)[2]. 1957—1958-yillarda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida Beruniy nomli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Mehnat faoliyati tahrir

  1. Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi Beruniy nomli oʻrta maktabda oʻqituvchi (1957-1958).
  2. Xorazm viloyat radioeshittirish qoʻmitasi oʻzbek eshittirishlari tahririyati muharriri (1959-1961)
  3. Urganch tumani „Paxtakorlar ovozi“ gazetasining texnik kotibi (1961-1963).
  4. Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasida ishlagan (1963-1967; 1990).
  5. OʻzFA til va adabiyot insitituti aspiranti (1967).
  6. Oʻzbekiston televideniyesi „Yoshlik“ studiyasining bosh muharriri (1967-1969).
  7. Dasturlar direktori (1969—1975)
  8. Adabiy-dramatik eshtirishlar dasturlarining bosh muharriri (1975-1977).
  9. „Xorazm haqiqati“ viloyat gazetasining muharriri (1977-1990).
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (1990—1993).


Davlat mukofotlari tahrir


Ijodiy faoliyati tahrir

Ilmiy-adabiy asarlari tahrir

  1. Birinchi sheʼriy kitobi – „Amu jilolari“ (1966).
  2. „Dunyoning yoshligi“ (1968).
  3. „Osmon toʻla nur“ (1970).
  4. „Vafo degan gavhar“ (1973).
  5. „Mening yigitlik vaqtim“ (saylanma,1979).
  6. „Qabul soatlari“ (1980).
  7. „Sohildagi bolalar“ (1982).
  8. „Yablonya vo dvope“ (Moskva,1982).
  9. „Bahor oqshomlari“ (1984).
  10. „Щedrosti rassveta“ (1985).
  11. „Sevgi fasllari“ (1987).
  12. „Bu bogʻni qaysi bogʻ derlar“ (1988).
  13. „Yurakka yoʻl“ (1990).
  14. „Sevgi kitobi“ (1996).
  15. „Va yana bahor“ (2010, qizi Sayyora Samandar bilan hammualliflikda).
  16. „Koʻngil yoshligi“ (2010).

Jami 17 ta sheʼriy majmuasi chop etilgan. 100 dan ortiq qoʻshiqlar muallifidir.

„Osmonning tosh tulpori“, „Oltin sandiq“, „Qoʻshiq izlab“, „Erk sadolari“, „Ishqiy maktublar“, „Samarqandni oshiqlar qurgan“ kabi dostonlar muallifidir.

Dramaturgiyaga oid asarlari tahrir

  1. „Javohir“ (musiqali drama, 1984).
  2. „Ajdodlar qilichi“ (tarixiy drama, 1986).
  3. „Jaloliddin Manguberdi“ („Yot hujra“, pyesa, 1988).[3]
  4. „Bashorat“ (musiqali drama, 1988).
  5. „Arabmuhammad“ (tarixiy drama, 1992).
  6. „Dilda borim“ (musiqali drama, 2012).

Ilmiy-publitsistik filmlari tahrir

  • „Avaz Oʻtar“
  • „Madraim Sheroziy“
  • „Uzoq yoʻl hikmatlari“
  • „Ming otlillar diyori“
  • „Ogahiy qoʻlini olgan rais“
  • „Xiva“
  • „Qum sayli“
  • „Taqdir yoʻllari“

Tarixiy asarlari tahrir

  1. „Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq“ (roman,1989).
  2. „Tangri qudugʻi“ (roman, birinchi kitob, 1989).
  3. „Quduq tubidan sadolar“ (roman, ikkinchi kitob, 1989).
  4. „Suyanch“ (1996).
  5. „Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy“ (2000).
  6. „Ming otlilar diyori“ (2003).
  7. „Sulton Jaloliddin“ (roman, 2007).
  8. „Quyun yuzlari yoxud Ogahiy“ (roman, 2009).
  9. „Gʻarb qushlari“ (roman, qissa va hikoyalar, 2011).

Manbalar tahrir

  1. „ERKIN SAMANDAR (1935)“ (2013-yil 3-noyabr).
  2. "O'zbek adiblari" (S. Mirvaliyev, R. Shokirova). Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2016 yil.. 
  3. Saylanma, T., 1989; Sulton Jaloliddin [Roman], T., 2005.. 

Adabiyotlar tahrir

  • Saylanma, T., 1989; Sulton Jaloliddin [Roman], T., 2005.