Geoffrey Wilkinson
Uilkinson Jefri (14-iyul 1921, Todmordon – 26-sentyabr 1996, London) — ingliz organik kimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1965-yildan). Atom energiyasi boʻyicha birlashgan Angliya—AQSH—Kanada loyihasida (1943—46), Kaliforniya universitetida (1946—50), Massachusets texnologiya institutida (1950—51), Garvard universitetida (1951—55) ishlagan, London universiteti professpr (1956-yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Yengil sharoitlarda olefinlar va atsetilen uglevodorodlarni gidrogenlashda qoʻllanadigan universal gomogen katalizator — [(C6H5)3P]3RhCl (Uilkinson katalizatori) kashf etgan (1958). Geksametilvolfram va boshqa metallarning barqaror alkil hosilalarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1973, Ernst Fischer bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |