Felix Beijmo
Feliks Olof Allan Nelson Beijmo (talaffuzi: Feliks Beymo; 1998-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, Malmö FF klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Felix Olof Allan Nelson Beijmo | ||
Tavallud sanasi | 31-yanvar 1998-yil | ||
Tavallud joyi | Stokgolm, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.85 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Malmö FF | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Ängby IF | |||
IF Brommapojkarna | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2017 | IF Brommapojkarna | 34 | (1) |
2017—2018 | Djurgårdens IF | 37 | (3) |
2018—2020 | Werder Bremen | 0 | (0) |
2018 | Werder Bremen II | 3 | (0) |
2019 | → Malmö FF (ijara) | 8 | (1) |
2020 | → Greuther Fürth (ijara) | 5 | (0) |
2020- | Malmö FF | 42 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2014—2015 | Shvetsiya U17 | 9 | (0) |
2015—2017 | Shvetsiya U19 | 12 | (0) |
2018—2020 | Shvetsiya U21 | 13 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-oktabr 2022-yil uchun) |
Klublardagi faoliyati tahrir
Ilk faoliyati tahrir
Beijmo IF Brommapojkarna jamoasida yetti yoshidan oʻynay boshladi. Fotbollsfabriken (Futbol fabrikasi) deb nomlangan TV4 koʻrsatuvida ishtirok etdi, unda IF Brommapojkarna akademiyasining 15 yoshli eng yaxshi futbolchilari syujeti taqdim etildi.
Djurgårdens IF tahrir
2017-yilning 30-martida Beijmo Allsvenskan vakili Djurgårdens IF klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2018-yilning 10-mayida Shvetsiya kubogi finalida maydonga tushdi. Djurgården „Malmö FF“ klubini 3:0 hisobida magʻlub etdi[1].
Werder Bremen tahrir
2018-yil iyun oyida Beijimo uzoq muddatli shartnomaga kelishib, 2018—2019-yilgi mavsum uchun Bundesliga vakili „Werder“ jamoasiga qoʻshildi. Taxminan 3 million yevro toʻlovi uni Shvetsiyaning Allsvenskan klubini tark etgan eng qimmat himoyachiga aylantirdi[2][3][4].
Malmö FFga ijara tahrir
2019-yil avgust oyida Shvetsiyaga qaytib keldi va Malmö FF klubi uni mavsum oxirigacha ijaraga oldi[5].
Greuther Furthga ijara tahrir
2020-yilning 31-yanvarida, 2019—2020-yilgi qishki transfer oynasining soʻnggi kunida, Beijimo SpVgg Greuther Furth klubi bilan 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi[6][7].
Malmö FF tahrir
2020-yil avgust oyida Beijimo Shvetsiyaga qaytib, Malmö FFga qoʻshildi. Klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi[8].
Terma jamoadagi faoliyati tahrir
Beijmo Shvetsiyaning 17 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi, Shvetsiyaning 19 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi va Shvetsiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasini himoya qilgan[9].
Faoliyat statistikasi tahrir
Klub tahrir
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Brommapojkarna | 2015 | Superettan | 10 | 0 | 1 | 0 | — | 11 | 0 | |
2016 | Division 1 | 24 | 1 | 5 | 2 | — | 29 | 2 | ||
2017 | Superettan | 0 | 0 | 4 | 0 | — | 4 | 0 | ||
Jami | 34 | 1 | 10 | 2 | 0 | 0 | 44 | 3 | ||
Djurgårdens IF | 2017 | Allsvenskan | 26 | 2 | 0 | 0 | — | 26 | 2 | |
2018 | Allsvenskan | 11 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 15 | 1 | |
Jami | 37 | 3 | 4 | 0 | 0 | 0 | 41 | 3 | ||
Werder Bremen II | 2018—2019 | Regionalliga Nord | 3 | 0 | - | — | 3 | 0 | ||
Malmö FF (ijara) | 2019 | Allsvenskan | 8 | 1 | 1 | 0 | 4 | 0 | 13 | 1 |
Greuther Fürth (ijara) | 2019—2020 | 2. Bundesliga | 5 | 0 | 0 | 0 | — | 5 | 0 | |
Malmö FF | 2020 | Allsvenskan | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 |
2021 | Allsvenskan | 14 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | 23 | 0 | |
Jami | 17 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | 26 | 0 | ||
Jami faoliyati | 104 | 5 | 18 | 2 | 10 | 0 | 132 | 7 |
Yutuqlari tahrir
Djurgårdens IF
- Svenska Kupen; 2017—2018
Malmö FF
- Allsvenskan: 2020, 2021
- Svenska Kupen: 2021—2022
Manbalar tahrir
- ↑ „Djurgården cupmästare“ (shvedcha). DIF.se (10-may 2018-yil). 2018-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2018-yil.
- ↑ „Beijmo unterschreibt bei Werder Bremen“ (olmoncha). kicker Online (12-iyun 2018-yil). Qaraldi: 12-iyun 2018-yil.
- ↑ „Klart: Beijmo lämnar Djurgården“ (shvedcha). Aftonbladet (12-iyun 2018-yil). Qaraldi: 12-iyun 2018-yil.
- ↑ „Wing-back Beijmo joins SV Werder“. SV Werder Bremen. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyun 2018-yil.
- ↑ Eiman-Roslund, Emil. „Beijmo klar för Malmö“ (shvedcha). Aftonbladet (13-avgust 2019-yil). Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.
- ↑ „Kleeblatt leiht Felix Beijmo aus“ (olmoncha). SpVgg Greuther Fürth (31-yanvar 2020-yil).
- ↑ „Beijmo schließt sich der SpVgg Fürth an“ (olmoncha). kicker Online (31-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Teures Missverständnis: Beijmo verlässt Werder endgültig“ (olmoncha). kicker (12-avgust 2020-yil). Qaraldi: 12-avgust 2020-yil.
- ↑ „Spelarfakta Felix Beijmo“. Swedish Football Association. 2019-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2018-yil.
- ↑ „F. Beijmo“. Soccerway. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
- ↑ „Eliteprospects.com – Felix Beijmo“. Eliteprospects (4-aprel 2017-yil). 2022-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-noyabr.