Ernst Otto Fischer
Ernst Otto Fischer (1918.10.11, Solna – 2007.23.7 Munhen) — nemis organik kimyogari. Myunxen oliy texnika maktabini tugatgach, shu maktabda ishlagan (1949-yildan), professor (1964-yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Texnetsiy (Ts) va transuran elementlarning [plutoniy (Ri) dan kaliforniy (Cf) gacha] metallorganik hosilalarini sintez qilgan, uglerod bilan 5f elektron konfiguratsiyali metallar orasida kimyoviy bogʻ hosil boʻlishi mumkinligini aniqlagan. Ilk bor oraliq metallarning barqaror karben komplekslarini olgan, oraliq metall — ikki valentli uglerod bogʻining fizik xossalarini mukammal oʻrgangan (1964), metallarning karbin komplekslarini sintez qilgan (1973). Nobel mukofoti laureati (1973, Geoffrey Wilkinson bilan hamkorlikda).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |