Major League Soccer (MLS) – AQSh futbol Federatsiyasi tomonidan tashkillashtiriladigan professional futbol ligasi, bu AQSh futbolining eng yuqori divizioni hisoblanadi[2]. 2023-yilgi mavsumdan boshlab ligada jami 29 jamoa – 26 ta AQSh va 3 ta Kanada klublari ishtirok etmoqda[3][4]. MLSning bosh qarorgohi Manhattan shahrida joylashgan.

Major League Soccer
MLS crest logo RGB gradient.svg
Konfederatsiya CONCACAF
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1
Tashkil etilgan 17-dekabr, 1993-yil (30 yil avval) (1993-12-17)[1]
Jamoalar soni 29
Ichki kuboklar U. S. Open Cup
Canadian Championship
Xalqaro musobaqalar CONCACAF Champions Cup
Campeones Cup
Leagues Cup
Toʻpurarlar Chris Wondolowski (171)
Veb-sayt mlssoccer.com

MLSning 1968-yildan 1984-yilgacha mavjud boʻlgan North American Soccer Leaguening(NASL) davomi hisoblanadi[5]. MLS 1993-yilda AQSh 1994 yilgi FIFA Jahon chempionatida mezbonlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritganidan soʻng ushbu loyihaning muvaffaqiyatli bir qismi sifatida tashkil etilgan[6].

Liganing dastlabki mavsumi 1996-yilda oʻn jamoa bilan oʻtkazilgan[7]. MLS oʻzining dastlabki bir necha mavsumida koʻplab moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi, hattoki millionlab dollor mablagʻ yoʻqotildi[8]. Shundan soʻng koʻplab jahon standartidagi stafionlarning qurulishi, ligaga Devid Beckham kabi yulduzli futbolchilarning jalb etilishi Desiginated Player Rule qoidasining joriy qilinishi koʻplab homiylarni jalb qildi va nufuzli televizion kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi[9].

2022-yilda muhlislarning bir oʻyinga oʻrtacha tashrifi boʻyicha MLS 21,000dan ziyod natijani qayd etdi va bu bilan AQSh va Kanada professional sport ligalari orasida toʻrtinchi deb topildi. Bu koʻrsatkich borasida National Football League (NFL), Major League Basketball (MBL) va Canadian Football League (CFL) MLSdan oldingi oʻrinlarni egallashdi[10][11]. MLS 2018-yilda muxlislar tashrifi boʻyicha dunyoda sakkizinchi oʻrinni zabt etdi[12].

MLSdagi muntazam mavsum fevral oxiri yoki mart oyining boshlarida boshlanadi va oktyabrning oʻrtalariga qadar davom etadi, har bir jamoa 34tadan oʻyin oʻtkazishadi; [13] [14] eng yaxshi koʻrsatkichga ega jamoa Supporters' Shield kubogi bilan taqdirlanadi. Muntazam mavsum yakunlangach oʻn sakkiz jamoa oktyabr va noyabr oylarida MLS Cup Playoffsda bahslashishadi, yakunda gʻolib jamoa MLS Cupni qoʻlga kiritadi. [15]

LA Galaxy MLS Cupning besh karra sohibi boʻlib bu borada yetakchilik qilmoqda. Supporters' Shields gʻoliblig borasida ular D. C. United bilan teng koʻrsatkichga ega, yaʼni har birida toʻrttadan. Amaldagi chempion esa Columbus Crew klubi boʻlib oʻtgan mavsum finalida ular Los Angeles FCni 2-1 hisobida magʻlub etishgan.

Jamoalar

tahrir

Major League Soccerda 29 ta jamoa Sharqiy va Gʻarbiy konferensiyalarga boʻlingan holda bahslashishadi. MLS 2005-yildan buyon muntazam ravishda kengayib bormoqda, turnirga soʻnggi boʻlib 2023-yilgi mavsumda Sent-Louis city SC qoʻshildi[16]. San Diego FC esa ligaga 2025-yilda qoʻshilishi rejalashtirilgan[17].

MLSda mahalliy ligalar orasida eng uzoq masofa bosib oʻtadigan jamoalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarga ham ega. Vacouver Whitecaps FC va Inter Miami Inter Miami CF jamolari uy maydonlari orasidagi masofa 2,801 mil (4.508 km)[18]. 2018-yilgi muntazam mavsumdavomida eng qisqa masofani bosib oʻtgan jamoa Toronto FC boʻlib, uning bosob oʻtgan yoʻli 25,891 mil (41,668 km) ga teng boʻlgan, eng uzoq masofani esa Vancouver bosib oʻtgan, yaʼni 51,178 mil (82,363 km)[19].

