Bosh menuni ochish

David Robert Joseph Beckham (talaffuzi: Devid Robert Jozef Bekhem, 1975-yil 2-may Angliyaning London shahrida tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, AQShning „Los-Angeles Gelaksi“ klubining yarim himoyachisi. Devid Bekhem futbolchilik faoliyatida bir qator klublarni himoya qilgan bulardan „Manchester Yunayted“, „Preston Nort End“, „Real Madrid“ va „AC Milan“, u yana Angliya terma jamoasini ham himoya qilgan. U 2011-yilda dunyo boʻyicha eng koʻp haq toʻlanadigan futbolchi deb tan olingan.

David Beckham
David Beckham
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi David Robert Joseph Beckham
Tavallud sanasi 2-may 1975 (1975-05-02) (44 yosh)
Tavvalud joyi    London, Angliya
Boʻyi 183 sm
Laqab Becks (Beks)
Ampluasi yarim himoyachi
Milliy terma jamoa
David Beckham Angliya


* Ishtiroklari (Gollari)

Bekhem futbolchilik karyerasida „Manchester Yunayted“ klubi bilan professional shartnomani imzolaydi va uning birinchi debyut oʻyini 1992 yil 17 yoshga toʻlganda boʻladi. Bekhem „Manchester Yunayted“ tarkibida Premer-liga kubogini 6 marta, Angliya kubogini 2 marta va Chempionlar ligasini 1 marta sovrinlarini qoʻlga kiritadi. Bekhem 2003-yilda „Real Madrid“ klubiga oʻtadi, u bu klubda 4 yil harakat qiladi va 4-yili Ispaniya chempionati kubogini qoʻlga kiritdi. 2007-yilning yanvar oyida Bekhem AQSHning „Los-Angeles Gelaksi“ klubi bilan summasi 32,5 mln dollar boʻlgan 5 yillik shartnomani imzolaydi. Bekhem 2009-2010 yillar orasida Italiyaning „Milan“ klubida ijara shartnomasi asosida harakat qildi.

HavolalarTahrirlash