Ermon
Ermon, achchiq shuvoq — murakkabguldoshlar oilasi, shuvoqlar turkumiga mansub koʻp yillik oʻt turi. Kavkaz, Sibir va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Ildizi oʻqildiz. Poyasi tik, kumushrang, mayda tuklar bilan qoplangan, yer ostidagi kurtaklaridan may—martda koʻkarib chiqadi, kuzgi nihollari qishlaydi. Boʻyi 60—120 sm, shoxlangan, barglari patsimon qirqilgan, yoshi katta oʻsimliklarda ketma-ket joylashgan. Gullari sariq, naysimon, toʻpguli chochoq. Iyun-sentabrda gullab, oktabrda mevalaydi. Urugʻi teskari tuxumsimon urugʻcha. Choʻl, adir va togʻ yon bagʻirlarida, yoʻl yoqalarida oʻsadi. Poyasi va barglarida efir moyi, S va K vitaminlari, karotin, achchiq glikozidlar, oshlovchi va boshqalar moddalar bor. Preparatlari ovqat hazm qiluvchi, ishtaha ochuvchi, oʻt haydovchi dori sifatida ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |