Finlandiya banki (fin: Suomen Pankki, shvedcha: Finlands Bank) Finlandiyaning markaziy banki va Yevropa Markaziy banklar tizimining aʼzosi. U oʻzini Shvetsiya Riksbanki, Angliya banki va Fransiya bankidan keyin dunyodagi eng qadimgi toʻrtinchi markaziy banki sifatida koʻradi[2]. 1999-yilgacha Finlandiya banki mamlakatning sobiq valyutasi marka (fin: markka) uchun javobgar edi. Finlandiya 1999-yil 1-yanvardan oʻz valyutasi sifatida yevroni qabul qildi, marka tangalari va banknotlari 2001-yil 31-dekabrgacha (yevro nominallari sifatida) foydalanishda davom etdi. Bundan tashqari, toʻqqiz marta Olimpiya oʻyinlari chempioni Paavo Nurmi sharafiga 10 marka nominalli banknot nomlandi.

Finlandiya banki
Suomen Pankki (fincha)
Finlands Bank (shvedcha)


Finlandiya banki binosi
Finlandiya banki binosi
Bosh qarorgohi Helsinki
Tashkil etilgan yili 1812-yil 1-mart
Mulkchilik shakli 100% Davlat mulki[1]
Rais Olli Ren
Markaziy banki Finlandiya bayrogʻi Finlandiya
Oltin-valyuta zaxiralari 6 230 million AQSh dollari[1]
Veb sayti www.bof.fi
1 Finlandiya banki hozir ham faoliyat yuritadi, biroq aksariyat vazifalari YMBga oʻtkazilgan.

Tarixi

tahrir
 
Finlandiya banki Turkudan Helsinkiga koʻchib kelganida bank bilan briga koʻchirilgan qattiq quti

Finlandiya bankining oʻtmishdoshi Waihetus-, Laina-ja Depositioni-Contori Suomen Suuren-ruhtinaanmaassa (Finlandiya Buyuk Knyazligi ayirboshlash, kredit va depozit idorasi) 1812-yil 1-martda Turku shahrida Rossiya imperatiori Aleksandr I tomonidan tashkil etilgan[3][4]. 1819-yilda u Helsinkiga koʻchirildi. 1840-yilgacha bankning asosiy maqsadi imperiya rublini joriy etish uchun valyuta islohotini oʻtkazish edi[3]. Bank 1860-yilda inauguratsiya qilinganidan boshlab Finlandiya 1999-yilda yevroni qabul qilgunga qadar Finlandiya markasini emissiya qildi va tartibga soldi[3].

Mandati, mulkchiligi va tuzilmasi

tahrir

Finlandiya banki mamlakatning markaziy banki boʻlib, Yevropa Markaziy banklari tizimi va Yevrotizimning aʼzosi hisoblanadi[5]. Bank pul-kredit organi sanalib, mamlakatning valyuta taʼminoti va valyuta zaxiralari uchun javobgardir.

Finlandiya banki Finlandiya Respublikasiga tegishli. Fin parlamenti Parlament Kuzatuv kengashi va Bank kengashi orqali boshqaradi. Boshqaruv bankning ijro organi boʻlib, Parlament Kuzatuv kengashi esa bank boshqaruvi va faoliyatini nazorat qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar uchun javobgardir. Bank 1998-yilda qabul qilingan Finlandiya banki toʻgʻrisidagi qonunga koʻra boshqariladi.

Bankning Kuopio, Tampere va Oulu shaharlarida filiallari faoliyat koʻrsatmoqda. Bankda 380 ga yaqin xodim ishlaydi[6].

Bankning eng yuqori mansabdor shaxsi rais boʻlib, u ham boshqaruvga raislik qiladi. 2018-yil avgust holatiga koʻra, Boshqaruv aʼzolari Olli Ren (rais), Marja Nykänen [fi] (rais oʻrinbosari) va Tuomas Välimäki [fi] lardan iborat[6].

BOFIT [fi] Finlandiya bankining aql markazi (think tank) boʻlib, u tarixan Finlandiya Rossiyaning iqtisodiy ahvoli haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlish majburiyatidan kelib chiqqan. U 1991-yilda tashkil etilgan va oʻz nomini departamentining fincha nomidan kelib chiqqan, yaʼni BOF Finlandiya bankini, IT esa idäntutkimus ikki tomonlama [Fin-rus] savdosida tadqiqot maʼnosini bildiradi. Markazning toʻliq nomi yillar davomida oʻzgardi, 2021-yilgacha „Finlandiya bankining oʻtish davri iqtisodiyotlari instituti“ va 2021-yilning noyabridan boshlab „Finlandiya bankining rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti“ deb atalmoqda[7]. 1995-yilda markazga ishga kirgan Iikka Korhonen [fi] 2009-yildan beri BOFITga rahbarlik qilib keladi.

Finlandiya banki raislari

tahrir
 
Finlandiya bankining Helsinkidagi bosh ofisi
 
Helsinkidagi Finlandiya banki oldida haykaltarosh Emil Vikström tomonidan Yohan Vilgelm Snellman haykali

Manba: [8]

Parlament Kuzatuv kengashi raislari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Weidner, Jan „The Organisation and Structure of Central Banks“ (PDF). Katalog der Deutschen Nationalbibliothek (2017).
  2. „History“. Bank of Finland. 2014-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 Holtfrerich, Carl-L.. The Emergence of Modern Central Banking from 1918 to the Present. Routledge, 5 December 2016. ISBN 9781351890779. 
  4. „Wäxel- Låne och Depositions-Contoiret i Stor-Furstendömet Finland“ (sv). histdoc.net. 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Eurosystem and ESCB“. Bank of Finland. 2023-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-mart.
  6. 6,0 6,1 „Organisaatio“ (fi). Bank of Finland. Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  7. Olli Rehn. „Remarks - Bank of Finland Institute for Emerging Economies' (BOFIT) 30th Anniversary Dinner“. Bank for International Settlements (2021/11/9.12.2024).
  8. „Board Members in the history of the Bank of Finland“. Bank of Finland. 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.

Havolalar

tahrir