Eshoni pir madrasasi
Eshoni pir madrasasi – Buxoro madrasasi. Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Madrasa | |
Eshoni pir madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Eshoni pir koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Ishoqxoja Dahbediy |
Homiylar | Ishoqxoja Dahbediy |
Asosiy sana: XVIII asr oʻrtalari
| |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Hujralar soni | 52 |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Tarixi
tahrirEshoni pir madrasasi XVIII asr oʻrtalarida Eshoni pir guzari (Xojagi)da[2], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahimbiy davrida Ishoqxoja Dahbediy tomonidan bunyod etilgan. Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid koʻplab vaqf hujjatlarini aniqlagan. Vaqf hujjatlarining koʻchirma nusxasi Amir Shohmurod davrida koʻchirilgan. Vaqf hujjatida madrasa Xojagi guzarida, pishiq gʻishtdan bunyod etilgan, ichki va tashqi hovlisi, hujralar, gʻarbiy tarafida masjid joylashgan boʻlgan. Ushbu madrasaga oid koʻplab savdo doʻkonlari va yerlar vaqf qilingan. Jumladan madrasa uchun Xoja Abdulloh Safedmoʻy guzarida 1 ta qassoblik doʻkoni va Komi Abu Muslimda Raboti Kuraviy mavzesida 25 tanob yer vaqf qilingan. Hujjat Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida qayta tiklangan va madrasa uchun Ashurjon Qofilaboshi ibn Muhammad Rahimjon mutavvali qilib tayinlangan. Madrasaga uzrli sababsiz 2 oyu 10 kun darslarda ishtirok etmaganlar haydalgan. Mazkur vaqf hujjati 1794—1795-yillarda koʻchirilgan. Madrasa faoliyatiga doir toʻrtta vaqf hujjati topilgan. Madrasada faoliyat olib borgan bir qator mudarrislar vaqf hujjatlarida yozib qoldirilgan. Jumladan mulla Abdurahim, mulla Bobonazar, mulla Komilxoja kabilar faoliyat olib borishgan[3]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 18 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[4].
Meʼmorchiligi
tahrirEshoni pir madrasasi 52 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.