Pandemiya (yunoncha pandemos – yoppasiga, xalqaro) – epidemik kasallikning bir yoki bir necha mamlakat, qitʼa va kontinentda yoppasiga tarqalishidir. Pandemik tarqalish havo-tomchi yoʻli bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos. Gripp kasalligi bunga misol boʻla oladi[1].

COVID-19 pandemiyasining boshida anjuman markazlari (rasmda tasvirlangan) mavjud infratuzilmasi (elektr, suv, kanalizatsiya) tufayli vaqtinchalik shifoxonalar uchun ideal joy deb hisoblangan[2] Mehmonxona va yotoqxonalar ham vaqtinchalik shifoxonalar uchun mos deb topilgan[2].

"Pandemiya" – yuqumli kasallikning epidemiyasi hisoblanadi. U toʻsatdan koʻpayib, katta mintaqada, masalan, bir nechta qitʼalarda yoki butun dunyo boʻylab tarqaladi va koʻplab odamlarga taʼsir oʻtkazadi. Mavsumiy gripp kabi endemik kasalliklarga chalingan bemorlar sonining koʻpligi pandemiya hisoblanmaydi, chunki bunday kasalliklar butun dunyo boʻylab tarqalish oʻrniga bir vaqtning oʻzida dunyoning katta mintaqalarida sodir boʻladi.

Insoniyat tarixi davomida bir qator kasallik pandemiyalari boʻlgan, masalan chechak pandemiyasi.

Oʻlat tufayli kelib chiqqan qora oʻlim pandemiyasi XIV asrda Yevropa aholisining yarmidan koʻpining oʻlimiga sabab boʻldi[3][4][5][6]. Oʻsha paytda pandemiya atamasidan foydalanilmagan, ammo keyingi epidemiyalar, shu jumladan 1918-yilgi H1N1 gripp A pandemiyasi (odatda ispan grippi deb nomlanadi) uchun ishlatilgan, bu tarixdagi eng halokatli pandemiya hisoblanadi[7][8][9]. Eng soʻnggi pandemiyalarga OIV/OITS pandemiyasi, 2009-yilgi choʻchqa grippi pandemiyasi va COVID-19 pandemiyasi misol boʻlishi mumkin. Bu kasalliklarning deyarli barchasi hali ham odamlar orasida tarqalmoqda, ammo ularning taʼsiri juda kam.

COVID-19 pandemiyasiga javoban Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 194 aʼzo davlati 2024-yilgi konvensiyada ushbu shartnoma loyihasini 77 – Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasiga taqdim etish talabi bilan „Pandemiyaning oldini olish, tayyorgarlik koʻrish va unga javob berish boʻyicha“ xalqaro shartnoma muzokaralarini boshladi[10][11].

Taʼrifi

tahrir
XIV asrda Yevroosiyo aholisining yarmini o‘limiga sabab bo'lgan qora ajal paytida jasadlarning dafn etilishi tasviri.
Amerika qizil xoch ishchilari 1918-20 yillarda ispan grippi pandemiyasi paytida vafot etgan inson jasadini ko'tarib ketmoqdalar.

Tibbiyot lugʻatida pandemiyaning taʼrifi „xalqaro chegaralarni kesib oʻtadigan, odatda butun dunyo boʻylab odamlarga taʼsir qiladigan va dunyo miqyosda sodir boʻladigan epidemiyadir[12].“ Kasallik qachonki keng tarqalsa yoki koʻplab odamlarni oʻldirsa va yuqumli boʻlsa pandemiya hisoblanadi. Misol uchun, saraton koʻplab oʻlimlarga sabab boʻladi, lekin u pandemiya deb hisoblanmaydi. Chunki bu kasallik yuqumli emas[13]. Ushbu taʼrif soʻzlashuv tilidan farqli oʻlaroq, nisbatan yengil kasalliklarning tarqalishini oʻz ichiga oladi[14][15].

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) „Xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan sog'liqni saqlash favqulodda holati“ (PHEIC) toifasiga ega boʻlib, „uni kasallikning xalqaro miqyosda tarqalishi orqali boshqa davlatlar uchun aholi salomatligiga xavf tugʻdiradigan va muvofiqlashtirilgan xalqaro javob choralarini talab qilishi mumkin boʻlgan favqulodda hodisa“ deb taʼriflaydi[16]. Ushbu toifaga ajratishning asosida qatʼiy jarayon va chora-tadbirlarning aniq belgilangan yoʻnalishi mavjud.

Pandemiya qadimiy yunonchada παν- „pan-“ „hamma“ yoki „har bir“ va δῆμος „demos“ esa „odamlar“ degan maʼnoni anglatadi.

Profilaktika va chora-tadbirlar

tahrir
 

Pandemiyani oldini olish pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan patogenlar va kasalliklarning tarqalishini nazorat qilish uchun terapiya va emlashlarni oldindan tadbiq qilish va ishlab chiqish kabi faoliyatlarni oʻz ichiga oladi[17]. Muntazam emlash dasturlari – bu pandemiyani oldini olish strategiyasining bir turi boʻlib, oʻtmishda pandemiyalarga sabab boʻlgan va nazorat qilinmasa, yana shunday boʻlishi mumkin boʻlgan gripp va poliomiyelit kabi kasalliklarni oldini oladi.[18]. Profilaktika epidemiyani cheklash va uning nazoratdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan „chora-tadbirlar“ bilan birlashadi. Bu chora-tadbirlar strategik rejalashtirishni, tarqalishni oʻlchash uchun maʼlumotlarni yigʻish va modellashtirishni, terapiya, vaksinalar va tibbiy uskunalarni zaxiralashni, shuningdek, aholi sogʻligʻini xabardor qilish targʻibotini oʻz ichiga oladi[19] Taʼrifga koʻra, pandemiya koʻplab mamlakatlarni qamrab oladi, shuning uchun xalqaro hamkorlik, maʼlumotlar almashish shuningdek, testlar va terapiyadan umumiy foydalanish pandemiyaga qarshi kurashishda muhimdir[17].

Hamkorlik – COVID-19 pandemiyasiga javoban JSST 2021-yil sentabr oyida Berlinda mamlakatlarning sogʻliqni saqlashga tahdidlarni aniqlash, monitoring qilish va boshqarishdagi zaif tomonlarni bartaraf etish maqsadida "Pandemiya markazi"ni tashkil etdi. Markazning tashabbuslari orasida sunʼiy intellektdan foydalanib, sogʻliqni saqlashga oid 35000 dan ortiq maʼlumotlarni tahlil qilish, shuningdek, akademik muassasalar va JSSTga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi sharoitlarni yaxshilash va muvofiqlashtirishdan iborat[20].

Pandemiyaga qarshi kurashish strategiyalari

tahrir
 
Jamoat joylarida masofa saqlayotgan odamlar

Epidemiyani tarqalishini nazorat qilishning asosiy strategiyalari – bu epidemiyani nazoratda ushlab turish va zararni kamaytirishdir. Kasallik tarqalishining dastlabki bosqichlarida, shu jumladan, kasallikning aholi boʻylab tarqalishini toʻxtatish uchun bemorlarni izolyatsiya qilish, samarali boʻlishi mumkin boʻlgan emlash kabi terapevtik choralarni qoʻllash mumkin[21]. Kasallikning tarqalishini toʻxtatib qolishning iloji yoʻqligi maʼlum boʻlgach, boshqaruv kasallik tarqalishini sekinlashtirish va uning jamiyat va sogʻliqni saqlash tizimiga taʼsirini yumshatish choralari koʻriladigan yumshatish bosqichiga oʻtadi. Aslida, oldini olish va zararni kamaytirish choralari bir vaqtda amalga oshirilishi ham mumkin[22].

Mashhur pandemiya va epidemiyalar

tahrir

COVID-19

tahrir
 
Har million kishiga toʻgʻri keladigan jami tasdiqlangan COVID-19 holatlari[23].

SARS-CoV-2 koronavirusning yangi shtammi birinchi marta 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida aniqlangan[24]. Kasallikning tarqalishi JSST tomonidan 2020-yil yanvaridan 2023-yil mayigacha boʻlgan davrda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan jamoat salomatligi favqulodda holati (PHEIC) sifatida tavsiflandi[25][26]. Dunyo boʻyicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 767 milliondan oshdi, vafot etganlar soni 6,9 millionga yetdi[27]. Virus oxir-oqibat endemik boʻlib qolishi va oddiy shamollash kabi koʻpchilik odamlar uchun unchalik ogʻir boʻlmagan kasalliklarga aylanishi mumkin[28].

OIV va OITS

tahrir
 
2019-yilda OIV bilan kasallangan aholi sonini aks ettiruvchi dunyo xaritasi

OIV/OITS birinchi marta 1981-yilda kasallik sifatida aniqlangan va butun dunyo boʻylab davom etayotgan pandemiya hisoblanadi[29][30]. Shundan beri OIV va OITS tufayli dunyoda 40 millionga yaqin odam vafot etdi va har yili yana 630 ming kishi vafot etmoqda. Hozirda 39 million kishi OIV infeksiyasi bilan kasallangan[29]. OIV zoonotik kelib chiqishga ega boʻlib, Markaziy Afrikadagi maymunsimonlarda paydo boʻlgan va XX asr boshlarida odamlarga yuqa boshlagan[31]. OIV yuqishining eng koʻp uchraydigan usuli infeksiyalangan odam bilan jinsiy aloqa qilishdir. OIV bilan kasallangan insonda qisqa muddatli, yengil, noaniq alomatlar kuzatilishi mumkin. Soʻngra simptomsiz (lekin shunga qaramay yuqumli) klinik latentlik yaʼni inkubatsion davr deb nomlangan bosqich boʻladi. Bu bosqichda davolanilmasa kasallik 3 dan 20 yilgacha davom etishi mumkin. Infeksiyani aniqlashning yagona usuli bu OIV testidir[32]. OIV infeksiyasining oldini olish uchun vaksina yoʻq, ammo kasallikni antiretrovirus terapiya yordamida nazorat qilish mumkin[33].

Tarixdagi pandemiyalar

tahrir

Tarixdagi epidemiyalar haqidagi hikoyalar koʻpincha qurbonlarga qanday taʼsir qilganligi haqidagi maʼlumotlar noaniq yoki bir-biriga qarama-qarshi tasvirlangan. Isitma bilan birga toshmalar toshsa chechak, qizamiq, qizil isitma yoki suvchechak kasalliklaridan darak boʻlishi mumkin va epidemiyalar bir-biriga qoʻshilib, bir vaqtning oʻzida bir xil populyatsiyaga bir nechta infeksiyalar yuqishi mumkin. Oʻlimning aniq sabablarini bilish koʻpincha mumkin emas, lekin DNK tadqiqotlari baʼzi-baʼzida qadimgi patogenlarning qoldiqlarini aniqlashi mumkin[34].

 
Pieter Brueghelning „Oʻlim gʻalabasi“ asarida oʻrta asrlarda Yevropani vayron qilgan oʻlatdan keyin sodir boʻlgan ijtimoiy toʻntarilish va dahshat aks ettirilgan.

Taxminlarga koʻra, neolit inqilobidan oldin, taxminan miloddan avvalgi 10 000-yillarda, kasalliklarning tarqalishi bitta oila yoki urugʻ bilan cheklangan va yoʻq boʻlib ketishdan oldin keng tarqalmagan. Hayvonlarning xonakilashtirilish insonlar va hayvonlar oʻrtasidagi aloqalarni va zoonotik infeksiyalar bilan kasallanish ehtimolini oshirdi. Dehqonchilikning paydo boʻlishi aholi guruhlari oʻrtasidagi savdo patogenlarning keng tarqalishiga imkon berdi. Populyatsiya koʻpayishi bilan guruhlar oʻrtasidagi aloqalar tez-tez sodir boʻla boshladi.

Kelajakdagi ehtimoliy pandemiyalar haqida

tahrir

Kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish uchun pandemiyalarning sabablarini aniqlash va kasallik insoniyat populyatsiyasiga nazoratsiz oʻtib ketishidan oldin profilaktika choralarini koʻrish kerak. Masalan, gripp – bu tez rivojlanayotgan kasallik boʻlib, u oʻtmishda pandemiyalarga sabab boʻlgan va kelajakda yana pandemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti butun dunyo boʻylab 144 ta milliy gripp markazlarining yangi gripp viruslarini kuzatish natijalarini yigʻadi. Virusning sezilarli xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan variantlari aniqlanadi va keyinchalik grippga qarshi keyingi mavsumiy emlash dasturiga kiritiladi[35].