MLS jamoalari toʻgʻrisida umumiy maʼlumot
Konferensiya Tuman Joylash joyi Stadion Sigʻimi Qoʻshilgan yili
Sharqiy Atlanta United FC Atlanta, Gerorgia Mercedes-Benz stadioni1 45,002 2017
Charlotte FC Charlotte, Shimoliy Karolina Bank of America Stadium1 38,0002 2022
Chicago Fire FC Chikago, Illinoys Soldier Field1 24,9952 1998
FC Cincinnati Cincinnati, Ogayo TQL Stadium 26,000 2019
Columbus Crew Columbus, Ogayo Lower.com Field 20,371 1996
D. C. United Vashington, D. C. Audi Field 20,000 1996
Inter Miami CF Fort Lauderdale, Florida Chase Stadium 21,550 2020
CF Montréal Monreal, Kvebek Saputo Stadium 19,619 2012
Nashville SC Nashville, Tennessee Geodis Park 30,000 2020
New England Revolution Foxborough, Massachusets Gillette Stadium1 20,0002 1996
New York city FC Nyu-York shahri, Nyu-York yankee Stadium1 30,32122 2015
New York Red Bulls Harrison, Nyu-Jersey Red Bull Arena 25,000 1996
Orlando City SC Orlando, Florida Inter&Co Stadium 25,500 2015
Philadelphia Union Chester, Pensylvania Subaru Park 18,500 2010
Toronto FC Toronto, Ontariyo BMO Field 28,351 2007
Gʻarbiy Austin FC Ostin, Texas Q2 Stadium 20,738 2021
Colorado Rapids Commerce City, Colorado Dick’s Sporting Goods Park 18,061 1996
FC Dallas Frisco, Texas Toyota Stadium 19,096 1996
Houston Dynamo FC Hyuston, Texas Shell Energy Stadium 22,039 2006
Sporting Kansas City Kansas city, Kansas Childrenʼs Mercy Park 18,467 1996
LA Galaxy Karson, Kaliforniya Dignity Health Sport Park 27,000 1996
Los Angeles FC Los-Anjeles, Kaliforniya BMO Stadium 22,000 2018
Minnesota United FC Saint Poul, Minnesota Allianz Field 19,400 2017
Portland Timbers Portland, Oregon Providence Park 25,218 2011
Real Salt Lake Sandy, Utah America First Field 20,213 2005
San Jose Earthquakes San Jose, California PayPal Park 18,000 1996
Seattle Sounders FC Seattle, Vashington Lumen Field1 37,7222 2009
Sent-Luis city SC Saint Louis, Missouri CityPark 22,423 2023
Vancouver Whitecaps Vancouver, Britaniya Kolumbiyasi BC Place1 22,1202 2011

Tarixi

tahrir

Major League Soccer – bu AQSh va Kanadada tashkil etilgan erkaklar uchun eng yirik professional futbol ligasi. MLS 1968-yildan 1984-yilgacha mavjud boʻlgan North American Soccer League (NASL)ning davomi[20]. AQShda NASL tashkil etilgunga qadar FIFA tomonidan qoʻllangan sanksiyalar sabab AQShda rasmiy yuqori divizion yoʻq edi. Ushbu liga 70-yillarning oʻrtalariga qadar koʻplab qiyinchiliklarga duch keldi, keyinchalik New York Cosmos klubi Pelé va Franz Beckenbauer kabi superyulduzlarni ligaga jalb qila boshladi[21]. Ularning ortidan Johan Cruyff, Gerd Müller, Eusébio, Bobby Moore va George Best kabi boshqa taniqli yulduzlar ham MLS klublari bilan shartnoma imzolay boshladi. Buning ortidan muhlislar tashrifi sezilarli darajada oshib, hattoki baʼzi oʻyinlarga 70,000 dan oshiq muxlislar ham tashrif buyuradi. Biroq 80-yillarning boshidagi iqtisodiy inqiroz futbolga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi va natijada 1984-yilgi mavsum NASL nolidagi oxirgi turnir boʻldi[22][23].

Chempionlar

tahrir

2023-yilgi mavsumda jami 32 ta turli klublar ligada ishtirok etmoqda, ularning 15 tasi kamida bir MLS Cupni, 16 tasi kamida bir marotaba Supporters' Shieldni qoʻlga kiritgan[24]. Faqatgina sakkiz mavsumda ikkala kubokni ham bir xil jamoa qoʻlga kiritgan[25].

MLS Cup Supporters' Shield
Jamoa MLS Cup
Gʻolib boʻlgan yillar Supporters' Shields Gʻolib boʻlgan yillar Jami kuboklar Jami ishtirok etgan mavsumlari
LA Galaxy 5 2002, 2005, 2011, 2012, 2014 4 1998, 2002, 2010, 2011 9 28
D. C. United 4 1996, 1997, 1999, 2004 4 1997, 1999, 2006, 2007 8 28
Columbus Crew 3 2008, 2020, 2023 3 2004, 2008, 2009 6 28
San Jose Earthquakes 2 2001, 2003 2 2005, 2012 4 26
Sporting Kansas City 2 2000, 2013 1 2000 3 28
Seattle Sounders FC 2 2016, 2019 1 2014 3 15
Houston Dynamo FC 2 2006, 2007 0 - 2 18
Los Angeles FC 1 2022 2 2019, 2022 3 6
Chicago Fire FC 1 1998 1 2003 2 26
Toronto FC 1 2017 1 2017 2 17
Real Salt Lake 1 2009 0 - 1 19
Colorado Rapids 1 2010 0 - 1 28
Portland Timbers 1 2015 0 - 1 13
Atlanta United FC 1 2018 0 - 1 7
Nyu York City FC 1 2021 0 - 1 9
New York Red Bulls 0 - 3 2013, 2015, 2018 3 28
Tampa Bay Mutiny 0 - 1 1996 1 6
Miami Fusion 0 - 1 2001 1 4
FC Dallas 0 - 1 2016 1 28
Philadelphia Union 0 - 1 2020 1 14
New England Revolution 0 - 1 2021 1 28
FC Cincinnati 0 - 1 2023 1 5

Transferlar

tahrir
 
Devid Beckham 2007-yil LA Galaxy safida

2016-yilda MLS oʻyinchilarining oʻrtacha ish haqi 373,094 dollarni tashkil qilgan[26], bu Angliya ikkinchi divizioni EFL Chempionship (2015-yilda 420,000 dollar), [27] Eredivisie (445 000 dollar) yoki Meksikaning yuqori divizioni Liga MX (418 000 dollar)dagi oʻrtachalik ish haqilardan ham kamroq edi[28][29]. Ligadagi eng kam maosh oladigan futbolchilarning maoshi 2017-yilda 65,000 dollargacha oshirilgan[30][31].

MLSdagi futbolchilarning ish haqi 1996-yilda kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra cheklangan. Bundan maqsad jamoa aʼzolarining maoshlariga sarflanadigan ortiqcha harajatlarni oldini olish boʻlgan[32]. Ushbu cheklovlar 2017-yilda bir jamoa uchun 3,845 million dolllar qilib belgilangan[30][31]. Har bir jamoa oʻzning asosiy jamoasi roʻyxatiga 30 nafargacha oʻyinchini kiritishiga ruxsat etiladi[33].

MLSda ikkita transfer oynasi mavjud. Birinchisi asosiy transfer oynasi boʻlib fevral oyining oʻrtalaridan may oʻrtalariga qadar uch oy davom etadi, ikkinchisi esa iyul oyining boshidan avgustning boshlarigacha bir oy davom etadi[34]. MLS klubi biror futbolchisini chet el klubiga sotganida, klub va liga tushgan pulni futbolchining darajasiga qarab boʻlishib oladi, klub tushumning 33% dan 75% gachasini oʻzida saqlab qolishi mumkin[35]. 2015-yildagi maʼlumotlarga MLS oʻyinchilarining 49% foizi AQSh va Kanadan tashqarida tugʻilgan va 58 mamlakatdan futbolchilar toʻp surmoqda[36][37].

Stadionlar

tahrir
 
Columbus Crew jamoasining asosiy stadioni Historic Crew Stadium

1999-yilgi mavsumdan buyon 12ta stadion qaytadan rekonstruksiya qilingan va alohida futbol oʻyini uchun moslangan. Bundan maqsad koʻproq futbol muxlislarini jalb qilish va ularga qulayliklar yaratish edi[38].

Bu ishni birinchi boʻlib Columbus Crew jamoasi egasi Lamar Hunt 1999-yilda Columbus Crew Stadiumni rekonstruksiya qilish orqali futbolga ixtisoslashtirilgan stadionlar qurishni boshlab berdi[39][40].

