Everett Jacob Shaffelburg (talaffuzi: Everett Jeykob Shaffelburg; 1999-yil 26-noyabrda Kanadada tugʻilgan) — kanadalik professional futbolchi, „Nashville SC“ futbol klubi va Kanada terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Everett Shaffelburg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jacob Everett Shaffelburg[1]
Tavallud sanasi 26-noyabr 1999-yil (1999-11-26) (24 yosh)
Tavallud joyi Kentville, Nova Scotia, Kanada
Boʻyi 1.78m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nashville SC
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Valley United SC
2012—2014 FC Nashville Heroes
2014 Sporting Kansas City
Manhattan SC
2016—2019 Toronto FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017 Toronto FC III 1 (0)
2018 Black Rock FC 7 (8)
2019 Toronto FC II 15 (2)
2019—2022 Toronto FC 46 (3)
2021—2022 → Toronto FC II (ijara) 2 (0)
2022 → Nashville SC (ijara) 8 (2)
2023- Nashville SC 0 (0)
Milliy terma jamoa
2020— Kanada 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 16-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Everett Shaffelburg 2017-yilda „Toronto“ futbol klubi bilan oʻyin oʻtkazgan[2]. 2018-yilda u „Black Rock“ futbol klubi bilan premyer ligada oʻynagan hamda sakkizta gol bilan jamoaning yetakchi toʻpurari boʻlgan[3]. 2018-yil 28-noyabrda Everett Shaffelburg „Toronto“ futbol klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan va 2019-yilgi mavsumni ular bilan boshlagan[4].

Everett Shaffelburg 2019-yil 19-fevralda CONCACAF Chempionlar Ligasida „Toronto“ futbol klubi safida ilk bor maydonga tushgan va keyin 2019-yil 21-iyun kuni mahalliy futbolchi sifatida „Toronto“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 22-iyun u Texasning Frisko shahrida boʻlib oʻtgan „Dallas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda 31 daqiqa oʻynab, MLSdagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan[5]. Toʻrt kundan soʻng, 26-iyun kuni u „Toronto“ futbol klubi safida „Atlanta United“ futbol klubiga qarshi bahsda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan va futbolchi oʻyinning 29-soniyasida TFC tarixidagi eng tezkor golni kiritgan[6]. 2021-yil 15-may kuni 74-daqiqada „New York City“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u raqib jamoasi darvozasiga gol kiritgan. 3-sentyabr kuni u „Toronto“ futbol klubiga ijaraga berilgan[7][8]. 2022-yil avgust oyida Everett Shaffelburg „Nashville SC“ futbol klubiga ijara asosida qo‘shilgan[9]. U 21-avgust kuni „Nashville SC“ futbol klubi safida „Dallas“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan va 4:0 hisobidagi g‘alaba qozongan[10]. Mavsumdan soʻng, „Nashville SC“ futbol klubi 2023-yilgi mavsum uchun sotib olish opsiyasini qoʻllagan va u bilan 2027-yilgacha toʻrt yillik shartnomani tuzgan[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

Everett Shaffelburg 2020-yil 26-fevralda CONCACAF erkaklar o‘rtasidagi Olimpiya saralash chempionatining 2020-yilgi Kanada U23 terma jamoasining tarkibiga kiritilgan[12].

Everett Shaffelburg 2020-yil 3-yanvarda Barbados va Islandiyaga qarshi o‘yinlar uchun Kanadadagi chempionatda qatnashish uchun asosiy tarkibga qoʻshilgan. 2020-yilning 10-yanvarida u Barbadosga qarshi o‘yinda debyut qilgan [13][14].

Statistikasi tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
TFC Academy   AQSh 2017 1 0
Black Rock FC   AQSh 2018 7 8
Toronto FC II   Canada 2019 15 2
Toronto FC   Canada 2019—2020 18 0
Toronto FC II (ijara)   Canada 2021 1 0
Toronto FC   Canada 202—2022 33 4
Nashville S. C. (ijara)   AQSh 2022 9 2

Manbalar tahrir

  1. „National Team Roster 2021 Concacaf Gold Cup“. CONCACAF.
  2. „Toronto FC II sign Jacob Shaffelburg“ (2018-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-may.
  3. Smith. „Black Rock FC wins PDL Northeast Division title in first season“. Berkshire Eagle. Bennington Banner (2018-yil 10-iyul). Qaraldi: 2020-yil 22-may. [sayt ishlamaydi]
  4. Palov. „Shaffelburg on soccer fast track with Toronto FC“. The Chronice Herald (2019-yil 1-avgust). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  5. „Toronto FC loan Jacob Shaffelburg to Toronto FC II“ (2021-yil 3-sentyabr).
  6. „Port Williams' Shaffelburg signs first-team deal with Toronto FC“ (2019-yil 21-iyun). Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  7. „Shaffelburg's goal pulls Toronto into 1-1 draw with NYCFC“. Toronto Star (2021-yil 15-may). 2022-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  8. „Toronto FC loan Jacob Shaffelburg to Toronto FC II“. Toronto FC (2022-yil 3-iyul).
  9. Jacques. „Official: Shaffelburg Inks Four-Year Deal With Nashville“. Northern Tribune (2022-yil 16-noyabr).
  10. „Toronto FC receive GAM in exchange for Jacob Shaffelburg“. Toronto FC (2022-yil 16-noyabr).
  11. Hunte. „Nashville SC's playoff hopes get "shot in the arm" with lopsided win over FC Dallas“ (2022-yil 22-avgust).
  12. „Canada Soccer announces Provisional List for Concacaf Men's Olympic Qualifying“. Canada Soccer (2020-yil 26-fevral). 2020-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
  13. „Canadian men's soccer comfortably dispatches Barbados in friendly rematch“. CBC (2020-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
  14. „Canada Soccer's Men's National Team holds January camp“. Canada Soccer (2020-yil 3-yanvar). 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.