Felix Ermacora
Felix Maria Josef Arnold Ermacora (talaffuzi: Feliks Mariya Jozef Arnold Ermakora; 13-oktyabr 1923-yil, Klagenfurt — 24-fevral 1995-yil, Vena) — avstriyalik davlat arbobi. 1971—1990-yillarda Avstriya xalq partiyasidan parlament aʼzosi boʻlgan.
Felix Ermacora | |
---|---|
Avstriya parlamenti aʼzosi | |
Mansab davri 1971 – 1990 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Felix Maria Josef Arnold Ermacora 13-oktyabr 1923-yil Klagenfurt |
Vafoti |
24-fevral 1995-yil (71 yoshda) Vena |
Fuqaroligi | Avstriya |
Siyosiy partiyasi | Avstriya xalq partiyasi |
Taʼlim | Innsbruck universiteti |
Kasbi | huquqshunos |
Biografiyasi
tahrirFelix Ermacora 13-oktyabr 1923-yilda Klagenfurtda tugʻilgan. Vilyax, Grats va Regensburg maktablarida tahsil olgan. 1942-yilda Innsbruck universitetining huquq fakultetiga oʻqishga kirgan. 1944—1945-yillarda fashistlar armiyasida safdor boʻlib xizmat qilgan[1]. 1948-yilda huquq fanlari doktori ixtisosligi boʻyicha universitetni tamomlaydi. 1948—1952-yillarda Villach munitsipalitetida, 1952—1957-yillarda federal kansleriyasi xodimi, 1957—1964-yillarda Innsbruck universiteti xalqaro huquq professori, 1964—1992-yillarda Vena universiteti xalqaro huquq professori, 1992—1995-yillarda Lyudvig Bolsman nomidagi Inson huquqlari instituti direktori[2] boʻlib ishlagan. 1971—1990-yillarda Avstriya xalq partiyasidan parlament aʼzosi, 1959—1980 va 1984—1987-yillarda Inson huquqlari boʻyicha Yevropa komissiyasi va BMT Inson huquqlari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. Ermacora BMT delegatsiyasi tarkibida Chili, Janubiy Afrika, Falastin, Eron va Afg‘onistonda inson huquqlarining buzilishini tekshirgan. Yana shuningdek, Yevropa Kengashi tomonidan Jazoir, Gretsiya, Irlandiya, Turkiya va Kiprda inson huquqlarining buzilishini tekshirishga joʻnatilgan. BMT rasmiysi sifatida Felix Ermacora adolatsizlik va inson huquqlari buzilishiga qarshi so‘zsiz kurashgan[3].
Kyoln va Strasburg universitetlarining faxriy doktori.
Ermacora 1995-yil 24-fevralda Venadagi Hietzing tumani klinikasida vafot etgan[1][4].
Felix Ermacora xalqaro huquq va inson huquqlari sohasi oid boʻlgan: Handbuch der Grundfreiheiten und der Menschenrechte, 1963; Allgemeine Staatslehre, 2 vol., 1970; Österreichische Verfassungslehre, 2 vol., 1970/80; Grundriß der Menschenrechte in Österreich, 1988; Die Entstehung der Bundesverfassung, 5 vol., 1986-93; Menschenrechte in der sich wandelnden Welt, 3 vol., 1974-94; Menschenrechte ohne Wenn und Aber. Erlebnisse und Begegnungen, 1993 kabi kitoblar muallifi hamdir.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Opinion | Soviet Toys of Death“ (en-US). The New York Times (1985-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-dekabr.
- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-iyun.
- ↑ Eric Pace. Felix Ermacora Is Dead at 71; Austrian Human Rights Expert. New York Times. February 27, 1995.
Adabiyotlar
tahrir- Manfred Nowak: Felix Ermacora †. In: Archiv des öffentlichen Rechts 120 (1995), S. 278–281.
- Christoph Schlintner, Gerhard Strejcek: Felix Ermacora (1923–1995). In: Peter Häberle, Michael Kilian, Heinrich Wolff (Hrsg.): Staatsrechtslehrer des 20. Jahrhunderts. Deutschland – Österreich – Schweiz. De Gruyter, 2. Auflage, Berlin 2018, S. 1153–1165.