Oʻzbek tilining Xorazm shevasi

Xorazm viloyatidagi muloqot shevasi
(Xorazm shevasidan yoʻnaltirildi)

Xorazm shevasi turkiy tillar oilasi sharqiy oʻgʻuz guruhining oʻgʻuz (janubi-gʻarbiy) guruhiga kiradi. Oʻzbek tilining shevasi hisoblanadi.

Oʻzbek tilining Xorazm shevasi
Mamlakatlar Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Eron1
1 Agar "xuroson-turkiy" deb ataladigan til qoʻshilsa
Rasmiylik holati

Xorazm
Xorazm XSR

Xorazm SSR
Mintaqalar Oʻzbekistonda: Xorazm viloyati va qoʻshni mintaqalar.
Turkmanistonda: Dashoguz va Lebap viloyati.
Qozogʻistonda: Janubiy Qozogʻiston viloyati.
Eronda1: Shimoliy Xuroson, Xuroson-Rezaviy.
1 Agar "xuroson-turkiy" deb ataladigan til qoʻshilsa
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Til kodlari
Xorazm shevasi xorazm-turkiy tili va xorazmiy tilidan batamom farq qiladi

Tarixi Tahrirlash

Dastlab Xorazm aholisi sharqiy eroniy tillarga mansub xorazmiy tilida gaplashgan. Xorazm-turkiy tili milodiy VI asr boshlarida, Turk xoqonligi (567603) davrida xorazmiy tilining turklashishi oqibatida shakllanishni boshladi va, asosan, mazkur jarayon XI asrda Saljuqiylar istilosidan keyin jadallashdi. Jarayon 1220-yili Chingizxon jangchilari bosqini oqibatida Xorazmshohlar davlati soʻnganidan keyin yakunlandi.

Plano-Karpini guvohlik berishicha, XIII asrdanoq xorazmiylar orasida turk nutqi ustun boʻlishni boshladi. XIV asrning 1-yarmi xorazmiy tilining toʻliq turkiylashishi yakuniy davri boʻldi[1].

Xorazm shevasiga Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismlaridagi, shimoli-sharqiy Eronning Xuroson viloyatidagi baʻzi shevalar va Qozogʻistonning 2 ta shevasi yaqin keladi.

A. N. Samoylovich turkumlashi boʻyicha bu shevalar xiva-oʻzbek va xiva-sart lahjalari deya taʻriflanadi va qipchoq-turkman deb nomlangan alohida guruhga kiritiladi.

XII asrda Xorazmda yashagan Mahmud Az-Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asarida XIV—XIX asrlarda xorazm-turkiy tili rivoj topgan 6000dan koʻp soʻz sanaladi.[2]

XV asrdan boshlab Xorazmda sovet tilshunoslari tomonidan eski oʻzbek tili deb nomlangan chigʻatoy turkiy tili adabiy til boʻladi.

Fonetika Tahrirlash

Adabiy Oʻzbek tilidan fonetik farqlari:

a) soʻz boshida „k“, „t“ tovushlari oʻrniga mos ravishda „g“, „d“ ishlatiladi: til — dil, tish — dish, kel — gal, kerak — garak;

b) „q“, „k“ harflari soʻz oxirida tushirib qoldiriladi: issiq — issi, tirik — diri, xivalik — xivali;

c) koʻpchilik soʻzlarda „e“dan „a“ga oʻtish hollari uchraydi: men — man, sen — san, kel — gal, kes — kas, kerak — garak;

d) soʻzlarning oʻrin-payt kelishigi shakllarida III shaxs shaklida kelishik qoʻshimchasidan oldin „-n-“ tovushi qoʻshiladi: ichinda (ichida), dishinda (tishida);

e) „ng“ harfi ikki xilda aytiladi, ham „ng“, ham „ŋ“ shakllarida: kitopiŋ (kitobing), giyiming (kiyiming).

Morfologiya Tahrirlash

Morfologik xususiyatlari:

a) qaratqich kelishigi qoʻshimchasi „-ni“ shakliga ega; ot qoʻshimchasi adabiychadan farq qilmaydi (birlik. „-m“, „-im“, „-ng“, „-ing“, „-i“, „-si“).b) joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi „-a“, „-ya“ shakliga ega;

c) davomiylik harakatidagi hozirgi davr feʼlining tugallanmasi „-yotir“ shakliga ega: galyotir, boryotir (kelyapti, boryapti);

d) kelgusi davr feʼlining tugallanmasi „-jak“, „-jaq“ shakllariga ega: galajak (kelmoqchi), borajak, borajaq (bormoqchi);

e) maqsad feʼlining shakli „-ali“ qoʻshimchaga ega: galali (kelaylik), borali (boraylik).

Xorazm shevasi lugʻat boyligida bir qancha oʻziga xos soʻzlar mavjud: zangi (narvon), soʻqi (oʻgir), yimirta (tuxum), qumri (musicha), burch (garmdori), qarinja (chumoli), taka (bolish), sipsa (supurgi).

Yana qarang Tahrirlash

Adabiyotlar Tahrirlash

  • S.P. Tolstov. По следам древнехорезмийской цивилизации. М: Издательство АН СССР, 1948
  • G. Nepesov. Из истории Хорезмской революции. 1920-1924 гг., Таш., 1962
  • X.S. Samatova, A.I. Eshonov. Образование Хорезмской и Бухарской Народных Советских Республик, kit.: История советского государства и права, T. 1. М., 1968
  • A.N.Samoylovich. Тюркское языкознание. Филология. Руника. M., 2005.

Manbalar Tahrirlash

  1. Ibn Battuta->ПУТЕШЕСТВИЯ ПО ЗОЛОТОЙ ОРДЕ И СРЕДНЕЙ АЗИИ->ПУБЛИКАЦИЯ 1988 Г.->
  2. Benzing, J. Das chwaresmische Sprachmaterial einer Handschrift der “Muqaddimat al-Adab” von Zamaxšarī 1. Text. Wiesbaden, 1968; with full bibliography to date.Google Scholar