Fetopatiya - homiladorlik muddatining 76-280 kunlarida yuzaga keladigan patalogiylar yigʻindisi hisoblanadi.[1] Homila rivojlanishidagi buzilish birinchi trimestrdan boshlanadi.

Fetopatiya
Belgilari Chaqaloq massasi 4-6kg, yuzi oy shaklda, boʻyni qisqa, platsenta gipertrofiyalangan, qoʻl-oyoq tanaga nisbatan qisqaroq koʻrinadi, petexial toshmalar, keng yelkalar
Mutaxassislik Neonatalogiya
Boshlanish vaqti Homiladorlikning 70-kunidan
Davomiyligi Homiladorlikning 280-kunigacha
Turlari Erta (76-180kunlikda) va kechki (181-280kunlikda)
Xavf omillari Genetik, semizlik, zararli odatlar, qandli diabet
Tashxis usullari Dopplerometriya, ultratovush tekshiruvi

Turlari

tahrir

Fetopatiyalarning erta va kech, yuqumli va yuqumli boʻlmagan turlari mavjud. Erta fetopatiyalar fetogenezning dastlabki davrida (76-180kuni) shakllanadigan fetopatiyalar boʻlsa, kech fetopatiyalar homiladorlikning 181-280 kunlariga toʻgʻri keladi. Erta fetopatiyalar organlar shakllanishidagi oʻzgarishlar bilan namoyon boʻlsa, kech fetopatiyalar toʻqimalarning malformatsiyasi bilan namoyon boʻladi. Yuqumli boʻlmagan fetopatiyalar oʻz navbatida diabetik, alkagolli, tireotoksik fetopatiyalarga boʻlinadi.

Diabetik fetopatiya

tahrir

Diabetik fetopatiya - onada doimiy yoki davriy giperglikemiya tufayli homiladorlik muddatining 76-280 kunlarida yuzaga keladigan patalogiylar yigʻindisi hisoblanadi. Agar onada homiladorlik diabeti yuzaga kelsa, bolada rivojlanishning buzilishi yanada avj oladi yoki davolash effektivligi kamayib boradi.[2] Prenatal giperglikemiya spontan abort, perinatal oʻlim va malformatsiyalarga olib kelishi mumkin. Birinchi va ikkinchi tur diabetning har ikkisi ham teratogenlik xavfini oshiradi.[3]

Xavf omili

tahrir
 
Diabetik fetopatiya
  • genetik moyillik
  • semizlik[4] (TVI≥ 25)
  • birinchi yoki ikkinchi tur qandli diabet
  • zararli odatlar
  • tashqi muhit omillari

Sababi

tahrir

Onaning qonidagi oshgan glukoza bola organizmiga uning ehtiyojiga nisbatan ortiqcha kirishi.

Glukoza bilan birga aminokislotalar va keton tanalari kirib borishi.

Oshqozon osti bezi garmonlari: insulin hamda glyukagon garmonlari homilaga oʻtmasligi. (Ular homila tanasida 9-12 haftadan boshlab ishlab chiqariladi. Bu muddatgacha esa homila oʻsishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoit tugʻiladi. Homila insulin sintezini boshlagandan soʻng ham glukoza miqdori koʻpligi sababli – oshqozon osti bezining gipertrofiyalanishi kuzatiladi. Ortiqcha insulin sababli homilada – semirish kuzatiladi).[5]

Belgilari

tahrir
  • Yangi tugʻilgan chaqaloqda fetopatiya yaqqol namoyon boʻladi:
  • tugʻilgan chaqaloq massasi 4,5–5 kg va undan ortiq massali
  • yuzi oy shaklida, boʻyni qisqa
  • katta qorin, teri osti yogʻ qavati qalin
  • platsenta ham gipertrofiyalangan
  • oyoq-qoʻllari tanaga nisbatan qisqaroq koʻrinadi.
  • petexial toshmalar
  • keng yelkalar

Kutiladigan xavf

tahrir

• Agar giperglikemiya tez-tez roʻy bersa, abort xavfi shunchalik oshadi.

• Koʻpincha erta tugʻilish kuzatiladi. [1]

• Oʻlik bola tugʻilish xavfi 10% ga oshadi[6]

Asoratlari

tahrir
  • nafas olish buzilishi
  • ichki organ anomaliyalari
  • qon tomir muammolari
  • suyaklardagi muammolar
  • buyraklar yoʻqligi yoki rivojlanmaganligi
  • yurak nuqsonlari
  • miya yarimsharlarining rivojlanmasligi
  • oʻpkalar yaxshi yozilmasligi sabab nafas olishning buzilishi
  • jigar kasalligi belgisi sifatida – sariqlik
  • ogʻir holatlarda oyoqlari notekis rivojlanishi.
  • jinsiy aʼzolarda gʻayritabiiy tuzilishlar

Diagnostikasi

tahrir
  • Ona qonida giperglikemiya borligini tekshirish
  • UTT (ultratovush tekshiruvi) [2]
  • Dopplerometriya
  • Exokardiografiya

Manbalar

tahrir
  1. Kautzky-Willer A, Harreiter J, Winhofer-Stöckl Y, Bancher-Todesca D, Berger A, Repa A, Lechleitner M, Weitgasser R. Gestationsdiabetes (GDM) (Update 2019) [Gestational diabetes mellitus (Update 2019)]. Wien Klin Wochenschr. 2019 May;131(Suppl 1):91-102. German. doi: 10.1007/s00508-018-1419-8. PMID 30980150.
  2. Severe types of fetopathy are associated with changes in the serological proteome of diabetic mothers. Kopylov AT, Papysheva O, Gribova I, Kaysheva AL, Kotaysch G, Kharitonova L, Mayatskaya T, Nurbekov MK, Schipkova E, Terekhina O, Morozov SG Medicine (Baltimore) 2021 Nov 12;100(45):e27829. doi: 10.1097/MD.0000000000027829. PMID 34766598
  3. Balsells, Montserrat; García-Patterson, A.; Gich, I.; Corcoy, R. (2009). "Maternal and fetal outcome in women with type 2 versus type 1 diabetes mellitus: a systematic review and metaanalysis". The Journal of Clinical Endocrinology and Metabolism.
  4. Kitzmiller, John L.; Wallerstein, Robert; Correa, Adolfo; Kwan, Saiyin (2010). "Preconception care for women with diabetes and prevention of major congenital malformations". Birth Defects Research Part A: Clinical and Molecular Teratology.
  5. Gul'kevich IuV, Min'kovich BM. Diabeticheskie feto- i émbriopatii [Diabetic feto- and embryopathies]. Arkh Patol. 1975;37(8):3-13. Russian. PMID 126677.
  6. Castori, M. (2013). "Diabetic Embryopathy: A Developmental Perspective from Fertilization to Adulthood". Molecular Syndromology. 4 (1–2): 74–86. doi:10.1159/000345205. ISSN 1661-8769. PMC 3638774. PMID 23653578