Evelina Rauf-Rafailovna Kasenovich — sovet va o‘zbek kardiologi va terapevti, tibbiyot fanlari doktori, miokard infarktining erta tashxislash usuli muallifi.  

Evelina Rauf-Rafailovna Kasenovich
Tavalludi 5-oktyabr 1948-yil
Toshkent Oʻzbekiston SSR
Vafoti 10-fevral 2005-yil(2005-02-10)
(56 yoshda)
Mayami Florida AQSH
Sohasi kardiolog, terapevt
Taʼlimi Toshkent tibbiyot instituti

Biografiyasi tahrir

Evelina Rauf-Rafailovna Kasenovich 1948-yil 5-oktabrda O‘zbekiston SSR Toshkent shahrida tibbiyot fanlari doktori, professor Rauf-Rafail Aleksandrovich Kasenovich va tibbiyot fanlari nomzodi, dosent Alisa Moiseyevna Mirochnik xonadonida dunyoga keladi.

U 1966-yilda Toshkent shahridagi 50-sonli o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan. Maktabni tamomlagach, Toshkent tibbiyot instituti (ToshTI) davolash fakultetiga o‘qishga kirib, 1972-yilda imtiyozli diplom bilan tugatadi.  

Evelina Kasenovich 1972—1987-yillarda ToshTI terapiya kafedrasi ordinatori va assistenti.  

U 1979-yilda u lipidlarning antiradikal faolligini oshirish darajasini aniqlashga asoslangan miokard infarktining erta tashxislash usulini ishlab chiqadi, bu SSSRning 787997-sonli mualliflik guvohnomasi berilishi ixtiro sifatida tan olinadi.  

Evelina 1981-yilda “Yurak ishemik kasalliklarining turli shakllarining peroksidlanish ko‘rsatkichlari, antiradikal faolligi va qon zardobidagi lipidlarning yog‘ kislotalari tarkibi bilan bog‘liqligini o‘rganish” mavzusi bo‘yicha kardiologiya fanlari nomzodlik dissertasiyasini himoya qiladi.  

U 1983-yilda Moskvadagi yosh kardiologlarning Butunittifoq tanlovida miokard infarkti tashxisining dastlabki usullarini ishlab chiqqani uchun birinchi darajali diplom bilan taqdirlanadi.

Kasenovich 1988-yilda — ToshTI terapiya kafedrasi dosenti. U 1992-yilda u oliy toifali davolovchi-shifokor toifasini oladi.

U 1994-yilda "Yurak ishemik kasalliklarining turli shakllarida trombositlar faolligi va uning individuallashtirilgan farmakologik tuzatishi" mavzusida kardiologiya bo‘yicha doktorlik dissertasiyasini himoya qiladi.

U 1994-yili — ToshTI terapiya kafedrasi professori bo‘ladi.

Evelina Kasenovich 1995-yilda AQSHning Florida shtatidagi Mayyami shahrida doimiy yashash uchun ko‘chib keladi va 2005-yilda Mayami shtatida vafot etadi.

Evelina Rauf-Rafailovna Kasenovich kardiologiya va ichki kasalliklar sohasi bo‘yicha 40 dan ortiq ilmiy maqola va ixtirolar muallifi hamdir.

Evelina Rauf-Rafailovna Kasenovich kardiologiya va ichki kasalliklar sohasi bo‘yicha 40 dan ortiq ilmiy maqola va ixtirolar muallifi hamdir.

Ilmiy ishlar tahrir

  1. Изменение активности антиоксидантных ферментов в крови больных ИБС при лечении нитросорбидом. — Кардиология. −1987.- XXVII, т. 10. -с. 117—119. / Соавт. Ланкин В. З., Костко С. З., Тихазе А. К., Митина В. М.
  2. Агонистиндуцированная адгезия тромбоцитов. Применение метода у больных инфарктом миокарда. — Бюллетень экспериментальной и биологической медицины. — 1990 — № 2. — с. 135—137. / Соавт. Атаханова Л. З., Мазуров А. В., Репин В. С.
  3. Способ диагностики инфаркта миокарда. — Авторское свидетельство СССР на изобретение № 787997. — 28.02.79. / Соавт. Зуфаров К. А., Ибрагимов У. К., Лукин Ю. Л.
  4. Адгезивная активность тромбоцитов у больных стабильной, нестабильной стенокардией и острым инфарктом миокарда. — Кардиология. — 1991. — т. 31. № 2. — с. 48-53. / Соавт. Атаханова Л. З., Мазуров А. В., Карпов Ю. А., Костко С. З., Репин В. С., Руда М. Я.
  5. Радиоизотопное лечение тромбоцитов с помощью моноклонального антитела против мембранных гликопротеидов IIв — IIIa, измерение адгезии / агрегации тромбоцитов на поверхности субстрата. — Бюллетень экспериментальной и биологической медицины. −1992. — № II. — c. 529—532. / Соавт. Раинкина Т. В., Хорец Б. А., Мазуров А. В.
  6. Prediction of efficiency of anti-angina drugs based on the change of thrombocyte aggregation activity in patients with angina pectoris . — 5th World Conference of Clinical Pharmacology and Therapeutics. July 26-31. 1992. Jokogama, Japan. Abstracts. — 1992. — P. 177. — /Co-auth. Karimov H. Ja., Khakimov Z.Z., Khoretz B. A.