Ferma prinsipi
Ushbu sahifani Ferma prinsipi(tamoyili) bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Yorugʻlikning tarqalishi yorugʻlik toʻlqinlari energiyalarining koʻchishi bilan bogʻliqdir. Agar quyoshdan kelayotgan nurni qandaydir kichik tirqishdan oʻtkazib havoda qarab tursak yorugʻlik dastasi hosil boʻladi. Bu yorugʻlik shu'lasidir. Agarda biz tirqishni kichraytirib shu’lani ingichkalashtirsak yorugʻlik nuri hosil boʻladi. Biroq uni cheksiz ingichka qilish mumkin emas.
Yorugʻlik nuri- bu yoʻnalishlari fazoning ixtiyoriy nuqtasida yorugʻlik energiyasining koʻchish yoʻnalishi bilan ustma-ust tushadigan geometrik chiziq.
Bir jinsli muhitda yorugʻlik toʻgʻri chiziq boʻylab tarqaladi. Bir jinsli boʻlmagan muhitda yorugʻlik nuri egiladi. 1662-yilda fransuz matematigi Ferma bir jinsli boʻlmagan muhitda yorugʻlik tarqalish yoʻlini topishga imkon beradigan prinsip yaratdi va uni Ferma prinsipi deb nomladi.
Ferma prinsipi- geometrik optikaning asosiy prinsipi. Unga koʻra, yorugʻlik nuri fazodagi ikki nuqta orasida shunday yoʻl boʻyicha tarqaladiki, yorugʻlik bu yoʻlni oʻtishi uchun shu nuqtalarni tutashtiruvchi boshqa yoʻllarga nisbatan yoki eng kam, yoki eng koʻp yoki bir xil vaqt sarf qiladi.
Ferma prinsipidan geometrik optikaning asosiy qonunlari: yorugʻlikning toʻgʻri chiziq boʻylab tarqalish qonuni, qaytish qonuni va sinish qonunlari kelib chiqadi.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Havolalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |