Ferdinand Magellan
Magellan, Magalyaynish Fernan (portugalcha: Fernão de Magalhães, ispancha: Fernando (Hernando) de Magallanes, taxminan 1470, Portugaliya – 1521.27.4, Maktan orol, Fillipin) – portugaliyalik dengizchi sayyoh. Magellan ekspeditsiyasi birinchi dunyo aylana suzishni amalga oshirdi. 1505—1512 yillarda portugallar ekspeditsiyasida qatnashib ikki marta (1509-1511) Malakkagacha borgan. Magellan Lissabonga qaytgach, 1517-yil Ispaniyaga oʻtib, Molukka orollariga gʻarbiy yoʻl bilan suzib borish toʻgʻrisidagi oʻzi ishlab chiqqan loyihani Ispaniya qiroliga taqdim qildi. 1519—1521 yillarda 5 ta kemadan iborat Ispaniya ekspeditsiyasi (265 odam)ga boshliq etib tayinlangach, 1519-yil 20-sentyabrda Sanlukarde Barrameda bandargohidan (Ispaniya) yoʻlga chiqadi va 1520-yil yanvarda La-Plataning dengiziga quyilish yeriga yetib boradi. Fevralda janubga suzishni davom ettirib nomaʼlum yerning 2000 km dan ziyod sohilini (Magellan u joylarni Patagoniya deb atagan) koʻzdan kechirdi. Magellan 1520-yil mart oyida SanXulian buxtasida 3 kemada koʻtarilgan isyonni bostirdi va oʻsha yerda qishlab, 1520-yil avgustda 4 kemada suzishda davom etdi. Kemalar Olovli Yer oroli bilan materik oraligʻidagi boʻgʻoz (keyinchalik Magellan nomiga qoʻyilgan) orqali oʻtib nomaʼlum okeanga chiqdi. Magellan hamroxlari keyinroq uni Tinch okean deb atagan. Toʻxtovsiz qariyib 17 ming km masofani oʻtib, avval Mariana orollariga, soʻngra Filippin orollariga yetib borishdi. Magellan Maktan orolda mahalliy xalq bilan toʻqnashuvda oʻldirildi. Magellan hamrohlari Tinch okean orqali gʻarbga suzib, Afrikaning jan. orqali faqat bitta „Viktoriya“ kemasida (X. S. Elkano qoʻmondonligida) 1522-yil Ispaniyaga qaytib, dunyo aylana suzishni yakunladilar. Bu ekspeditsiya Yerning sharsimonligini amalda uzil-kesil isbotladi, yagona Dunyo okeani mavjudligini, Yer yuzasining koʻp qismi suv bilan qoplanganligini koʻrsatdi.
Magellan, Magalyaynish Fernan | |
---|---|
portugalcha: Fernão de Magalhães, ispancha: Fernando (Hernando) de Magallanes, | |
Tavalludi |
4 fevral 1480 |
Vafoti |
27 aprel 1521 Filippin |
Fuqaroligi | Kastiliya va Leon qirolligi |
Otasi | Rui de Rui de Magalhães |
Onasi | Alda de Mesquita |
Imzosi | |
Adabiyot
tahrir- Pigafetta A., Puteshestviye Magellana, per, s ital., M., 1950; Magidovich I. P., Magidovich V. I., Ocherki po istorii geograficheskix otkritiy, 3 izd., M., 1983.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |