Metgemoglobin, MtHB (meta... va gemoglobin), gemiglobin, ferrigemoglobin — oksidlangan gemoglobin; bunda kislorod gemoglobin tarkibidagi temir bilan mustahkam birikib, oʻzidagi kislorodni toʻqimalarga ajratib chiqara olmaydi. Natijada kislorodga yolchimaslik — gipoksiya holati yuzaga keladi. Sogʻlom kishi eritrotsitlari tarkibida M. juda oz miqdorda (0,1 — 1%) boʻladi. Organizm turli kimyoviy moddalar yoki dorilardan zaharlanganda qonda M. miqdori ortadi (metgemoglobinemiya). Bunday hollarda tez toliqish, bosh ogʻrigʻi va koʻkarish (sianoz) alomatlari yuzaga chiqadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil