FC Arsenal Dzerjinsk

futbol klubi

Arsenal – Belarusning Dzerjinsk shahridagi futbol klubi. 2018-yilda tashkil etilgan. 2024-yilgi mavsumdan boshlab jamoa Premyer-ligada oʻynaydi.

Arsenal (Dzerjinsk)
Toʻliq nomi "Arsenal" PFK MCHJ
Asos solingan 3-oktyabr, 2018-yil (5 yil avval) (2018-10-03)
Stadion "Gorodeya"
Stadion hajmi 110×70
Egasi Belorussiya bayrogʻi Aleksey Meleshkevich
Shvetsiya bayrogʻi Aleks Rusxolm
Murabbiyi Belorussiya bayrogʻi Aleksandr Brazevich
Sardori Belorussiya bayrogʻi Aleksandr Skshinetskiy
Vebsayt https://vk.com/arsenaldzerzhinsk
Musobaqasi Premyer-liga
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi tahrir

Klubning tashkil etilishi 2019-yil yanvar oyida maʼlum boʻldi[1]. Yangi klub asoschilari belaruslik tadbirkor Aleksey Meleshkevich va Shvetsiyaning „Eskilstuna“ AFK prezidenti shvetsiyalik tadbirkor Aleks Rusxolm[2]. Jamoa asosan Oliy liga klublarining tajribali belaruslik futbolchilaridan iborat. Klub darhol Ikkinchi ligada ishtirok etish uchun ariza berdi. Jamoa ilk rasmiy oʻyinini 2019-yilning 20-aprelida oʻtkazdi va unda gʻalaba qozondi[3]. Debyut mavsumida jamoa 1-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga chiqdi[4]. Birinchi ligadagi ilk mavsumida jamoa uchinchi oʻrindan 6 ochkoga ortda qolgan holda 4-oʻrinni egalladi. 2021-yilda ular Birinchi liga gʻolibiga aylanishdi va Oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi[5].

2022-yilning noyabrida, Oliy ligadan tushib ketganidan soʻng, manbalarga koʻra, klub asoschisi va egasi Aleksey Meleshkevich klub tugatilganini eʼlon qilindi[6][7]. Ertasi kuni, 2022-yilning 21-noyabr kuni matbuot xizmati klub oʻz faoliyatini davom ettirishi va Birinchi ligada yangi mavsumga hozirdanoq tayyorgarlik koʻrishni boshlaganini eʼlon qildi[8].

2023-yilning yanvar oyida matbuot xizmati klub rasman Birinchi ligada oʻynashi haqida xabar bergandi[9].

Yutuqlar tahrir

  • Birinchi liga gʻolibi: 2021, 2023
  • Ikkinchi liga gʻolibi: 2019

Murabbiylar shtabi tahrir

  • Bosh murabbiy   Sergey Vasilevich Pavlyukovich
  • Murabbiy –   Andrey Aleksandrovich Gorbunov
  • Murabbiy –   Aleksandr Aleksandrovich Shagoiko
  • Darvozabonlar murabbiyi –   Igor Nikolaevich Kutepov

Jamoa tarkibi tahrir

2023-yil dekabridagi holat

Amplua Futbolchi
1   BLR DR Ivan Sanko
2   BLR HM Alikhan Fazylov
5   BLR HM Eduard Zhevnerov
7   BLR YH Ruslan Myalkovskiy
8   BLR YH Vladislav Rusenchik
9   BLR YH Albert Mikhaylov
10   BLR YH Andrey Levkovets
11   KAZ YH Dmitry Bachek
13   BLR YH Ivan Oreshkevich
15   BLR YH Yegor Babich
17   BLR YH Nikita Guzach
19   BLR HM Vladislav Lyakh
Amplua Futbolchi
20   BLR HM Nikita Khalimonchik
21   BLR YH Artem Gonzhurov
23   BLR HJ Arseniy Kontsedaylov
25   BLR HJ Dmitriy Matyash
34   BLR DR Artyom Soroko
35   BLR DR Alyaksey Vasilyew
39   KAZ HJ Matvey Gerasimov
51   BLR HM Alyaksandr Skshinetskiy
66   BLR HM Arseniy Ageyev
68   BLR YH Danila Zhulpa
77   BLR YH Yevgeniy Sakuta
88   BLR YH Pavel Sushkov

Bosh murabbiylar tahrir

Ism Yillar Koʻrsatkichlar Yutilgan musobaqalar
D M UG OʻG %
  Sergey Yaskovich 2019—2020 48 37 5 6 162 36 077 Ikkinchi liga 2019
  Pavel Kirilchik 2020—2022 84 35 20 29 115 94 042 Birinchi liga 2021

Statistika tahrir

Mavsum Liga D M GN O Belarus kubogi Toʻpurar
2019 Ikkinchi liga 1 (15)   28 25 1 2 119—14 76 1/16 final   Dmitriy Osipenko (26 gol)
2020 Birinchi liga 4 (14) 26 13 7 6 41—28 46 1/4 final   Artem Kiyko (10 gol)
2021 Birinchi liga 1 (12)   33 20 8 5 59—22 68 1/8 final   Artem Kiyko (14 gol)
2022 Premyer -liga 15 (16)   20 3 4 10 13-31 13 1/8 final
2023 Birinchi liga 1 (17)   32 26 3 3 86—30 81 1/8 final   Matvey Gerasimov (13 gol)
  Andrey Levkovets (13 gol)

Stadion tahrir

Jamoa „Gorodeya“ stadionida oʻynaydi. 110 × 70 m oʻlchamdagi futbol maydoni, umumiy maydoni 0,73 gektar tabiiy oʻt bilan qoplangan. Stadion 1625 oʻrinli plastik oʻrindiqli tomoshabinlar uchun tribunalar bilan jihozlangan.

Klub ramzlari tahrir

2019-yildan boshlab klubning rasmiy ranglari qizil va oq rangga aylandi.

Qizil Oq

Klub formasi tahrir

Yillar Forma ishlab chiqaruvchilar Homiylar
2019—2021   Joma   Vesta
2021—2022   Nike
2022—2023   Uhlsport
2023 – h. v.   Joma

Manbalar tahrir

  1. „В Беларуси появится новый футбольный клуб – «Арсенал» из Дзержинска. С командой уже тренируются Вячеслав Глеб и Осипенко“. 2021-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „«Арсенал» из Дзержинска – очень амбициозный проект. Клуб заинтересовал даже младшего Глеба“. 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „«Арсенал» из Дзержинска провёл первый официальный матч“. 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „«Арсенал» из Дзержинска одержал победу в дебютном сезоне“. 2019-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Артур Борис. „Дзержинский Арсенал досрочно вышел в Высшую лигу“ (ru). SPORTARENA.by (2021-yil 13-noyabr). 2021-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Переходной матч. "Макслайн" победил "Арсенал" и вышел в высшую лигу“ (ru). football.by (2022-yil 20-noyabr). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Владелец "Арсенала" заявил, что клуб прекращает свое существование“ (ru). football.by (2022-yil 20-noyabr). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „ФК "Арсенал": Клуб продолжит свое существование“ (ru). football.by (2022-yil 21-noyabr). 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Дзержинский "Арсенал" продолжит существование, команда проведет сезон-2023 в первой лиге“ (ru). football.by (2023-yil 4-yanvar). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.