Xorazmiy tili
- Xorazmiy tili o'zbek tilining xorazm shevasidan batamom farq qiladi
Xorazmiy tili — Amudaryo sohillari, Markaziy Osiyodagi qadimiy Xorazm davlati aholisi - xorazmiylarning tili. Hind-Yevropa tillari oilasining eron guruhiga mansub.[2]
Xorazmiy tili | |
---|---|
Milliy nomi | xvarazmiy |
Mamlakatlar | Xorazm |
Mintaqalar | Oʻrta Osiyo |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 0 |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi |
|
Alifbosi | oromiy yozuvi, arab yozuvi |
Til kodlari | |
ISO 639-3 | xco[1] |
Xorazmiy tili — eroniy tillarning sharqiy guruhiga mansub o'lik til.[3] Amudaryo etaklarida, tarixan Xorazm deb nomlangan hududda tarqalgan. Miloddan avval 2— 1-asrlardan milodiy 8-asr oʻrtalarigacha qadimiy Xorazm davlatining rasmiy tili boʻlgan. Miloddan avval 3—2-asrlarga oid yodgorliklardan maʼlum; asosiy manbalari (arabcha qoʻlyozmalardagi xorazmiycha soʻz va iboralar) 12— 14-asrlarga mansub.
Xorazmiy tilining unlilar tizimida a, i, u, ye, e tovushlarining choʻziq, qisqa va burunlashgan turlari farqlanadi. Undoshlar tizimida 27 ta fonema boʻlgan. Oʻziga xos morfologiksintaktik xususiyatlarga ega. Mas, ot turkumiga 3 kelishik, 2 jins va 2 son shakli, anikdik artikli xos boʻlgan. Ushbu va boshqa holatlar Xorazmiy tilida qad. eron tiliga xos xususiyatlar saqlanganligidan darak beradi. Hozirgi Xorazm shevalarini oʻrgangan olimlar Xorazmiy tiliga oid baʼzi soʻzlar ana shu shevalar leksikasida, toponimikasida mavjudligini qayd etadilar. Mas, "patik" — ship, "kunda" — omoch, "yop" — ariq kabi suzlarni, Yndavak, Pishkanak, Arvak toponimlarini Xorazmiy tili ga oid deb taxmin qiladilar.
Xorazmiy tili 9-asrgacha oromiy alifbosi asosidagi yozuvdan foydalangan. 10-asrdan esa 5 ta harf bilan toʻldirilgan arab alifbosi qoʻllangan. Zamaxshariyning "Muqaddimat ul-adab" asari qoʻlyozmasining Xorazmiycha varianti (1200) oromiy yozuvida bitilgan. Xorazmiy tili 15—16-asrlarda Xorazmning turkiylashishi natijasida batamom o'lik tilga aylangan va o'rnini o'zbek tilining Xorazm shevasi egallagan.
Ad. Freyman A. A., Xorezmiyskiy yazik, ch. 1, M. — L., 1951; Livshits V. A., Xorezmiyskiye dokumenti, v kn.: Toprakkala. Dvorets, M., 1984.
Anvar Ismoilov.
Manbalar Tahrirlash
Xorazmiy tilida qadimiy yozuvlar (kulolchilik buyumlaridagi) miloddan avval V—III asrlardagi oromiy yozuvida boʻlgan. Arab istilosi natijasida milodiy VIII asrlaridan boshlab arab alifbosi qoʻllanila boshlangan.
Tarixchilarga ko'ra X—XIII asrlardagi arab grafikasining qoʻshimcha belgilari bilan yozilgan arab tilidagi adabiyotlarda uchraydigan soʻz va iboralardan, kulolchilik buyumlaridagi (miloddan avval V-III asr), tangalardagi alohida yozuvlardan, oromiy yozuvi asosidagi daraxt va teridagi (III-IV asrlardan boshlab) hujjatlardan maʼlum.
Milodiy birinchi asrlaridan boshlab Xorazmga turkiyzabon xalqlar kirib kela boshlaydi, Turk xoqonligi davrida esa VI asr oʻrtalarida mahalliy aholida turklashish jarayoni kuchaydi va XI asrda saljuqiylar davrida turklashish eng yuksak pogʻonaga erishdi.
1220-yilda, Mo'g'ullar istilosi natijasida Xorazmshohlar davlati parchalandi, mahalliy xorazmiy va turkiy xalq qatliom qilindi. Xorazm shimoli Juchi ulusiga, keyin esa Oltin Oʻrda tarkibiga janubi Chig'atoy ulusi tarkibiga kirdi. Mo'g'ullar istilosi sabab XIV asr birinchi yarmida Xorazm tanazzulga yuz tutdi, bu vaqtga kelib xorazmiy tilining turklashish jarayoni yakuniga yetdi va xorazmiy tili o'lik tilga aylandi.
Fonetika Tahrirlash
Xorazmiy tilida fonetika uchun ikkita qorishiq tovush č va с, sirgʻaluvchi J, d mavjudligi xosdir.
Morfologiyada otlar paradigmasida 3 ta, ba'zi tizimlarda 4 ta kelishik, ikkita rod va son, artikllar kuzatiladi. Feʼlda esa — oʻtgan zamonning arxaik flektiv shakllanishi va perfekt, plyus va imperfekt, kelasi zamon va bir qator modal shakllarning innovatsion tahliliy tuzilishi kuzatiladi. Gap tuzilishi jihatidan aniqlovchini oldinda joylashtirish, feʼlni gapning oxiriga oʻtkazish xos.
Toponimlar Tahrirlash
Qadimiy xorazmiy tili asosida yaratilgan ayrim toponimlar bizgacha yetib kelgan: Urganch, Xazorasp, Xiva, Gurlan, Pitnak, Kat va hokazo.
Havolalar Tahrirlash
- Xorazmiy tili[sayt ishlamaydi]
Adabiyotlar Tahrirlash
- Freyman A. A., Хорезмийский язык, [ч.] 1, М. — Л., 1951;
- Bogolyubov M. N., Местоимения в хорезмийском языке, «Краткие сообщения института народов Азии», 1963, в. 67;
- Henning W. В., The structure of the Khwarezmian verb, «Asia Major», new series, 1955, v. 5, p. 1;
- Humbach Н., Neue chwaresmologische Arbeiten, «Zeitschrift der Deutschen Morgenlandischen Gesellschaft», 1973, Bd 123, H. 1.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Andrew Dalby, Dictionary of Languages: the definitive reference to more than 400 languages, Columbia University Press, 2004, pg 278.
- ↑ MacKenzie, D. N. "Khwarazmian Language and Literature," in E. Yarshater ed. Cambridge History of Iran, Vol. III, Part 2, Cambridge 1983, pp. 1244–1249.