Manbalar

tahrir
  1. Borg, Simon. „MLS celebrates 17th anniversary of formal debut“. MLSSoccer.com (2010-yil 17-dekabr). 2014-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  2. „About Major League Soccer“. USSoccer.com. 2014-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-yanvar.
  3. „St. Louis City unveil new renderings of state-of-the-art stadium ahead of 2023 MLS debut“. Chicago Tribune. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.
  4. „MLS announces plans to expand to 30 teams“. MLSSoccer.com (2019-yil 18-aprel). 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-aprel.
  5. „By The Numbers... North American Soccer League vs Major League Soccer“ (2013-yil 11-fevral). 2013-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  6. „About Major League Soccer“. MLSnet.com (2008-yil 5-sentyabr). 2008-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 5-sentyabr.
  7. „1996 Season Recap“. MLSsoccer.com. 2014-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  8. „Major League Soccer's Most Valuable Teams“. Forbes (2013-yil 20-noyabr). 2014-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  9. Smith. „Major League Soccer's Most Valuable Teams 2015“. Forbes (2015-yil 19-avgust). 2015-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
  10. Broughton, David. „Attendance evolution since 2003“. Sports Business Journal (2023-yil 10-aprel). Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  11. Strong, Gregory. „Intentional Grounding: CFL coverage to take hit with fewer reporters on the road“. Toronto Star. The Canadian Press (2023-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  12. Poli. „Attendances in football stadia (2003–2018)“. International Centre for Sports Studies (2019-yil aprel). Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  13. „MLS expands playoffs, adds 2 teams in 20th season“. USA Today (2015-yil 7-yanvar). 2015-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-yanvar.
  14. „Major League Soccer unveils 2015 schedule, with Decision Day finale and expanded playoff format“. Major League Soccer (2015-yil 7-yanvar). 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-iyun.
  15. „MLS Cup Playoffs 101: How the 2013 postseason works“. Portland Timbers (2013-yil 29-oktyabr). 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  16. MLS Digital (2019-yil 20-avgust). „Major League Soccer awards expansion team to St. Louis“. Press-reliz.
  17. Major League Soccer (2023-yil 18-may). „Major League Soccer awards expansion team to San Diego“. Press-reliz.
  18. Rosenblatt, Ryan. „Baseball fields, playoffs, snow and All-Star Games: What new things await Lionel Messi in MLS?“. ESPN (2023-yil 13-iyun). Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  19. Baer, Benjamin. „Which team will have to travel the most, least in 2018?“. MLSsoccer.com (2018-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  20. „By The Numbers… North American Soccer League vs Major League Soccer“ (2013-yil 11-fevral). 2013-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  21. „North American Soccer League Statistics“. nasljerseys.com. 2014-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  22. Reed. „IT'S TIME FOR TRIMMING SAILS IN THE NASL“. Sports Illustrated Vault | SI.com (1980-yil 1-dekabr). 2021-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-oktyabr.
  23. Marketing and Football. Routledge, May 23, 2012. ISBN 9781136380648. 2023-yil 24-iyulda qaraldi. 
  24. „MLS Trophies – By Trophy“. MLSsoccer.com. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  25. „MLS guide: Learn more about Orlando's new pro league“. Orlando Sentinel. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  26. „Salary Guide“. MLS Players' Association (2016-yil 19-may). 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
  27. Alcheva. „EFL Championship: What is the average salary in England's second-tier?“. bolavip.com (2021-yil 27-may). 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  28. „Dutch professional football continues financial improvement“. 2014-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  29. Carlisle. „MLS confident new CBA will be done in time for March 6 season start“. ESPN FC (2015-yil 7-yanvar). 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyun.
  30. 30,0 30,1 „MLS Players Union announces that it has ratified collective bargaining agreement“. Major League Soccer (2015-yil 16-iyul). 2015-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  31. 31,0 31,1 „2015 MLS Player Rules and Regulations Summary“. MLS Press Box. Major League Soccer. 2015-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  32. „FRASER v. MAJOR LEAGUE SOCCER“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  33. „MLS Roster Rules and Regulations“. MLSsoccer.com. MLS Digital (2018-yil 2-mart). 2018-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  34. „Roster Rules and Regulations“. 2014-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  35. Goff, Steve. „Israeli club ups offer for D.C. United's Steve Birnbaum, but“. The Washington Post (2016-yil 2-avgust). 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  36. „Recent analysis of foreign player pool in MLS reveals interesting numbers“. MLSsoccer.com (2015-yil 10-sentyabr). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  37. „MLS remains most diverse professional sports league in North America“. LA Galaxy (2015-yil 23-aprel). 2015-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-aprel.
  38. The New York Times, „M. L. S. Continues to Bolster Growing Brand With New Stadium in Houston“ , May 12, 2012.
  39. „Columbus Crew history“. MLSsoccer.com. 2014-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
  40. „StubHub Center – About“. 2014-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.