Beruniy (qoraqalpoqcha: Biruniy) — 1957-yil gacha Shabboz (Shayx Abbos Vali) — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar (1962 y.dan), Beruniy tumani markazi. Amudaryoning oʻng sohilidagi Urganch temir yoʻl stansiyasidan 20 km shim.sharqda. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —15*, —20°, iyulniki 38°. Aholisi 66.09 ming kishi (2018). B. qadimiy Xorazmning poytaxti boʻlgan va oʻsha davrlarda Kat deb atalgan. 1957-yil shaharga shu yerda tugʻilib oʻsgan olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy nomi berildi. Beruniy 990 yillarda shaharda astronomik kuzatishlar olib borgan. B. Respublikaning muhim sanoat markazlaridan. Shaharda yogʻekspeller, gʻisht, asfalt, paxta tozalash zavodlari, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bor. 1969-yil 13-martda Amudaryo suvining toshishi natijasida shahardagi bir qancha binolar jiddiy zarar koʻrdi. Lekin tez fursatda shahar qayta tiklandi. Keyingi yillarda shahar chegarasi kengaydi, yangi mavze, koʻchalar bunyod etildi. B. boshqa tumanlar bilan Qoraqalpogʻiston avtomagistrali va Amudaryodagi Chalish pristani orqali bogʻlangan. B.dan Nukus, Toʻrtkoʻl va boshqa shaharlarga samolyot va avtobuslar qatnaydi. B.da 14 umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, 8 ommaviy kutubxona, madaniyat uyi, muzey, 7 kasalxona bor (2000)[2].

Beruniy

qoraqalpoqcha: Biruniy
shahar
41°41′0″N 60°45′0″E / 41.68333°N 60.75000°E / 41.68333; 60.75000 G OKoordinatalari: 41°41′0″N 60°45′0″E / 41.68333°N 60.75000°E / 41.68333; 60.75000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Tuman Beruniy tumani
Avvalgi nomlari Kat, Shabboz
Aholisi
 (2018)
66,09 ming.[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Beruniy xaritada
Beruniy
Beruniy

TarixiTahrirlash

X asrning oxirlaridagi «Hudud al-Alam» (olam chegaralari, hududlari) joʻgʻrofiy asarining nomaʼlum forsiy muallifi shunday yozadi: "Kat - Xorazmning bosh shahri, Turkistonga darvozalari guzlik, Turkiston, Movarounnahr va xazar viloyatlari turklarining mollari saqlanadigan, savdogarlar oqib keladigan joy... Shahar katta boylikka ega. Yostiq choyshablari, qavilgan kiyimlar, ip gazlamalar, kigiz, ruxbinlar (pishloq turi) oʻsha yerdan olib kelinadi"[3].

ManbalarTahrirlash

  1. Число постоянных жителей в Республике Каракалпакстан на 1 января 2018 года Wayback Machine saytida arxivlandi (2019-03-21)., Портал открытых данных Республики Узбекистан
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. КАРАВАНЫ ИДУТ В КЯТ - Древний Хорезм - Filigria.com - Двери в прошлое!, 2014-02-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-01-04