Ibrohim Fayzullayev (1933-yil 25-avgust, Denov tumani Qayirma qishlogʻi – 2022-yil 25-fevral) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi, Oʻzbekiston Qahramoni (1996), O`zbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1993)[1], usta paxtakor. Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti agronomiya fakultetini tugatgan (1969). Denov tumanidagi general Sobir Rahimov nomidagi jamoa xoʻjaligida hisobchi (1949—1953). 1955-yildan shu xoʻjalikda bosh zootexnik, entomolog agronom (1960—1965), bosh agronom (1965—1970), Surxondaryo viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasida boʻlim boshligʻi, bosh agronom (1970—1971), Denov tumani qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash va sifati boʻyicha davlat bosh inspektori (1971—1983). 1983-yildan shu tumandagi general Sobir Rahimov nomli jamoa xoʻjaligi (2001-yildan shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi raisi, Fayzullayev rahbarlik qilgan xoʻjalik respublikadagi ilgʻor va iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biri boʻlib, paxta, gʻalla, pilla yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishib kelmoqda. Xoʻjalik hududini obodonlashtirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1990—1995).

Ibrohim Fayzullayev
Tavalludi 25-avgust 1933
Vafoti 25-fevral 2022
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston




  1. „„Xalq so‘zi" gazetasi 1993-yil 20-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 19-avgustdagi "I.Fayzullayevni mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).