2020 yil 28 dekabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mike Ryan va boshqa rasmiylar hozirgi COVID-19 pandemiyasi „juda katta pandemiya boʻlmaganligi“ va „kelgusi pandemiya yanada ogʻirroq boʻlishi mumkinligini“ aytishdi va keyingi pandemiyaga tayyorgarlik koʻrishga chaqirishdi[36]. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) va BMT dunyo nafaqat sogʻliqni saqlash va iqtisodiy muammolar, balki pandemiya sabablarini hal qilishi kerakligi haqida ogohlantirgan[37].

Pandemiyaga aylanish ehtimoli bor boʻlgan kasalliklar

tahrir

Oʻtmishda epidemiyalarni keltirib chiqargan kasalliklar kelajakda qaytishi ehtimoli har doim mavjuddir. Shuningdek, yetarli darajada maʼlum boʻlmagan kasalliklar yanada xavfli boʻlishi mumkin. Tadqiqotlarni ragʻbatlantirish maqsadida, global sogʻliqni nazorat qiluvchi bir qator tashkilotlar pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan kasalliklar roʻyxatini tuzdilar. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.

 
Ebola virusi – elektron mikrografi
 
Maymunchechak
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotlari maʼlumotlariga koʻra, ehtimoliy pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan kasalliklari roʻyxati
JSST[38] ETBIK[39] GAVI[40]
Chikungunya virusi Ha
COVID-19 Ha
Qrim-Kongo gemorragik isitmasi Ha Ha
Ebola gemorragik isitmasi Ha Ha Ha
Lassa isitmasi Ha Ha Ha
Marburg virusi kasalligi Ha Ha
Maymunchechak Ha
Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirus (MERS-CoV) Ha Ha
Nipah va boshqa henipaviral kasalliklar Ha Ha Ha
Rift Valley isitmasi Ha Ha Ha
Ogʻir oʻtkir respirator sindrom (SARS) Ha Ha Ha
Zika virusi Ha Ha
X kasalligi Ha Ha

