Bosh menuni ochish

Pele' (Pele) (haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu; do Nascimento) (1940.21.10, Tres-Korasoyns, Minas-Jerays shtati) — braziliyalik fut-bolchi. 3 karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970). 1956-74 yillarda "Santos" klubida, 1957—70 yillarda Braziliya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. "Santos" futbolchilari bilan birga Jan.

Amerika chempionlari kubogi va qitʼalararo kubok egasi (1962, 1956). 1957 — 77 yillarda 1300 ga yaqin toʻp (futbol tarixida rekord natija) kiritgan. "Futbol qiroli" nomi bilan mashhur. Turli mamlakatlarda unga ba-gʻishlab 90 dan ortiq qoʻshiq toʻqilgan. "Mening hayotim va ajoyib oʻyin" (1977) kitobining muallifi.[1] "FUTBOL QIROLI" HAQIDA QIZIQARLI MALUMOTLAR...... Edson Arantes do Nascimento "Pele

Yoshligida etikdo'zning yordamchisi bo'lib ishlagan, orzusi esa uchuvchi bo'lish bo'lgan.... - Uning otasi havaskor futbolchi bo'lgan, Pelening futboldagi orzusi otasiga o'xshab 1 ta oyinda 5 marotaba bosh bilan gol kiritish bo'lgan... - "Pele" taxallasi unga qayerdan kelgani no'malum. Bu so'z Gavayyada " Olov va Vulqon xudosi"ning nomi hisoblansa, Irvit tilida "Mo'jiza" , Samoa tilida esa "Haqiqiy muhabbat" degan ma'noni anglatadi... - Uning "Avtobiografiya"sini o'qish uchun, Brazilyalik minglab insonlar o'qishni o'rganishgan... - Shuningdek u ajoyib "Sprinter" hisoblangan 100 metrni 10 sekunddan ozgina ko'proq vaqt ichida bosib o'tgan... - 1967-1970 yillarda Nigeriyada ichki urushlar bo'lib o'tgan. Aynan Nigeriyaliklar shu urush vaqtida "Futbol "Qiroli" ning o'yinlarini ko'rish uchun 2 kunga urushni to'xtatib turishgan... - 1964-yil 21-oktyabrda "Botafogo" ga qarshi kechgan o'yinda Pele 8 ta gol kiritishga erishgan... - Karyerasi davomida 92 marotaba xet-trikka erishgan... - Pelening 1 000- goli sharafiga Brazilya 1 mln ta Pelening rasmi tushirilgan pochta markalarni chiqargan... - 1970-yilda statistiklar tadqiqod o'tkazishadi. Unga ko'ra sayyoramizdagi insonlarning 100 dan 95 tasi Peleni kimligini bilgan... - Uning yoqtirgan raqami "7"... - 1363 o'yinda 1283ta gol urishga erishgan... - Futbol olamining eng nufuzli sovrini hisoblangan Jahon Chempionati kubogini 3 bora boshi uzra ko'targan yagona futbolchi hisoblanadi... - FIFA tasisi bo'yicha XX asrning eng yaxshi futbolchisi.

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil