Favipiravir
Sistematik (IUPAC) nomi
6-fluoro-3-hydroxypyrazine-2-carboxamide
Identifikatorlar
CAS raqami 259793-96-9
ATK kodi J05AX27 (WHO)
PubChem ?
Kimyoviy maʼlumot
Formulasi C5H4FN3O2
Mol. massasi 157.10
Sinonimlari Favipiravir,Avigan,Favilavir,FabiFlu
Farmakokinetik maʼlumot
Biofoydalilik ?
Oqsil bogʻ 54% plazma proteinlari bilan bog'lanadi (65% albumin)[1]
Metabolizm Buyrak orqali
Yar. parch. davri 2-5,5 soat
Ekskretsiya Peshob bilan
Terapevtik tavsiyalar
Homiladorlik kat.

?

Qonuniy statusi
Qabul qilish Tabletka ko'rinishida

Favipiravir - bu har xil turdagi RNK viruslariga, shu jumladan SARS-CoV-2  koronavirusiga qarshi antiviral preparat sifatida ishlatiladigan kimyoviy modda. Preparat Yaponiyada yuqori virusli yuk tufayli kelib chiqqan ogʻir infeksiyalarga qarshi ishlatiladigan grippga qarshi dori sifatida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. U Yapon bozorida “Avigan” savdo nomi ostida muomalada boʻlgan.

Qo'llanishi

tahrir

Favipiravir Yaponiyada grippni davolash uchun rasman tasdiqlangan. Biroq, u mavsumiy grippga emas, balki faqat yangi grippga (og'irroq kasalliklarni keltirib chiqaradigan yangi shtammlarga) davo chorasi sifatidako'rsatiladi.

Nojo'ya tasirlari

tahrir

Favipiravirni homiladorlik davrida qoʻllash, homila rivojlanishiga salbiy taʼsir etishi mumkin[2]. Terotogen va embriotoksik tasirlari mavjudligi hayvonlarda oʻtkazilgan koʻplab tajribalar asosida isbotlangan[3].

Tasir mexanizmi

tahrir

Uning tasir mexanizmi RNK-polimerazani tanlab tasir etish va uning faoliyatini cheklashdan iborat deb taxmin qilinadi. Favipiravir organizmga tushgandan so'ng o'zinign aktiv ko'rinishiga (favipiravir-ribofuranosil-5'-trifosfatga) o'tadi. 2014-yilda favipiravir Yaponiyada gripp pandemiyasiga dovo uchun tasdiqlangan. Biroq, favipiravir inson nafas yo'llarining asosiy hujayralarida samarali ekanligi ko'rsatilmagan, bu uning grippni davolashda samaradorligiga shubha tug'diradi[4].

 
Favipiravir-ribofuranosil-5'-trifosfat - organizmdagi Favipiravirning aktiv ko'rinishi





COVID-19

tahrir

Favipiravir virusga qarshi dori sifatida bir qator mamlakatlarda, shu jumladan Yaponiya, Rossiya, Serbiya, Turkiya, Hindiston va Tailandda favqulodda vaziyatlarda COVID-19 ni davolash uchun ruxsat berilgan. 2020-yil sentabridagi tezkor tadqiqotlar (toʻrtta tadqiqotni tahlil qilish) preparatning bemorlarda klinik va radiologik yaxshilanishlarga olib kelganligini ta’kidladi, ammo, o'limning kamayishi yoki kislorodga bo'lgan ehtiyojdagi farqlar kuzatilmadi[5].

Tautomeriyasi

tahrir

Favipiravirning mumkin bo'lgan tautomeriyasi hisoblash yo'li bilan o'rganilgan. Enolga o'xshash shakl ketoga o'xshash shaklga qaraganda suvli eritmada ancha barqaror ekanligi aniqlandi, ya'ni Favipiravir suvli eritmada deyarli faqat enolga o'xshash shaklda mavjud.

Manbalar

tahrir
  1. „Favipiravir“. DrugBank.com. Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  2. Kimiyasu Shirakia; Tohru Daikokub „Favipiravir, an anti-influenza drug against life-threatening RNA virus infections“. www.ncbi.nlm.nih.gov. Elsevier Public Health Emergency Collection (2020 feb 22). Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  3. „A review of the safety of favipiravir – a potential treatment in the COVID-19 pandemic?“. www.ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  4. „Orally Efficacious Broad-Spectrum Ribonucleoside Analog Inhibitor of Influenza and Respiratory Syncytial Viruses“. National Library of Medicine. Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  5. Gayathri Vaidyanathan „Scientists criticize use of unproven COVID drugs in India“. www.nature.com. Qaraldi: 31-may 2022-yil.

Havolalar

tahrir
  1. https://en.wikipedia.org/wiki/Favipiravir
  2. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC7467067/

Yana qarang

tahrir
  1. https://med.stanford.edu/news/all-news/2020/06/stanford-medicine-trial-tests-favipiravir-for-covid-19.html
  2. https://kun.uz/uz/news/2020/11/01/zangiota-shifoxonasidan-maxsus-reportaj-davolash-taminot-va-tanqidlar
  3. https://uzpharmagency.uz/oz/news/favipiravir-preparati-muvozanatning-buzilishiga-olib-kelishi-mumkinligini-haqidagi-maqola-yuzasidan-rasmiy-munosabat