FIFA ayollar jahon reytingi – FIFAning xalqaro boshqaruv organi tomonidan eʼlon qilingan futboli boʻyicha ayollar terma jamoalari uchun reyting tizimi. 2023-yil dekabr holatiga koʻra Ispaniya terma jamoasi 1-oʻrinni egallab turibdi.

Reyting 2003-yilda 16-iyuldan boshlan qoʻllanilib kelinmoqda[1][2]. FIFA har barcha turnirlarda faol ayollar terma jamoalarining natijalariga koʻra kuchini baholab boradi. Eng muvaffaqiyatli jamoalar eng yuqori oʻrinlarni egallashadi. 2023-yil yanvar holatiga koʻra reytingda 185 ta terma jamoa mavjud.

Reyting tizimining oʻziga xos xususiyatlari

tahrir
  • FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon reytingi 1971-yildagi Fransiya va Gollandiya oʻrtasidagi oʻyindan boshlab hisoblab boriladi.
  • FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon reytingi yiliga toʻrt marta tahrirlanadi. Reytinglar mart, iyun, sentyabr va dekabr oylarida chiqariladi. (Jahon chempionati vaqtida ushbu sanalarda oʻzgartirish kiritilishi mumkin).

Reyting berish FIFA ayollar reytingi futbol uchun moslashtirilgan Elo reyting tizimi asosida baholanadi. FIFA 5 dan kam oʻyin oʻtkazgan jamoalar reytingini odatda namoyish etmaydi yoki roʻyxatning oxirida baholaydi. Bundan tashqari 4 yil davomida hech qanday oʻyin oʻtkazmagan har qanday jamoa reytingsiz boʻlib qoladi. Reytingsizlik darajasi avvaliga 18 oy (1,5 yil) edi. Lekin 2021-yil boshlarida bu muddat 48 oyga choʻzildi (COVID-19 pandemiyasi xalqaro oʻyinlardagi taʼsiri sababli).

Rejistratsiya jadvali

tahrir

Reytinglar yiliga toʻrt marotaba taqdim etiladi.

2024-yildagi navbatdagi yangilanish sanasi
Yangilanish sanasi[3]
14-iyun

Reytingda 1-oʻrin sohibalari

tahrir

  2023-yil 15-dekabr kuni chiqarilgan reytingda Ispaniya birinchi oʻrinni egalladi. AQSh 2008-yil martdan 2014-yil dekabriga qadar 7 yil davomida reytingni boshqargan. Bu esa eng uzoq reytingda 1-oʻrinni egallab turish borasida ham eng yaxshi natija hisoblanadi.

2023-yilgi jahon chempionatidan oldin AQSh va Germaniya ayollar terma jamoasi reytingini boshqargan yagona ikkita jamoa edi. Yakunda Germaniya uchinchi oʻringa ega boʻldi (bu davrga qadar faqat Norvegiya, Braziliya, Ingliz va Shvetsiya ikkinchi oʻrinlarga ega boʻlgan).

Jamoa Konfederatsiya Birinchilikni saqlab qolgan kunlari
1   AQSh CONCACAF 5.715 kun
2   Germaniya UEFA 1 701 kun
3   Ispaniya UEFA 177 kun
4   Shvetsiya UEFA 112 kun

Reytinglash tartibi

tahrir

Reytinglash quyidagi formulalarga asoslangan[4]:

 
 
 

Bu yerda:

Oʻyindan oldingi raqib jamoaning reytingi

  = Oʻyindan keyin jamoa reytingi
  = Oʻyindan oldin jamoa reytingi
  Oʻyinning ahamiyatlilik darajasi
  Uchrashuvning qayd etilgan natijasi
  Uchrashuvning kutilayotgan natijasi
  Guruh bahslardagi natijalari
  Oʻyindan oldingi raqib jamoaning reytingi
  Oʻzgarishlar natijasi
  Oʻlchovlar faktori
  Oʻyinning ahamiyatlilik darajasi

Barcha jamoalarning oʻrtacha reytingi 1300 ga yaqin. Eng yuqori davlatlar odatda 2000 reytingdan oshadi. Reytingda boʻlish uchun jamoa rasmiy reytingga ega jamoalarga qarshi kamida 5 marta oʻynashlari, 18 oydan ortiq vaqt davomida faoliyatsiz boʻlmasligi kerak.

Oʻyin natijasiga koʻra reyting taqsimoti

tahrir

Reyting lar uchrashuv natijasiga qarab (gʻalaba, magʻlubiyat, durang) aniqlanadi. Kiritilgan yoki oʻtkazib yuborilgan gollar soni ham bunda katta ahamiyatga ega.

Agar oʻyinda biror jamoa magʻlubiyatga uchrasa 20% dan kam boʻlgan reytingga ega boʻladi (oʻtkazilgan gollar soniga ham bogʻliq). Qolgan foizlar gʻolibga beriladi. Masalan, 2–1 oʻyinida mos ravishda 84%–16%, 4–3 oʻyinida 82%–18%, 8–3 oʻyinida esa 96,2–3,8% natija qayd etilgan. Shunday qilib, jamoa „etarli hisobda gʻalaba qozonmagan“ deb hisoblasa ham, oʻyinda gʻalaba qozongan taqdirda ham ochko yoʻqotishi mumkin.

Agar oʻyin durang bilan yakunlansa jamoalarga bir xil natija beriladi. Ammo bu raqam gollarga bogʻliq. Shuning uchun natijalar odatda 100% gacha boʻlmaydi. Masalan, 0-0 bilan yakun topgan oʻyinda har ikki jamoa 47% ga ega boʻladi. 1-1 hisobi qayd etilsa har biri 50% ga va 4-4 bilan yakun topgan oʻyinda har bir jamoa 52,5% ga ega boʻladi[5].

Maqsadlar oʻrtasidagi farq
Kiritilgan gollar soni 0 1 2 3 4 5 6 /+
% hisobida ulushi
0 47.0 / 47.0 85.0 / 15.0 92.0 / 8.0 96.0 / 4.0 97.0 / 3.0 98.0 / 2.0 99.0 / 1.0
1 50.0 / 50.0 84.0 / 16.0 91.1 / 8.9 95.2 / 4.8 96.3 / 3.7 97.4 / 2.6 98.5 / 1.5
2 51.0 / 51.0 83.0 / 17.0 90.2 / 9.8 94.4 / 5.6 95.6 / 4.4 96.8 / 3.2 98.0 / 2.0
3 52.0 / 52.0 82.0 / 18.0 89.3 / 10.7 93.6 / 6.4 94.9 / 5.1 96.2 / 3.8 97.5 / 2.5
4 52.5 / 52.5 81.0 / 19.0 88.4 / 11.6 92.8 / 7.2 94.2 / 5.8 95.6 / 4.4 97.0 / 3.0
5 53.0 / 53.0 80.0 / 20.0 87.5 / 12.5 92.0 / 8.0 93.5 / 6.5 95.0 / 5.0 96.5 / 3.5

Manba[6]

Oʻyinning ahamiyati

tahrir
Muhimligi bilan moslash Muhimlik faktorini moslashtirish (M)
K qiymat
FIFA ayollar jahon chempionatida oʻyin 4 60
Ayollar futbolidagi olimpiya turnirlari 4 60
FIFA ayollar jahon chempionatining saralashi 3 45
Ayollar oʻrtasidagi Olimpiada oʻyinlariga saralash 3 45
Ayollar oʻrtasida mintaqaviy final oʻyinlari 3 45
Ayollar oʻrtasida mintaqaviy saralashlar 2 30
Ikki eng yaxshi 10 ta jamoa oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi 2 30
Ayollar oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyinlari 1 15

Yana qarang

tahrir
  • Jahon futbol Elo reytingi
  • FIFA xalqaro oʻyinlar kalendarlari
  • Statistika uyushmalari futbol prognozlari
  • Ayollar futbolining geografiyasi

Manbalar

tahrir
  1. „Fact Sheet, FIFA Women's World Ranking“ (PDF). FIFA. 2012-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
  2. „FIFA launches Women's World Ranking“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2003-yil 16-iyul). 2019-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
  3. „FIFA/Coca-Cola World Ranking“. Fifa.com (2023-yil 7-iyun). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
  4. „Fact Sheet, FIFA Women's World Ranking“ (PDF). FIFA. 2012-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
  5. „Fact Sheet, FIFA Women's World Ranking“ (PDF). FIFA. 2012-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.„Fact Sheet, FIFA Womenʼs World Ranking“ (PDF).
  6. „Fact Sheet, FIFA Women's World Ranking“ (PDF). FIFA. 2012-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.„Fact Sheet, FIFA Womenʼs World Ranking“ (PDF).

Havolalar

tahrir