Eshoni Pir koʻchasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Eshoni Pir koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Muhammad Amin nomi bilan bogʻliq. Eshoni Pir koʻchasida matolarga rang beruvchilar, pilla savdosi bilan shugʻullanuvchilar istiqomat qilgan. „Eshoni Pir“ taxallusi XVI asr yashagan mashhur shayx Maxdumi Aʼzamning avlodidan boʻlib, Muhammad Aminga nisbatan qoʻllangan[1]. Guzardagi masjidda uning qabri joylashgan. Masjid Buxoro amirligi hukmdori Amir Olimxon tomonidan taʼmirlangan. Mazkur nom vaqf hujjatlarida ham uchraydi[2].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Kim sharafiga nomlangan | Muhammad Amin |
Manbalar
tahrir- ↑ Toʻrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.