Koronaviruslar

tahrir
 
Umumiy koronavirusning tasviri

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 „Army Corps sees convention centers as good option to build temporary hospitals“. Federal News Network (2020-yil 27-mart). 2020-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Black death 'discriminated' between victims (ABC News in Science)“. Australian Broadcasting Corporation (2008-yil 29-yanvar). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-noyabr.
  4. „Black Death's Gene Code Cracked“. Wired. 3 October 2001. 26 April 2015da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12 February 2015.
  5. „Health: De-coding the Black Death“. BBC (2001-yil 3-oktyabr). 2017-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-noyabr.
  6. "A plague upon the phagocytes". Nature Medicine 11 (9): 927–928. September 2005. doi:10.1038/nm0905-927. PMID 16145573. 
  7. 1918 Pandemics (H1N1 virus). Centers for Disease Control and Prevention. Retrieved 18 April 2020.
  8. „History's deadliest pandemics, from ancient Rome to modern America“ (2020-yil 7-aprel). 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  9. „Weekly Virological Update on 05 August 2010“. World Health Organization (WHO) (2010-yil 5-avgust). 2015-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
  10. „World Health Assembly agrees to launch process to develop historic global accord on pandemic prevention, preparedness and response“. World Health Organization (2021-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  11. „W.H.O. members agree to begin talks on a global pandemic treaty.“. The New York Times (2021-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  12. Dictionary of Epidemiology. Oxford University Press, 2008 — 179-bet. ISBN 978-0-19-531449-6. Qaraldi: 2012-yil 14-sentyabr. 
  13. Swine Flu: What You Need to Know. Wildside Press LLC, 2009 — 7-bet. ISBN 978-1434458322. 
  14. „What Is a Pandemic?“. Oxford University Press. The Journal of Infectious Diseases (2009-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  15. "The elusive definition of pandemic influenza". Bulletin of the World Health Organization 89 (7): 532–538. July 2011. doi:10.2471/BLT.11.086173. PMID 21734768. PMC 3127275. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3127275. 
  16. „Emergencies: International health regulations and emergency committees“. World Health Organization (2019-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  17. 17,0 17,1 „What is Pandemic Preparedness and Why is it Important?“ (en). News Medical Network (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
  18. „14 Diseases You Almost Forgot About (Thanks to Vaccines)“ (en-us). Centers for Disease Control and Prevention (2022-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  19. „3 Steps to Detect and Stop Disease Outbreaks before They Become Pandemics“ (en). Scientific American (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  20. "The WHO Hub for Pandemic and Epidemic Intelligence; supporting better preparedness for future health emergencies". Euro Surveillance 27 (20): 2200385. May 2022. doi:10.2807/1560-7917.ES.2022.27.20.2200385. PMID 35593162. PMC 9121660. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=9121660. 
  21. „3. Strategies for Disease Containment“, Ethical and Legal Considerations in Mitigating Pandemic Disease: Workshop Summary. National Academies Press (US), 2007. 
  22. Baird RP (11 March 2020). „What It Means to Contain and Mitigate the Coronavirus“. The New Yorker.
  23. „Total confirmed cases of COVID-19 per million people“. Our World in Data. 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-aprel.
  24. „WHO Statement Regarding Cluster of Pneumonia Cases in Wuhan, China“. WHO (2019-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 12-mart.
  25. „WHO Director-General's opening remarks at the media briefing on COVID-19—11 March 2020“. WHO (2020-yil 11-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-mart.
  26. „WHO – Statement on the fifteenth meeting of the IHR (2005) Emergency Committee on the COVID-19 pandemic“. World Health Organization. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  27. „WHO Coronavirus (COVID-19) Dashboard“. World Health Organization (2023-yil 19-iyun). Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  28. "Evaluating the Virology and Evolution of Seasonal Human Coronaviruses Associated with the Common Cold in the COVID-19 Era". Microorganisms 11 (2): 445. February 2023. doi:10.3390/microorganisms11020445. PMID 36838410. PMC 9961755. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=9961755. "After evaluating the biology, pathogenesis, and emergence of the human coronaviruses that cause the common cold, we can anticipate that with increased vaccine immunity to SARS-CoV-2, it will become a seasonal, endemic coronavirus that causes less severe disease in most individuals. Much like the common cold CoVs, the potential for severe disease will likely be present in those who lack a protective immune response or are immunocompromised." 
  29. 29,0 29,1 „HIV/AIDS Factsheet“ (en). World Health Organization (2023-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
  30. „Why the HIV epidemic is not over“ (en). www.who.int. Qaraldi: 2022-yil 11-mart.
  31. "Origins of HIV and the AIDS pandemic". Cold Spring Harbor Perspectives in Medicine 1 (1): a006841. September 2011. doi:10.1101/cshperspect.a006841. PMID 22229120. PMC 3234451. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3234451. 
  32. „What Are HIV and AIDS?“ (en). HIV.gov. U.S. Department of Health & Human Services (2017-yil 15-may). Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
  33. „HIV Treatment: The Basics | NIH“ (en). hivinfo.nih.gov (a service of the U. S. Department of Health and Human Services) (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
  34. A Pest in the Land: New World Epidemics in a Global Perspective. University of New Mexico Press, 2003 — 62-bet. ISBN 978-0-8263-2871-7. Qaraldi: 2019-yil 9-mart. 
  35. „Selecting Viruses for the Seasonal Flu Vaccine“. Centers for Disease Control and Prevention (2022-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  36. „WHO official: 'Next pandemic may be more severe'“. Arab News (2020-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  37. „Inaction leaves world playing 'Russian roulette' with pandemics, say experts“. The Guardian (2021-yil 9-mart). Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
  38. „Prioritizing diseases for research and development in emergency contexts (Published 2018, revision in progress 2023)“. World Health Organization. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  39. „Targeting diseases with epidemic and pandemic potential“. CEPI, Coalition for Epidemic Preparedness Innovations (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  40. „10 infectious diseases that could be the next pandemic | Gavi, the Vaccine Alliance“. Gavi, the Vaccine Alliance (2020-yil 7-may). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.