Fattoh Abdullayev (1914.16.1, Jambul — 1985.11.9, Toshkent) — oʻzbek tilshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984). Filologiya fanlari doktori (1961), professor (1969).

Fattoh Abdullayev
Tavalludi 1914.16.1
Vafoti 1985.11.9
Kasbi Tilshunos

Leningrad davlat universitetini tamomlagan (1939). Toshkent davlat pedagogika institutida (1939-1944), Namangan davlat pedagogika institutida (1944-1947), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida (1947 — 1950 va 1957-yildan), Xorazm davlat pedagogika institutida (1950-1956) ishlagan. Ilmiy ishlari oʻzbek adabiy tilining tarixi, dialektologiyasi, leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, shuningdek, badiiy nutq masalalariga bagʻishlangan. Abdullayev Xorazm shevalarini tadqiq qilib, ularning dialektologik xaritasini tuzgan va tasnifini bergan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil