Fagim Masnaviyevich Axmetgaliyev (1966-yil 30-noyabr, Ufa, Boshqird Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR) – Oltoy oʻlkasi muftiysi, Barnaul shahri masjidi bosh imom-xatibi.

Fagim Axmetgaliyev
Tavalludi 1966-yil 30-noyabr
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Imom
Otasi Masnaviy Axmetgaliyev

Biografiyasi tahrir

1966-yil 30-noyabrda Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida tugʻilgan. 1991-yilda Rossiya islom universitetini tamomlagan. Keyin Madinadagi Islom universitetida tahsil oldi. 2001-yilda Oltoy oʻlkasining poytaxti Barnaul shahriga ishlashga yuborildi[1].

U Oltoy oʻlkasi hukumati, Oltoy oʻlkasi gubernatorining bir qator mukofotlari ega. 2022-yil 23-mayda Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov[2] tomonidan „Tatar Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topganining 100 yilligi“ medali bilan taqdirlangan.

Diniy faoliyati tahrir

U oʻzining diniy faoliyatini 90-yillarda boshlagan. 2007-yilda Rossiyaning Osiyo qismi musulmonlari diniy boshqarmasi tarkibida Oltoy oʻlkasi musulmonlari diniy boshqarmasi tashkil etilganda, Fagim Axmetgaliyev ushbu tashkilotga rais etib saylandi[3].

Manbalar tahrir

  1. „Ахметгалиев Фагим Маснавиевич“ (ru). Главное управление МВД России по Алтайскому краю. 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  2. „Ахметгалиев Фагим Маснавиевич награждён Президентом Татарстана за вклад в укрепление межнационального мира и согласия“ (ru). Новости Алтая. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun. [sayt ishlamaydi]
  3. „Главный имам Соборной мечети Барнаула Фагим Хазрат отмечает 50-летний юбилей“ (ru). Алтайская правда. 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.